Eron mamlakatining iqtisodiyoti va rivojlanish tarixi


Download 39.16 Kb.
bet1/11
Sana24.03.2023
Hajmi39.16 Kb.
#1292973
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ERON MAMLAKATINING IQTISODIYOTI VA RIVOJLANISH TARIXI


ERON MAMLAKATINING IQTISODIYOTI VA RIVOJLANISH TARIXI



  • Geografik o‘rni va chegaralari.

  • Tabiiy sharoiti va resurslari.

  • Tarixi.

  • Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari.

  • Aholisi va mehnat resurslari

  • Xo‘jaligiga umumiy ta’rif.

  • Qishloq xo‘jaligi.

  • Eronninng tashqi iqtisodiy aloqalari.





Geografik o‘rni va chegaralari. Eron Islom Respublikasi Osiyoning Janubi-G‘arbida joylashgan mamlakat. Eron bilan shimoli-g‘arbdan chega­ralanuvchi Turkiyadan, sharqdagi Afg‘oniston va Pokistondan, g‘arbdagi Iroqdan maydon jihatidan ustun turadi. Agar Yevropa davlatlari bilan taqqoslasa, u holda Angliya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Shvesariyani birga qo‘shib olganda Eron xududiga teng bo‘ladi. Osiyo davlatlaridan faqat Xitoy va Hindiston maydondan kichik.
G‘arbdan Iroq (1458 km) va Turkiya bilan (499 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston bilan (35 km), Sharqda Afg‘oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan, janubda Fors ko‘rfazi va Ormuz bo‘g‘ozi suvlari bilan, shimolda Kaspiy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi.
Chegarasining umumiy uzunligi 5440 km, sohilbo‘yining uzunligi 2440 km (Kaspiy dengizi sohillarining uzunligi 740 km). Eron xududining umumiy maydoni 1.648.000 km ², shu jumladan quruqlik maydoni 1.636.000 km ². Mamlakat poytaxti – Tehron.
Eron rivojlanishning kapitalistik yo‘lini tanlagan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Neftdan kelayotgan katta daromadga tayanib mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar o‘tkazildi. So‘nggi yillarda Eron xo‘jaligini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi, endilikda qoloq mamlakatdan agrar-industrial mamlakatga aylandi.
Neft savdosidan tushayotgan katta miqdordagi chet el valyutasini Eron sanoatini rivojlantirishga sarflamoqda. Sanoatning yangi tarmoqlari tashkil qilindi, jumladan neftkimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviatsiya, har­biy, metallurgiya sanoatlari rivojlandi. Eron rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam beruvchi mamlakatga aylandi.

Download 39.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling