Eron mamlakatining iqtisodiyoti va rivojlanish tarixi
Download 39.16 Kb.
|
ERON MAMLAKATINING IQTISODIYOTI VA RIVOJLANISH TARIXI
Qayta ishlovchi sanoat. Qayta ishlash sanoati 1960-yillarning boshlarida cheklangan turdagi iste’mol mahsulotlarini, oziq-ovqat mahsulotlarini, to‘qimachilik va qurilish materiallarini o‘z ichiga olgan. 1970-yillarning o‘rtalariga kelib, mustaqil keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki mahsulotlarni yeg‘ish bilan shug‘ullanuvchi yangi korxonalar paydo bo‘ldi. Ularga uy-ro‘zg‘or, elektr jihozlari, medikomentlar neftkimyo, yengil avtomobillar, avtobuslar, alyuminiy va shinalar ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi.
Qayta ishlovchi tarmoq korxonalarining 40%ga yaqini Tehronda joylashgan. Quyidagi shaharlar ham zarur sanoat markazlari hisoblanadi: Isfaxon (to‘qimachilik va qora metallurgiya), Tabriz (mashinasozlik, shu jumladan og‘ir mashinasozlik), Kazvin va Save (yengil sanoatning turli tarmoqlari), Reshtda (elektrotexnika va elektron sanoati), Sherozda (neftkimyo va elektron sanoati), Axvazda (mashinasozlik va metalni qayta ishlash), Erakda (alyuminiy eritish va mashinasozlik), Obodon va Bandar-Xumoyniyda (neftkimyo va neftni qayta ishlash). Yengil sanoat. To‘qimachilik, poyafzal, shisha sanoat tarmoqlarining ahvoli murakkabligicha qolmoqda. Bu tarmoqlarda Eron va xorij ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida keskin kurash ketmoqda. Asosan Xitoydan kirib keluvchi katta miqdordagi kontrabanda mahsulotlari salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi vaqtlarda Eron matbuotida yengil sanoat korxonalarining soliq to‘lovlarida imtiyozlarni ko‘rib chiqish mumkinligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Poyafzal, to‘qimachilik va trikotaj tarmoq korxonalari bundan holi bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan korxona egalari soliq imtiyozlaridan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib, zudlik bilan ishlab chiqarish tarmoqlarini Erondan BAAda ko‘chirishmoqda. Eronning to‘qimachilik sanoati mahsulotlari 30 yil ilgari Yevropa bozorlarida Eron eksportining asosiy mahsuloti hisoblanar edi, hozirgi vaqtda esa hattoki ichki bozor ehtiyojlarini to‘liq hajmda qondira olmayapti. Eron agentligi “Mouj” ning xabar berishicha tarmoq duch kelayotgan asosiy muammolar qatoriga joriy yilda korxonlar aylanma mablag‘larining qisqarishi, o‘tgan yili ishlab chiqarishning past hajmi, bir qator to‘qimachilik korxonalarini yopilishi, qishki mavsumda yoqilg‘i muammosi va boshqalarga taalluqli. Eron to‘qimachilik sanoati direktorlar kengashi Birlashmasining vakili Muhammad Moravvejning takidlashicha tarmoqning muammolaridan tashqari, shuningdek mamlakat iqtisodining boshqaruv uslubi bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish korxonalarining muammolari iqtisodni neft daromadlari hisobidan to‘ldiradi. Neft bahosining o‘zgarishi iqtisodiyotga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Dunyo bozorida neft bahosi pasyganda mamlakatda ishlab chiqarish rivojlanadi. Moravvej yana shuni ta’kidladiki aralash ishlab chiqarish korxonalarida import paxta va kalava ip xom ashyosi yetkazib berishda qiyinchiliklar hech qanday isbotlanmagan narxlarga bog‘liq. Eron Markaziy bankining noto‘g‘ri siyosati sababli ishlab chiqarish korxonalri hukumat tomonidan to‘qimachilik sanoatida xom ashyo sifatida foydalaniluvchi import kalava ipga 10%li va import paxtaga 15%li ustama narxlar qo‘yilishi natijasida xom ashyo sotib olish uchun zarur bo‘lgan yetarli miqdorda naqd aylanma mablag‘lar yetishmasligi muammosiga to‘qnashmoqda. Bularning hammasi an’anaviy ishlab chiqarishni to‘xtatishga va import mahsulotlar bozorini rivojlanishiga olib kelmoqda. Muhammad Moravvej aytadiki tarmoqning yana bir muammosi sarmoyalarni qaytarishdadir, aynan shu sarmoya to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun ajratilgan edi. 1990-yillarda eski korxonalarga $ 500 mln. sarmoya ajratilgan edi. Bugungi kunda yevro kursining ko‘tarilishi sarmoyalarni qaytarishni qiyinlashtirmoqda. Erondagi sement ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan “Exdasse Sanat”(Endasse Sanat Corporation) korporatsiyasi hisoblanadi. Bu korporatsiya 12ta sement zavodlarini birlashtiradi va 13ta ishlab chiqarish tarmoqlarini nazorat qiladi. Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, sementning katta qismini (90%dan ko‘proq) Eronda hususiy korxonalar ishlab chiqaradi. Sement ishlab chiqarish tarmog‘ida vaziyat umuman olganda bir maromda ketmoqda. Hususan 2008-yil rejasi bo‘yicha 50mln. t sement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan edi, biroq sanoatni ta’mirlash va modernizatsiyalash Tashkilotining so‘nggi statistik ma’lumotlariga ko‘ra sement ishlab chiqarish hajmida yetishmovchilik bo‘lgan va 44mln. t ni tashkil qilgan. Asosiy sabablardan biri bir qator loyihalarni tugatish uchun, jumladan ikkita sement zavodlari qurilishi uchun mablag‘larning yetishmasligi hisoblanadi. Eronda radiotexnika va elektron vositalar ishlab chiqarish bilan 1973-yilda tashkil topgan elektron sanoati Tashkiloti (“Eron SA”) shug‘ullanadi. Xolding mahsulotlari ichida elektron, optika, elektronoptik vositalar, kampyutrlar va elektron komponentlar tashkil qiladi. Xolding “Eron SA” mudofaa sanoati Tashkilotiga kiradi va o‘z tarkibiga tarmoqning 6ta yetakchi korxonalarini birlashtiradi. Jumladan: -Sheroz radio zavodi (Shiraz Elektronics Industries (SEI)) harbiylar uchun elektron vositalar, radarlar va radoireley stansiyalar, mexanik kompyuterlar, elektron-optik uskunalar, raketalarning elektron qismlari, tungi ko‘rish uskunalari, lazer dalnomerlar, testlash tizimi, maxsus elektron vositalar, sifat nazorati tizimi, radio manitoring tizimini ishlab chiqaradi. -Texron zavodi (Iran Communication Industries(ISI)) radio aloqa vositalari, telekommunikatsiya vositalari, mexanik qismlar, elekrton kompyuterlar ishlab chiqaradi. Bularni ishlab chiqarish 75ta ishlab chiqarish tarmoqlarida tashkil qilingan, tayyor mahsulotlarni qabul qilish harbiy talablar orqali amalgam oshiriladi. -Eron informatsiya tizimi (Information Sustem of Iran(ISIRAN))- kompyuter texnologiyalari tizimida yetakchi korxona hisoblanadi. Ma’lumotlar tizimi, ma’lumotlarning katta bazasini tarqatadi va qayta ishlaydi, dasturlar ta’minoti va xizmatlarni tashkil etadi hamda moslashtiradi. -Elektron komponentlar zavodi (Electronic Components Industries (ECI)) mikroelektron texnologiyalarni qayta ishlaydi, o‘zining yarim o‘tkazgich asboblar va integral mikrosxemalar, elektron mikromodullar ishlab chiqarishga ega. -Isfaxon optika-mexanika zavodi (Isfahan Optics Indastries(IOI)) harbiylar uchun kerakli keng turdagi kunduzgi va tungi ko‘rish uskunalarini ishlab chiqaradi. -Eronning ilmiy tekshirish markazi elektronika sohasida (Iran Electronics Research Center(IERC)) yetakchi g‘arb texnologiyalarining namunalarini o‘rganish va nusha ko‘chirish bilan, ularni xoldingni ishlab chiqarish korxonalariga moslashtirish va o‘zlashtirish bilan, shuningdek o‘zining hususiy buyumlarini qayta ishlash va o‘zlashtirish bilan shug‘ullanadi. Eron hukumati tomonidan xorij kompaniyalari bilan hamkorlikda mobil telefonlar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Buning uchun investitsiyalar hajmi $2mld. deb baholanmoqda. Buni “Eron SA”nazorat qiladi. Download 39.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling