Mavzu: Elektron o’quv metodik va dasturiy ta’minot. Reja
Download 1.19 Mb.
|
7.Elektron o\'quv metodik ta\'minot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
Mavzu: Elektron o’quv metodik va dasturiy ta’minot. Reja: Elektron ta’limning asosiy rivojlanish tendensiyalari Elektron pedagogika asoslari. O‘quv maqsadli elektron vositalar va ularning turlari. Elektron darslik, uning turlari, yaratish tamoyillari. Internetdagi elektron o‘qitish vositalar. Elektron kutubxona va uning tarkibiy qismlari va Elektron kutubxona imkoniyatlari. ZiyoNET kutubxonasi va unda ishlash asoslari .TATU elektron kutubxonasi haqida ma`lumot. Tayanch so‘zlar: elektron ta’lim, onlayn-ta’lim, online kurslar, ochiq universitet, virtual ta’lim, kontent, virtual auditoriya, mikro-ta’lim elektron pedagogika, pedagogik tizim, AKT muhiti, elektron o‘kuv-uslubiy majmua, elektron darslik, elektron qo‘llanma, kutubxona, elektron kutubxona, virtual kutubxona, raqamli kutubxona. -------------------------------------------------------------------------------------------- E lektron ta’lim – bu tez rivojlanuvchi soha hisoblanadi, uning rivojlanishi 1980 yillardan keyingi yillardan (masofadan o‘qitish va televizion kurslar shaklida) boshlangan. Texnologiya shunchalik tez rivojlandiki, geografik farqini o‘zingizni auditoriya ichida his qiladigan darajada namoyon qiladigan instrumentlar yordamida ko‘rish mumkin. Elektron ta’lim video, slayd-shou, Word va PDF hujjatlari ko‘rinishidagi turli formatdagi materiallar bilan tanishish imkonini beradi. Vebinarlarni o‘tkazish va o‘qituvchilar bilan muloqotda bo‘lish foydalanuvchilarning o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borish imkoniyatlaridan biri bo‘lgan chat va forumlar orqali amalga oshiriladi. K o’plab turli e-Learning tizimlar (bugungi kunda ma’lum bo‘lgan o‘qitishni boshqarish tizimi yoki LMS sifatida) va online kurslar yetkaza olish imkoniga ega bo‘lgan metodlari mavjud. Instrumentlar yordamida on line kurslarni va avtomatik adaptiv testlarni yaratish uchun materiallar to‘plami kabi turli jarayonlar avtomatlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Elektron ta’lim o‘quvchilarga ta’limning hayot tarziga aylantirish imkonini beradigan qulay (ko‘p hollarda bepul) yechim hisoblanadi. Bunda xattoki band bo‘lganlar ham keyingi ishlash faoliyatini rivojlantirish va yangi malakalarni olish imkonini beradi.1 Ta’lim sohasidagi muhim hodisalardan ayrimlari internet paydo bo‘lgandan keyin sodir bo‘ldi. Bugungi kunda o‘quvchilar smartfonlardan foydalanishni, matnli xabarlarni jo‘natishni va internetdan foydalanishni yaxshi bilishadi, shuning uchun on line kurslar bilan ishtirok etish va ishlash oddiy ish hisoblanadi. E’lonlar taxtasi, ijtimoiy tarmoq va kommunikatsiya internetining boshqa turli vositalari o‘kuvchilarga on-line kurslarda bo‘lishi va o‘rganilayotgan kursga bog‘liq bo‘lgan masalalarni umumiylik hissini ta’minlagan holda, muhokama qilish imkonini beradi. E lektron ta’limning tez o‘zgaruvchan dunyoda, bungungi kunda o‘rganilayotgan kursni yangi va qiziqarli qilish, kurs mazmunini doimo o‘zgartirish, shuningdek talabalarga eng oxirgi axborotni olish imkonini berishi uchun tez yangilash imkonini beradigan texnologiyalar qulaydir. Umuman, an’anaviy o‘qitish juda qimmat bo‘ladi, ko‘p vaqt talab etadi va natijasi farqlanadi. Elektron o‘qitish tez bo‘ladi, anchagina arzon va potensial tarzda yaxshi bo‘lgan alternativani taklif etadi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling