Eron Soderot banki


Download 146.66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.04.2023
Hajmi146.66 Kb.
#1395476
Bog'liq
Pul va banklar



Eron Soderot banki (forscha: ناریا تارداص کناب , Bank Sadarat Eron, maʼnosi
„Eron eksport banki“) — bosh ofisi Tehronda joylashgan
Eronning transmilliy bank va moliyaviy xizmatlar kompaniyasi. Soderot bank
Eronning eng yirik bank hisoblanadi. Bank 1952-yilda Tehronda mashhur
Mufarrah va Bolurfrushan (shuningdek, Bolourforoushan) oilalari tomonidan
tashkil etilgan boʻlib, birinchi kengashda Muhammad Ali Mufarrah va Muhammad
Bolurfrushan
[2]
vakili boʻlgan va 1952-yil 13-noyabrda uch nafar direktorlardan
iborat boshqaruv va 20 nafar xodimlar bilan ish boshlagan.
Eron Soderot bankining Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyodagi 12 mamlakat va
hududlarda 3500 ga yaqin vakolatxonalari va 10 millionga yaqin mijozlari bor.
2013-yil 30-iyun holatiga ko‘ra, uning umumiy aktivlari 59,110 mlrd AQSh
dollarini tashkil qilgan. Bankning 12 mamlakatdagi 28 ta xalqaro filiallari va
xizmatlari mavjud.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eron inqilobidan soʻng, 1979-yil 7-iyunda Eronning barcha xususiy banklari
milliylashtirildi, bu bankni tashkil qilgan oilalarni juda xafa qildi va u davlat
mulkiga aylandi. 1980-yilda Soderot bankning Eron viloyatlaridagi filiallari
mustaqil banklarga aylantirilib, Soderot bank Oston (viloyat) nomini oldi. Bugungi
kunda Gʻadir Sarmoya shirkati tomonidan nazorat qilinadigan bankning 29 ta
viloyat filiallari va 200 dan ortiq afillangan kompaniyalari mavjud. Eron banklari
Islom inqilobi kengashi tomonidan 1979-yil 25-sentabrda qabul qilingan qonun va
uning ustavi qoidalari asosida boshqariladi.
AQSh moliya vazirligining tasdiqlashicha, Soderot banki AQSh terroristik
tashkilotlar deb topgan guruhlar, jumladan Hizbulloh, Xamas, Falastinni ozod
qilish xalq fronti va Falastin Islomiy Jihodi guruhlariga pul oʻtkazish uchun Eron
hukumati tomonidan foydalaniladi.
[3] [4] [5]
Amaldagi Eron tranzaksiyalari qoidalariga koʻra (31 CFR Part 560), AQSh
banklari Eron banki ishtirokidagi ayrim tranzaksiyalarni, masalan, sanksiya ostida
boʻlmagan yoki ozod qilingan tranzaktsiyalar hamda „U-burilish“ koʻrinishidagi
tranzaksiyalarni amalga oshirishi mumkin. U-burilish operatsiyalari AQSh
banklariga Eronga tegishli boʻlmagan xorijiy bank bilan boshlanadigan va
tugaydigan toʻlovlarni amalga oshirish imkoni beradi. Soderot banki AQSh
banklari ishtirokidagi har qanday pul o‘tkazmalarida ishtirok eta olmaydi, bu
qoidalarga o‘zgartirish AQSh Federal reestriga kiritilgan kundan boshlab kuchga
kirgan. Soderot banki bilan „U-burilish“ va boshqa barcha operatsiyalarni taqiqlash
orqali bank AQSh moliya tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita kirish
imkoniyatidan mahrum boʻlgan.
[6]
Eron Soderot banki hozirda BAAda ham faoliyat olib boradi, Dubayda va undan
tashqarida Eron savdosi bilan shugʻullanadi. Soderot banki BAAdagi sof foydasi
miqdori boʻyicha top uchta xorijiy bankdan biri hisoblanadi. Bank asosan
loyihalarni moliyalashtirish, akkreditivlar va bank kafolatlari kabi operatsiyalarni
amalga oshiradi, boshqa xizmat turlari esa unchalik muhim emas.


2013-yil fevral oyida Lyuksemburgdagi Yevropa Umumyurisdiksiya sudi Yevropa
Ittifoqining (YI) bankka qarshi sanksiyalarini bekor qilish to‘g‘risida qaror
chiqardi va Yevropa Ittifoqi „sabablarini ko‘rsatish majburiyatini va arizachiga
qarshi keltirilgan dalillarni maʼlum qilish majburiyatini buzayotganligini
taʼkidladi“. Yevropa Ittifoqi qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin.
[7]
2016-yil
holatiga koʻra, Yevropa Ittifoqining aktivlarni muzlatish qarori hamon oʻz kuchida
edi.
[8]
2019-yilda Yevropa Ittifoqi sudi Eron Soderot bankining YI bankni sanksiyalar
ro‘yxatiga kiritganidan so‘ng bankka yetkazilgan zararni qoplash uchun 78,7
million funt sterling undirish boʻyicha talabini rad etdi.
[9]
Global filiallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birlashgan Arab Amirliklari (Abu-Dabi — 3 ta filial va Dubay — 6 ta filial)

Livan (Bayrut — 4 filial, Saydo va Baʼlabak)

Afgʻoniston (Kobul — 2 filial)

Qatar (Doha — 2 ta filial)

Bahrayn (Manama)

Fransiya (Parij)

Germaniya (Gamburg va Frankfurt)

Gretsiya (Afina)

Ummon (Maskat)

Turkmaniston (Ashxobod)

Buyuk Britaniya (London)

Oʻzbekiston (Toshkent)
Eron Soderot bankining Toshkent shahridagi shoʻba banki[tahrir | manbasini
tahrirlash]
Soderot bankning Toshkentdagi shoʻba banki binosi
Soderot banki Toshkent Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi iqtisodiy va savdo
hamkorlik doirasida ochilgan boʻlib, 1999-yildan Oʻzbekistonda mijozlarga bank
xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda
[10]
. Bankning ustivor vazifalardan biri Eron va
Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo operatsiyalariga xizmat koʻrsatish va ushbu sohada
mijozlarga yangilliklar yaratish bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.


Shoʻba bank Markaziy bank tomonidan 1999-yil 21-avgustda berilgan 2-D raqamli
litsenziya asosida faoliyat olib boradi
[11]
. Bank raisi Ebtehaj Moussavi hisoblanadi.
„PKF Mak Anyans“ auditorlik tashkiloti hisobotiga koʻra
[12]
, Soderot bankining
Toshkentdagi shoʻba banki 2018-moliya yilini 2,98 mlrd soʻm sof foyda bilan
yakunlagan. Hisobot davrida bank aktivlari 316,99 mlrd soʻm, oʻz mablagʻlari
282,15 mlrd soʻm, majburiyatlari esa 34,84 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronda bank ishi

Eronda xususiylashtirish

Eronga qarshi sanksiyalar

2011-yil Erondagi oʻzlashtirish mojarosi
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
1. ↑ „Annual Report 2021“. Bank Saderat Iran. Qaraldi: 10-aprel 2023-yil.
2. ↑ „ ناریا تارداص کناب- هچخیرات“. 18-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi.
Qaraldi: 13-dekabr 2016-yil.
3. ↑ „Fact Sheet: Designation of Iranian Entities and Individuals for
Proliferation Activities and Support for Terrorism“.
4. ↑ http://english.al-akhbar.com/node/10553
5. ↑ „Hezbollah Finances: Funding the Party of God | The Washington
Institute“.
6. ↑ „UPDATE 1-US Treasury tightens banking sanctions on Iran“. Reuters (6-
noyabr 2008-yil).
7. ↑ „EU court rules for second time against Iran bank sanctions“. Reuters (6-
fevral 2013-yil). Qaraldi: 10-aprel 2023-yil.
8. ↑ „European Union and United Kingdom Sanctions Update: March 2016“.
K&L Gates (17-mart 2016-yil). Qaraldi: 21-may 2016-yil.
9. ↑ „Iranian bank loses bid for £78.7m in damages from the EU over sanctions
error“ (6-iyun 2019-yil).
10.↑ https://saderatbank.uz/bank-tarixi
11.↑ https://cbu.uz/oz/credit-organizations/banks/head-offices/inb/saderatbank/
12.↑ https://saderatbank.uz/f/msfo-2018.pdf

Document Outline

  • Tarixi[
  • Global filiallari[
  • Eron Soderot bankining Toshkent shahridagi shoʻba 
  • Yana qarang[
  • Havolalar[

Download 146.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling