Eron togʻligining shim gʻarbiy qismidagi tarixiy viloyat; qadimda
Download 77.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Midiya - Vikipediya
Midiya Midiya — Eron togʻligining shim.-gʻarbiy qismidagi tarixiy viloyat; qadimda qabilalar ittifoqi nomi, soʻngra poytaxti Ekbatona (hozirgi Hamadon) boʻlgan podsholik (miloddan avvalgi 7-asr 70- yillari — 6-asr oʻrtalari). Dastlab M.liklar miloddan avvalgi 9-asrning 2-yarmiga oid ossuriy yilnomalarida qayd etilgan. Aftidan, qabila ittifoqi mahalliy tub qabilalar uyushmasidan tashkil topgan; biroqmil. av. 9—8-asrdayoqyangi qabilalar kelishi bilan bu ittifoqda M.dagi forsiyzabon qabilalar ustunlik qila boshlagan. M.liklar 9—8-asrlarda harbiy demokratiya sharoitida yashaganlar. Bu ibtidoiy jamiyatdan ilk qulchilikka oʻtish davri edi. Jamiyatning iqtisodiy asosini dehqonchilik va chorvachilik (ayniqsa, yilqichilik) tashkil qilgan, shuningdek, hunarman-dchilik turlari ham taraqqiy etgan. Miloddan avvalgi 9—8-asrlarda M.liklar ularning bir qism yerlarini bosib olgan Ossuriyaga qarshi ayovsiz kurash olib borganlar. Ossuriya asoratidan xalos boʻlgach, Gerodotning maʼlumotiga koʻra, M. podsholigi barpo etilib uning birinchi podshosi Deyok (miloddan avvalgi 727— 675) boʻlgan. Ossuriy manbalariga koʻra, esa, M. podsholigi miloddan avvalgi 7- asrning 70-yillarida vujudga kelgan, bunda Ossuriyaga qarshi kurashda M.liklarni kelgindi qabilalar — kimmeriylar va skiflar qoʻllab-quvvatlashgan. Kiaksar M.ning eng buyuk podshosi boʻlgan. Uning davri (625/4— 584)da harbiy islohot oʻtkazilib, qabilalardan toʻplanadigan qoʻshin oʻrniga muntazam qoʻshin barpo etilgan. M. kichik bir podsholikdan qad. Sharqning qudratli saltanatiga aylangan. Qisqa vaqt ichida M. Manani egallab, Bobil bilan ittifoqlikda Ossuriya davlatini tormor etgan, Urartu va boshqalarni bosib olgan. M. saltanatining hududi Gʻarbda — Galis daryosi (hozirgi Kizil irmoq), Sharqsa — Oʻrta Osiyo va ehtimol Afgʻonistonni qamrab olgan. Miloddan avvalgi 6-asr oʻrtalarida M.da ichki siyosiy vaziyat keskinlashgan. Miloddan avvalgi 550 yilda M. forslar tomonidan bosib olinib, satrapiya sifatida Axomaniylar davlati tarkibiga kiritilgan. Mustaqil M. davlati faqat miloddan avvalgi 4-asrning soʻnggi choragida, sobiq M.ning bir qismida, Jan. Ozarbayjon (ilgarigi Mana)da tiklangan. U keyinchalik M. yoxud Kichik M., M. Atropatenasi, Atropatena deb atala boshlagan. M. qad. davrning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixida muhim oʻrin egallagan. M.da zardushtiylik keng tarqalgan. Atropatenadagi M.liklarning bir qismi mahalliy kutiy — lullu-bey va manney — matiyen qabilalari bilan aralashib kdd. Ozarbayjon (ozariy) xalqining etnogenezida muhim rol oʻynagan. [1] 1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Manbalar Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 12:07 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title =Midiya&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. "https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Midiya&oldid=2848330" dan olindi Download 77.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling