Erp va crm axborot tizimining strukturasi Reja
Download 86.74 Kb.
|
10-maruza Nodirbek
(ERP va CRM)Axborot tizimining strukturasi Reja: 1.Tizim elementlari - ma’lum funksional vazifalarni belgilaydigan qism tizimlari. 2.Tizimning tashkil etilishi -tizim elementlarning о‘zaro bog‘langan holdagi harakati. 3.Tizim strukturasi - asosiy tizim xususiyatini belgilaydigan elementlarini о‘zaro harakatidagi tarkibi va tartibi. 4.Tizim arxitekturasi - foydalanuvchi uchun muxim bо‘lgan tizim xususiyatlarining majmui. Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi: - axborotlarni kiritish tizimi: klaviatura, sichqoncha, skaner va axborot tashuvchi vositalar; - axborotlarga ishlov berish tizimi: protsessor, xotira va axborotlarni qayta ishlash vositalari; - axborotlarni chiqarish tizimi: monitor, videoproyektor, printer va plotterlar: - teskari aloqa tizimi: ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish vositalari. ATning tashkil etuvchilari. Axborot tizimlari tarkibiy tuzilma deb nomlanuvchi qismlar majmuidan iborat bо‘ladi. Tarkibiy tuzilma - bu tizimning qismiy birligi hisoblanib, biron bir belgisi asosida ajratilgan bо‘ladi. Axborot tizimining umumiy kо‘rinishini qо‘llanilish sohasi bо‘yicha mustaqil hisoblangan tarkibiy tuzilmalar majmui sifatida tasvirlash mumkin. Bu о‘z navbatida tarkibiy klasifikatsiyalanishning alomatlari, tarkibiy tuzilmalar esa ta’minlovchilar deb nomlanadi. Shu tariqa istalgan axborot tizimini ta’minlovchi tarkibiy tuzilmalar majmui sifatida tasvirlash etish mumkin. 1.3-rasm. Axborot tizimining tarkibiy tuzilmalar majmui sifatidagi tuzilishi Ta’minlovchi tarkibiy tuzilmalar qatoriga axborot, texnik, dasturiy, matematik, tashkiliy, huquqiy va hokazo turdagi ta’minotlar kiradi. 1. Axborot ta’minoti Axborot ta’minlovchi tarkibiy tuzilmaning vazifasi boshqarish yechimlarini qabul qilish uchun kerak bо‘ladigan aniq va ishonchli ma’lumotlarni о‘z vaqtida yetkazib berish hisoblanadi. Axborot ta’minot yagona shalkga keltirilgan hujjatlarshitirish tizimlari, korxona doirasida aylanadigan informatsion oqimlar sxemalari hamda ma’lumotlar bazasini shalklantirish metodologiyalari majmuidan iboratdir. Yagona shalkga keltirilgan hujjatlarshitirish tizimlari hukumat, respublika, xо‘jalik tarmoqlari va regionlar miqyosida ishlab chiqiladi. Asosiy masala - bu ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari kо‘rsatkichlarning solishtirilishi mumkinligini ta’minlashdir. Shu maqsadda umumlashgan hujjatlashtirish tizimlariga qо‘yiladigan talablar standartlari ishlab chiqilgan. Axborot oqimlar sxemasi axborotlarninig aylanish marshrutlari, ularning hajmi, axborot paydo bо‘lgan joy hamda uning natijaviy ishlatilish joyini tasvirlaydi. Axborot oqimlar sxemasi quyidagilarni ta’minlaydi: - takroriy va ishlatilmaydigan axborotlarni ajratish; - klasifikatsiyalash hamda axborotni ratsional tarzda namoyish etish. Ma’lumotlar bazasini shalklantirish metodologiyasi 2 ta qadamdan iborat: - ish faoliyatining spesifikatsiyasini aniqlash maqsadida firmaning bо‘linmalarini о‘rganib chiqish; - birinchi qadamda ishlab о‘rganib chiqish ish faoliyati sohasi uchun konseptual modellar ishlab chiqish. Informatsion tizimni yaratish uchun: - butun tashkilot vazifalari, maqsadlari va masalalarini aniq tushunish; - axborotni paydo bо‘lishi boshlab uning boshqarishning turli darajalarida ishlatilishigacha bо‘lgan bosqichlarni tasvirlovchi informatsion oqimlarni kо‘rib chiqish va analizlash; - hujjat almashinish tizimini mukammalashtirish; - klasifikatsiyalash va kodlashtirish tiziminig mavjudligi va ishlatilishi; - axborotlarning о‘zaro aloqasini tasvirlovchi konspetual modellarni yaratish metodologiyasiga ega bо‘lish; - mashina axborot tashuvchi qurilmalarida informatsiya massivini hosil qilish. Bu о‘z navbatida zamonaviy texnik ta’minotni talab etadi. 2. Texnik ta’minot. Texnik ta’minot - axborot tizimlari ishlashida qо‘laniladigan texnik vositalar kompleksi hisoblanadi. Texnik vositalar kompleksi quyidagilardan tashkil topgan: - kompyuterlarning barcha modellari; axborotni yig‘uvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi, uzatuvchi va chiqaruvchi qurilmalar; - malumot uzatuvchi uskunalar va aloqa liniyalari; - orgtexnika va va informatsiyani avtomatik kо‘chirib olish qurilmalari; - ekspluatatsion materiallar va hokazolar. Hozirgi kunda texnik ta’minotlarni tashkillashtirishning quyidagi formalari mavjud: markazlashgan, qisman markazlashgan va tо‘liq tarqoq (markazlashmagan). Markazlashgan texnik ta’minotlar katta EHM va hisoblash markazlarini ishlatishda asoslanadi. Bevosita ishchi о‘rinlarda о‘rnatilgan shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan tizimlar markazlashmagan texnik ta’minotlar deyiladi. Qisman markazlashgan texnik ta’minot eng optimal yondashuv hisoblanadi. Bunda texnik ta’minot shaxsiy kompyuterlar va ma’lumotlar bazasi saqlanadigan tarmoq serveridan tashkil topgan taqsimlangan tarmoqlardan tuziladi. 3. Matematik va dasturiy ta’minot. Matematik va dasturiy ta’minot - bu axborot tizimining maqsad va masalalarini yechish uchun kerak bо‘ladigan matematik metodlar, modellar, algoritmlar va dasturlar hamda normal ravishda ishlaydigan texnik vositalar majmuasidan iborat. Matematik ta’minot vositalariga quyidagilar kiradi: - boshqarish jarayonlarini modellashtirish vositalari; - ma’lum turdagi boshqarish masalalari; - matematik dasturlash metodlari, matematik statistika, ommaviy xizmat kо‘rsatish metodlari va hokazolar. Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy va maxsus dasturiy mahsulotlar hamda texnik hujjatlar kiradi. Umumiy dasturiy ta’minotlarga foydalanuvchiga yо‘naltirilgan hamda axborotni qayta ishlashga mо‘ljallangan dasturlar kompleksidan tashkil topgan bо‘ladi. Ular kompyuterlarning funksonal imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishda ishlatiladi. Maxsus dasturiy ta’minot aniq bir axborot tizimi uchun yaratilgan vositalar majmuasidan iboratdir. Uning tarkibiga ishlab chiqilgan modellarni realizatsiya qiluvchi va obyektning ishlashini tavsif etuvchi amaliy dasturlar paketi kiradi. Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish bо‘yicha texnik hujjatlar qо‘yilgan masala bayoni, algoritmlash masalasi, masalaning iqtisodiy-matematik va nazorat misollaridan tashkil topadi. 4. Tashkiliy ta’minot. Tashkiliy ta’minot - bu axborot tizimini ishlab chiqarish jarayonida hamda unin ekspluatsiya vaqtida ishchilarning texnik vositalar bilan о‘zaro munosobatlar reglamentlovchi metodlar va vositalar majmuasidir. 5. Huquqiy ta’minot. Huquqiy ta’minot - bu axborot tiziming yaratilishini, yuridik statusini va ishlashini aniqlashtiruvchi hamda axborotning ishlatishi, shakl almashinuvi va qubul qilish tartibini reglamentga soluvchi huquqiy normativlar majmuidir. Axborot tiziming ishlab chiqish bosqichlarining huquqiy ta’minoti ishlab chiqaruvchi tomon va buyurtmachi tomon о‘rtasidagi munosabatlar normativ aktlarini о‘z ichiga oladi. Download 86.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling