Erp va crm axborot tizimining strukturasi Reja
Mijozlar bilan о‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM)
Download 86,74 Kb.
|
10-maruza Nodirbek
Mijozlar bilan о‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM)
«Mijozlar bilan о‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM)» tushunchasi 1990 yil boshlaridan qо‘llanila boshlagan. Shundan buyon CRMga ta’rif berish uchun kо‘p urinishlar bо‘lgan.
CRM-tizimi (Customer Relationship Management - Mijozlar bilan о‘zaro munosabatlarni boshqarish) – korporativ axborot tizimi bо‘lib, biznesni yuritish uchun zamonaviy instrumentdir. U nafaqat sotish jarayoni va mijozlar bilan о‘zaro munosabatlarni avtomatlashtirish imkonini beradi balki, ularni ishini shunday tashkil etadiki, korxona maksimal natija olishini ta’minlaydi. IT kompaniyalar, qoidaga kо‘ra, marketing, sotish va biznesning xizmatlar funksiyalarini avtomatlashtirilgan dasturiy ilovalarni tavsiflash uchun CRM terminini qо‘llaydilar. CRM-tizimi oxirga vaqtlarda «CRM-tizimi» termini ostida CRM konsepsiyasini amalga oshirishga yо‘naltirilgan dasturiy ta’minot (DT) tushuniladi. Biroq CRM — dasturiy maxsulot xam emas va texnologiya xam emas. CRM — bardosh (ustoychiviy) biznesni qurishga yо‘naltirilgan konsepsiya va yadrosi «mijozga-yо‘naltirilgan» yondoshuvni tashkil etuvchi biznes strategiyadir. CRMning 4 ta turi mavjud:
Strategik CRM bu – yadrosi mijozga yо‘naltirilgan biznes strategiya bо‘lib, uning maqsadi daromad keltiruvchi mijozlarni ushlab qolishdan iborat. Operatsion CRM - buyurtmachi jarayonlarini, ya’ni sotish, marketing va mijozga xizmat kо‘rsatishni avtomatlashtirishga qaratilgan. Analitik CRM strategik va taktik maqsadlar uchun mijozlar xaqida ma’lumotlarni intellektual yig‘ishga qaratilgan. Aralash (qо‘shma) CRM - kompaniya, sheriklar va iste’molchilar tanlovini optimallashtirish maqsadida texnologiyalarni tashkillashtirilgan chegaralarda qо‘llaydi. CRM-tizimlar imkoniyatlari: Mijozlar xaqida aktual axborotga murojat etish; Mijozlarga tezkor xizmat kо‘rsatish va bitimlar tuzish; Mijozlar bilan о‘zaro munosabatlar sxemasini shakllantirish, xujjat aylanishini avtorizatsiyalash; Zarur bо‘lgan barcha xisobot ma’lumotlarini va analitik axborotlarni tezkor olish;
Asosiy prinsiplar:
CRM-tizimlarining qо‘llanilish soxalari:
Mijozlar bilan munosabatlarni boshkarish uchun CRM tizimini tanlashning asosiy kriteriyalari:
CRM tizimi о‘zi mustaqil ravishda dasturiy maxsulot bо‘lishi mumkin yoki ERP tizimi tarkibiga modul sifatida kirishi mumkin (masalan, CRM tizimi ERP tizimi moduli Microsoft Dynamics AX). Axborot tizimining ishlash bosqichlarining huquqiy ta’minoti quyidagilar qamrab oladi: - informatsion tizim statusi; - shaxs majburiyati, huquqlari, javobgariliklari; - boshqarish turlari alohida shakllarining huquqiy о‘rni; - axborotning yaratilishi va ishlatilishi tartibi va hokazolar. Axborot tizimlarining jadal rivojlanishi bilan ularning qо‘llanilish sohalarining kengayib borishi kuzatilmoqda.Agar oldin axborot tizimlari faqat bugalterlik hisobida ishlatilgan bо‘lsa hozirda axborot tizimlarini barcha sohalarda qо‘llanilishi kuzatilmoqda.Axborot tizimlarini qо‘llanilish sohalari xilma-xildir: sug‘urta, transport, ta’lim va hokazo. Hozirgi kunda axborot tizimlarini ishlatmasdan olib boriladigan faoliyat sohasini topish qiyindir. Korporativ axborot tizimlarini samarali ishlatish boshqarishda aniqroq bashoratlar hosil qilish va vujudga kelishi mumkin bо‘lgan xatoliklarni oldini olishga yordam beradi. Zamonaviy axborot tizimlari tashkilotlarga oldin mavjud bо‘lmagan sifat va imkoniyatlarni ochib beradi, xususan, axborot tizimlari: - matematik metodlar va intellektual tizimlarni qо‘llash asosida boshqarish masalalarida yanda ratsional yechim variantlarini hosil qilish; - avtomatlash asosida ishchilarning ish faoliyatini yengillashtirish ishonchli malumotlar bilan ta’minlash; - qog‘ozli axborot saqlash vositalaridan magnitli yoki lentali axborot saqlash vositalariga о‘tish va shuning asosida axborotlarni kompyuterda qayta ishlashni yanada ratsional tarzda tashkillashtirish hamda qog‘ozli hujjatlar hajmini kamaytirish; - firmada axborot oqimlari va hujjat almashinishini takomillashtirish; - tovar va xizmatlarini ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bozorda yangi savdo о‘rinlarini topish; Savollar: 1. Birinchi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari qachon paydo bо‘lgan? 2. Axborot tizimlarining rivojlanish tarixi? 3. Axborot tizimining strukturasi va qо‘llanilish sohalarini keltiring? 4.Axborot tizimlarining turli davrlarda qо‘llanilishi maqsadini keltiring? 5. Axborot tizimining tashkiliy tuzilmasining nimalardan tashkil topgan? 6. Axborotning qо‘llanilishida qо‘llaniladigan zasonaviy konsepsiyani keltiring? 7. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari nimalardan tashkil topgan? 8.AT ning namunaviy tuzilishi 9. Axborot tizimlarining qо‘llanilish istiqbollari Download 86,74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling