Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari
Download 0.7 Mb.
|
bayonnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBIDA
- QAROR QILADI.
- Maktab direktori: Ergasheva S M.M.I.B.direktori o`rinbosari: X. Rahmonova Maktab xotin qizlar qo`mitasi raisi: Urunova N Maktab psixologi: Hasanova D
Paxtachi tumani 2-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`quvchi qizlar o`rtasida “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” to`g`risidagi yig`lish BAYONNOMASI. 21.11.2022-yil Yig`ilish raisi: D.Hasanova Qatnashdilar: 8-9-10-11-sinf qizlari KUN TARTIBIDA 1.Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash va erta turmushga chiqishini oldini olish haqida. 2.Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari. 3.Shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish haqida ESHITILDI: Yuqoridagi masala yuzasidan maktab ma`naviy va ma`rifiy tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari X. Rahmonova so`zga chiqdi, u o`z so`zida quyidagilarni bayon qildi.Yurtimizda qiz bolalarni bo`lg`usi onalarni ham jismoniy ham ma`naviy sog`lom bo`lib voyaga yetishi ularni 9-sinfni tamomlagandan keyin kasb-maktablariga yoki 10-11-sinfni tamomlagandan so`ng oily o`quv yurti yoki kasb texnikumiga albatta ta`lim olishini ta`minlash zamonaviy bilim olishini yoki egallashi bugungi kunda davlat siyosati darajasida ko`tarilgan.Ajdodlarimiz oila qurishda yetti o`lchab bir kes qabilida ish tutishgan erta turmushning salbiy xususida to`xtalar ekanmiz avvalo uning huquqiy oqibatlarini tahlil qilishni aytib o`tish o`rinlidir,degan fikrlarni bildirdi. Maktab xotin qizlar raisi N. Urunova o`z so`zida O`zbekiston Respublikasining “Olia kodeksi”ini 15-moddasida nikoh yoshi qizlar uchun 17-yoshni o`g`il bolalar uchun esa 18-yosh deb belgilangan. Albatta bu eng minimal nikoh yoshi hisoblanadi.Lekin bu qiz bola 17 yoshga yetishi bilan turmushga berish degani emas.Chunki,qiz bola nikohga kirishdan oldin uning sog`lom avlodni dunyoga keltirish imkoniyatini hisobga olish zarur.Buning uchun qiz bolaning jismoniy va jinsiy rivojlanishini baholash ularning onalikka ruhiy tayyorgarligini hisobga olish zarur ekanligini,16-17-yoshli qizlar turmushga tayyor emasligi,xomiladorlik va tug`uruq holatida qiynalib qolayotganini,ularni 19-20-yoshlarida turmushga berishini yigitlarga 19-20-yoshlarida uylanishlarini tavsiya qilishadi. Qizlarimiz nafaqat jismoniy balki ruhiy jihatdan ham oila qurishga tayyor bo`lishi lozimligini ta`kidlab o`tdilar. Shundan so`ng yuqoridagi masala yuzasidan maktab psixologi Hasanova D shu o`rinda qizlik sha`ni haqida aytib o`tish kerakki u inson ruhiyatidan millat ruhiyatidan kelib chiqadi . Hayo-ibo,andisha-qiz bolaning o`zga xonadonga,turmush o`rtog`ining muqaddas ostonasiga olib boradigan kelinlik sepi tarbiya mahsuli ekanligi,axloq odob qoidalariga amal qilish zarurligi yosh qizlarning ham erta (16-17) yoshda turmush qurishiva ularning oilaviy hayotga tayyor emasligi haqida nikoh oldi omillarga e`tabor berishi lozimligini aytib o`tdi. Yuqoridagi masala yuzasidan maktab psixologi D. Hasanova o’z fikrlarini bildirib o’tdi Erta turmush qurilishning salbiy oqibatlari nimalarga olib kelishi mumkinligiga sog`lom turmush tarziga e`tibor qaratilishini ham ta`kidlab o`tishdi. Masala yuzasidan yig`ilish: QAROR QILADI. Maktabdagi balog`at yoshidagi o`quvchi qizlari 8- 9-10-11 sinflar o`rtasida “Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash va erta turmushga chiqishini oldini olish”yuzasidan olib borilgan tushuntirish ishlari qoniqarli deb topilsin. Maktab direktori: Ergasheva S M.M.I.B.direktori o`rinbosari: X. Rahmonova Maktab xotin qizlar qo`mitasi raisi: Urunova N Maktab psixologi: Hasanova D Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling