Эрта ва индин


Download 16.17 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi16.17 Kb.
#1403198
Bog'liq
mahmud toyir

Mahmud Toir ijodi haqda ko‘plab fikrlar bildirilgan. Ular orasida filologiya fanlari doktori Bahodir Karim qalamiga mansub ushbu fikrlar shoir ijodiga munosib baho beradi: "Adabiy, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy hayotda O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir juda faol, o‘z ovoziga ega zabardast, qalami o‘tkir va hozirjavob shoirlardan biridir. Mahmud Toir she’riyatining umumkonseptual pafosini ezgulik tarannumi tashkil qiladi. Shoirning hozirgacha bosilgan she’riy to‘plamlari va dostonlari adabiyot ixlosmandlarining ma’naviy mulkiga aylandi. Mahmud Toir she’riyatining mavzu ko‘lami keng va an’anaviy. Zotan, badiiy ijodda abadiyatga oid mavzular barmoq bilan sanarlidir. Barcha shoirlar uchun muhabbat, Vatan, ota-ona, do‘sti sodiq mavzulari birdek tabarruk. Ammo Mahmud Toir ijodida bu mavzular muallif biografiyasiga mos sifatlar bilan orzu-istaklari, dardu armonlari erkin va xalqona yo‘sinda talqin etiladi". Chindan ham shoirning xalqona she’rlari, ezgulik yo‘g‘rilgan satrlari o‘zbek xalqi yuragidan joy olib kelayotir. So‘zning qudrati cheksiz. Shoirning o‘zi ham So‘z haqda shunday deydi: "Yaxshi niyatdan xush fikr tug‘iladi, ezgulik ezgulikka yo‘l ochadi. Ozod va obod Vatanning qadriga, eng avvalo, el-yurtning ziyolilari yetmog‘i kerak. So‘z aytmoqqa chog‘langan qalam sohibi dunyo ziynatiga emas, olam hikmatiga suyanmog‘i lozim. Demak asrlar osha ilmu hikmat, ezgulik, mehru ma’rifat yashab kelayotgan ekan, bizdan kelgusi avlodlarga qoladigani ham ana shu. Buning uchun esa yurtning shoir va yozuvchisi tinchlik, do‘stlik, birodarlik jarchisiga aylanmog‘i, Vatan qadriga qalqon bo‘lmog‘i, fidoyi oqimning oldingi safida yurmog‘i, dillarda ishonch va mehru muhabbat uyg‘otmog‘i, muhimi, ogoh bo‘lmog‘i lozim".


лекин эрта ва индин учун кераксиз, ўткинчи бўлган воқеа-ҳодисаларни тасвирлайди.
Download 16.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling