Erigan va erituvchi tabiati va eritmadagi boshqa kimyoviy birikmalarning mavjudligi eruvchanlikka ta'sir qiladi. - Erigan va erituvchi tabiati va eritmadagi boshqa kimyoviy birikmalarning mavjudligi eruvchanlikka ta'sir qiladi.
- Masalan, suvda tuzdan ko'ra ko'proq shakarni suvda eritish mumkin. Bunday holda, shakar ko'proq eriydi deb aytiladi.
- Suvdagi etanol bir-biri bilan to'liq eriydi. Bunday holda, hal qiluvchi ko'proq miqdorda topilgan birikma bo'ladi.
- Eritilgan moddaning kattaligi ham muhim omil hisoblanadi. Erigan molekulalar qanchalik katta bo'lsa, uning molekulyar og'irligi va hajmi shunchalik katta bo'ladi. Erituvchi molekulalar uchun kattaroq molekulalarni o'rab olish qiyinroq.
- .
- Qattiq moddalarning suvda erishida bir vaqtning o’zida ikkita jarayon boradi:
- - fizikaviy – eritilayotgan qattiq moddaning kristallik panjarasining buzilishi;
- - kimyoviy – erigan modda zarrachalari bilan erituvchi molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir.
- Ikkinchi jarayon natijasida gidratlarning, agar erituvchi suv bo’lmasa solvatlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Shunday qilib, erish – bu fizik kimyoviy jarayon, eritma esa – bu fizik – kimyoviy sistemalardir.
- Kristallik panjaralarning buzilishi uchun energiya sarflanadi, gidratlarning (solvatlarning) hosid bo’lishida esa energiya ajralib chiqadi. Bu energiyalarning nisbatlari bilan erishdagi issiqlik effektlari aniqlanadi.
- Erish oddiy jarayon emas balki fizik – kimyoviy jarayon ekanligini Mendeleyev o’zining eritmalar to’g’risidagi kimyoviy nazariyasida asoslab berdi. Uning fikricha qattiq moddalarning suyuqliklarda erishi issiqlik yutilishi yoki chiqishi bilan sodir bo’ladi. Bir mol modda eriganda ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori shu moddaning erish issiqligi deyiladi.
Eritmalar konsentrasiyasining ifodalanishi -
- Eritmaning yoki erituvchining ma’lum og’irlik miqdorida yoki ma’lum hajmida erigan modda miqdori (mol) yoki massasi (g, kg) shu eritmaning konsentrasiyasi deyiladi.
- Erigan moddaning konsentrasiyasi katta bo’lgan eritmalar konsentrlangan, konsentrasiyasi kichik bo’lgan eritmalar esa suyultirilgan eritmalar deyiladi.
- Eritmalarni to’yingan va to’yinmagan eritmalar deb yuritish ham qabul qilingan.
- Uzoq chayqatilganda ham ichidagi modda ortiq erimaydigan eritma ayni temperaturada to’yingan eritma deyiladi. To’yingan eritmalarda cho’kmadagi modda bilan eritmaga o’tgan modda orasida ayni temperaturada dinamik muvozanat qaror topadi.
- Cho’kmadagi modda ↔ eritmadagi modda
- Bu vaqtda eritma konsentrasiyasi ortishdan to’xtaydi, ya’ni eritma to’yingan bo’lib qoladi.
- To’yingan eritma – erigan moddaning ortiqcha miqdori bilan cheksiz uzoq vaqt muvozanatda turaoladigan eritma deb ataladi. Temperaturaning ko’tarilishi bilan cho’kma ↔eritma orasidagi muvozanat buziladi va cho’kma batamom yo’qolguncha eritma to’yingan bo’lib turadi. To’yingan eritma qizdirilganda, cho’kma bilan muvozanatda bo’lmagan eritmalarga to’yinmagan eritma deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |