Eruvchanlik bosimga bog'liqligi Reja 1. Moddalarning eruvchanligi. 2.Eruvchanlikning moddalar tabiatiga bog`liqli. 3.Eruvchanlikning temperaturaga bog`liqligi. 5.Eruvchanlikning bosimga bog`liqligi Moddalarning eruvchanligi. - Eruvchanlik – moddaning u yoki bu erituvchida erish xususiyatidir. Moddaning muayyan temperaturadagi to’yingan eritmasi konsentratsiyasi uning eruvchanligi o’lchovidir. Bu konsentratsiya ko’pincha 100 gr erituvchida erigan moddaning grammlar soni bilan ifodalaniladi.
- Moddalar suvda eruvchanligiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
- Yaxshi eriydigan
- Oz eriydigan
- Amalda erimaydigan
- Agar 100 gr suvda 10 gr dan ortiq modda erisa yaxshi eriydigan, agar 1gr dan kam erisa oz eriydigan va nihoyat, 0,01 gr dan kam erisa amalda erimaydigan deb qa’bul qilingan. Mutlaqo erimaydigan moddalar yo’q. Hattoki oltin va kumush ham suvda eriydi, ammo juda oz. Eruvchanlik eruvchining tabiatiga, moddaning agregat holatiga (gaz, suyuq, qattiq) temperaturaga va bosimga bog`liq.
Eruvchanlikning moddalar tabiatiga bog`liqli. - Moddalar eriganda ko`pincha issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. Bir mol modda eriganda ajraladigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori erish issiqligi deb ataladi. Eritma hosil bo`lganda issiqlik yutilishi yoki ajralib chiqishi modda tabiatiga, eritma konsentrasiyasi va temperaturasiga bo`g`liq.
- Tuzlarning suvda erishi kiristall panjara energiyasi (-Q1) va ionlar gidratlanish energiyasi (+Q2) farqi bilan aniqlanadi.
- Q= -Q1 +Q2
- Tuzning kiristall panjarasi buzilishi uchun energiya sarf bo`ladi (endotermik jarayon), eritmadagi tuz ionlari bilan eruvchi -suv molekulalarining birikishi (gidratasiya) natijasida energiya ajraladi (ekzotermik jarayon).
- Agar -Q1< Q2 bo`lsa, tuz eriganda issiqlik yutiladi, -Q1
Do'stlaringiz bilan baham: |