Esanova Róshana Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Annotatsiya
Download 11.14 Kb.
|
Safar Barnoyev hayoti va ijodi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Safar Barnoyev hayoti va ijodi Esanova Róshana Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada Safar Barnoyev hayoti va ijodi, u kishining yozgan she’rlari haqida va boshlang’ich sinf o’quvchilariga qay darajada mos ekanligi haqida. Kalit so’zlar: Safar Barnoyev, “Tong yulduzi” gazetasi, “Dadamning qo’llari” Abstract: This article is about the life and work of Safar Barnoyev, about the poems he wrote and how suitable they are for elementary school students. Keywords: Safar Barnoyev, "Morning Star" newspaper, "Dad's Hands" Аннотация: Эта статья о жизни и творчестве Сафара Барноева, о написанных им стихах и о том, насколько они подходят для учащихся начальной школы. Ключевые слова: Сафар Барноев, газета «Утренняя звезда», «Папины руки». Bolalarning sevimli shoiri va yozuvchisi Safar Barnoyev 1938-yil 6-mayda Buxoro shahrida Dilkusho mahallasida tug‘ilgan. 1949-59-yillarda o‘rta maktabni tugatgach, harbiy xizmatga ketadi. Harbiy xizmatni o‘tab, 1960-61-yillarda Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi sho‘ro xo‘jaligida hisobchi vazifasida ishlaydi. 1961-66-yillarda ToshDUning (hozirgi 0“zbekiston Milliy universiteti) jumalistika bo‘limida tahsil oladi. 1959-yili uning birinchi she’ri hozirgi „Tong yulduzi“ gazetasida eion qilingan. Safar Bamoyev o‘qishni tugatmasidanoq, 1966-yilning mart oyida „Tong yulduzi“ gazetasi tahririyatiga ishga taklif qilingan. Shu yillardan boshlab uning she’r, hikoya, qissalari respublika gazeta va jumallarida muntazam ravishda chop etila boshlaydi. DADAMNING QO‘LLARI Dadamning qo‘llari miltiq ham ushlagan, Gulni ham ekkandir dadamning qo‘llari. Men dadam haqida hikoya boshlasam: Ajoyib, rang-barang dadamning yo‘llari. Dadamning qo‘llari boshimni silaydi, Dadamning qo‘llari tinchlikning timsoli. Dadamning qo‘llari yaxshilik tilaydi, Ularga boqaman gohida jim qolib. Qabargan barmoqlar urug‘-u aymoqdir, Lashkarday saf tortib turadi har ishga. Dadamning topgani shakar-u qaymoqdir, Bizlarni qoldirmas hech qachon tashvishda. Dadamning qo‘llari har doim balanddir, Quyosh ham cho‘zadi qo‘llarin ularga. Dadamning qo‘llari bizlarga payvanddir, Bizlarga bahomi keltirgan shular-da. Dadamning qo‘llarin siypalab, o‘paman, Dadamning qo‘llari uyimiz ko‘rkidir. Dadam bor, hamisha gullaydi bu Vatan, Dadamning qo‘lidan yovuzlar qo‘rqadir. Safar Barnoyevning yuqorida “Dadamning qo’llari” degan she’ri keltirilgan. Bu she’r jamiki dadalar haqida yoritilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Biz farzandlar doimo dadamizga har sohada muhtoj bo’lamiz. Xoh ko’cha ko’yda bo’lsin, xoh yurish-turishda, otalarimiz doimo bizga yelkadosh bo’lishadi. Yuqoridagi she’rda ham ushbu so’zlar o’z tasdig’ini topgan. Men dadam haqida hikoya boshlasam: Ajoyib, rang-barang dadamning yo‘llari. Dadamning qo‘llari boshimni silaydi, Dadamning qo‘llari tinchlikning timsoli. Dadamning qo‘llari yaxshilik tilaydi, Ularga boqaman gohida jim qolib. Ushbu oltilikda Safar Barnoyev “Dada” haqida hikoyasini boshlaydi. Dadasining yo’llari rang-barangligi ya’ni, hayot yo’li bir maromda kechmaganligi yoritiladi. “Dadamning qo’llari boshimni silaydi” ushbu misrada otalarimiz bizga hamisha suyanchiq bo’lishlari, bizni doimo qo’llab quvvatlashlari, bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishlari bayon qilinyapti. Keying misralarda esa dadamiz doimo bizga yaxshilik tilashi, bu degani hech qaysi ota-ona farzandiga yomonlik tilamaydi mazmunida keltirilyapti. Safar Barnoyevning ushbu she’ridan chiqaradigan xulosamiz boshlang’ich sinf o’quvchilarida otasiga bo’lga mehrni orttirish, ularni e’zozlash, asrab avaylash, hurmatini joyiga qo’yish, chaqirganda har doim labbay deb javob berish, so’zini ikki qilmaslik kabi sifatlar haqida o’quvchiga uqturilyapti. Safar Barnoyevning juda ko’p she’r, asarlari tarbiyaviy jihatdan o’quvchi qalbiga tezda singib ketadi. She’rlarini o’qiganingizda, har bir satrlarida ibratli so’zlar borligiga guvoh bo’lasiz. Safar Barnoyevning birinchi she’rlar to‘plami 1970-yilda „Tog‘lardaman“ nomi bilan chop etildi. Shundan keyin „Birinchi tabassum”, „Nur yog’ilgan kun“ qissalari bosildi. Adibning „Birinchi tabassum“ (qissalar, 1972), „Dadamning qoilari“ (she’rlar va dostonlar, 1972), „Sog‘inch“ (she’rlar, balladalar, 1975), „Yulduzxon va Bahoijon“ (she’rlar va ertaklar, 1977), „Askar qaytgan kun“ (hikoyalar, qissalar, 1980), „Oq laylaklar“ (hikoya, qissalar, 1982), „Chehralar“ (balladalar, 1984), „Egizaklar“ (hikoyalar, qissalar, 1985), „Mukofot“ (hikoyalar, 1985), „Tinchlikni ulug‘laymiz“ (she’rlar, dostonlar, 1986), „Karimjon-karlson“ (hikoyalar, qissalar, 1988), „Dadam haqida qo‘shiq“ (she’rlar, ertaklar, 1989), „Yangi kunlar“ (qissa, 1990), „Nilufarning olmalari“ (hikoyalar, 1996), „Kichkina Xo‘ja Nasriddin“ (qissa, 1998) singari kitoblari nashr qilingan. Adibning ko‘pgina asarlari rus, tojik, qirg‘iz, ukrain, belorus, polyak, ingliz tillariga tarjima qilingan. Uning „47-yil hikoyaIari“, „Afg‘on bolalari“ hikoyalar turkumi adabiyjamoatchilik tomonidan yuqori baholangan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/safar-barnoyev-1938-2001 2. mamasoli Jumaboyev. “Bolalar adabiyoti”, “O’qituvchi nashriyot matbaa ijodiy uyi, T:2010 Download 11.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling