Esdaliklar – memuar asar
Download 77 Kb.
|
Mirxaydarova Durdona -3
Miraziz A’zam
Miraziz A’zam o’zbek she’riyatidagi eng to’g’ri so’z shoirlaridan biri. U hamisha va har qanday sharoitda haqiqat va adolat tomonida turishni hayoti va ijodining asl maqsadi deb bildi. Bolalarga yozgan she’rlarida ham ularni qadimiy yurtga, ona xalqiga munosib farzandlar bo’lishga da’vat etdi. Dunyo she’riyatining adolat va erk tuyg’ulari mavjud asarlarinigina tarjima qildi. She’riyatining har bir satrida millat bilan vatanga va ayol bilan farzandga bo’lgan buyuk muhabbatini jo qildi. Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da yetuk tarjimon,o’tkir jurnalist hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so’ngra «Yosh gvardiya», G’afur G’ulom nashriyotlarida muharrir bo’lib ishlagan. Ko’p yillar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo’lib ishlagan. Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati tush» nomi bilan chop bo’lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg’a qilingan. Uning birinchi she’riy to’plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo’lgan. Shundan so’ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969,doston), «Senga nima bo’ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho’ntak yong’oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to’plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg’ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga intiladi. Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg’ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to’plamlaridagi ko’pchilik she’rlar o’zining hayotiy va jozibaliligi bilan o’quvchi qalbini zabt etadi.Shoir ana shu she’riy to’plamlaridagi eng yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o’zining «Haqiqatning ko’zlari» (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o’quvchisiga havola etdi. Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari qo’pchilik mutaxassis va oddiy o’quvchi ixlosini orttirdi. Bugun 77 yoshga to’lgan Miraziz akaning keyingi ijodi ham sermahsul, serfayz bo’lishiga ishonsa bo’ladi. ARMON Bir narsalar yozgim keladi, bir narsalar qalbingga munosib, qalbimni idora qilolmayman, hayajonim,tuyg’ularim bosib. Sen bizni tashlading ketding, ne-ne mo’ljal qoldi havoda. Seni hech qachon topolmasmiz, dunyoni kezsak ham piyoda. Qani sening uzrli tabassuming, lablaringga qo’ngan ochunlar? Tunlari go’zal qo’l darchamni taqillatmas, tun bo’lib o’taverar endi tunlar… Betinch yurak sohibi,qo’lingni uzat, do’stsiz ishlolmasdan boshim quyi. Bir umrlik motam nima angladim, huvillab yotibdi ko’nglimning uyi. Faqat bir tasallo: tasvirlaring dunyomiz turarkan — turarlar. Yaxshilik va adolat nurini ko’zlardan yuraklarga urarlar. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling