Eshitildi: G`aniyeva Nozanam o’z so’zida ushba darsni universitetda ustozlaridan olgan bilimlari va shu maktabdagi ustoz o’qituvchilardan olgan amaliy ko’nikmalar asosida o’tilganini aytdi


Download 16.91 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi16.91 Kb.
#1349182
Bog'liq
nozanam bayonnomasi


Farg’ona viloyati Beshariq tumani XTB tasarrufidagi 34- maktabda malakaviy amaliyot o’tayotgan Farg’ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 19-65-guruh talabasi G`aniyeva Nozanam tomonidan 7-sinf “Shimoliy Amerika Iqlimi va ichki suvlari ” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars tahlilining
BAYONNOMASI
Qatnashdilar:
Amaliyot rahbari: N.Akbarova
Maktab o’qituvchisi: N.Jo`rayeva
Amaliyotchi talaba: N.G`aniyeva

KUN TARTIBI:


Ochiq dars muhokamasi.
Eshitildi: G`aniyeva Nozanam o’z so’zida ushba darsni universitetda ustozlaridan olgan bilimlari va shu maktabdagi ustoz o’qituvchilardan olgan amaliy ko’nikmalar asosida o’tilganini aytdi. O’quvchilarga daryolar haqida to’liq ma’lumot berib o’tdi. Dars davomida rejalashtirilganma’lumotlarni to’liq berganligi,qo’shimcha adabiyotlar va tarqatmali materiallardan foydalanilganlini aytdi. Darsga kirishdagi yutuqlariga to’liq erishganligi haqida aytib o’tdi.
So’zga chiqqan: amaliyot rahbari N.Akbarova quyidagilarni ta’kidladi: amaliyotchi G`aniyeva Nozanam o’tkazilgan ochiq dars tasdiqlangan dastur va unga muvofiq tuzilgan rejaga to’liq mos keladi. Amaliyotchi o’z oldiga qo’yga maqsadiga to’liq erishdi. Yo’l qo’yilgan ayrim kamchiliklari haqida gapirib o’tdi.
Eshitildi: G`aniyeva Nozanam. Men ushbu darsni o’tish jarayonida bilimlarni va shu maktabdagi ustoz o’qituvchilardan olgan amaliy bilimlarimni asosida o’tdim. 7-sinf o’quvchilariga “Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvlari’’ mavzusidagi ochiq darsda ularga ma’lumotlatni to’liq yetkazdim, darsning maqsadiga erishdim. Dars o’tish vaqtida bo’lgan kamchiliklarimni ish jarayonida bartaraf etib boraman.
So’zga chiqdilar: N. Akbarova, N.Yusupova, Z.Salohiddinova 34- maktabda malakaviy amaliyot o’tayotgan Farg’ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti geografiya yo’nalishi 19-65-guruh talabasi G`aniyeva Nozanam tomonidan 7-sinf “Shimoliy Amerika iqlimi va ichki suvari” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars yuzasida o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tdi. Talaba darsda o’zini erkin tutdi, darsga oid tarqatmali materiallar, mavzuga oid rasmli ko’rgazmalardan ham keng foydalanildi. Dars davomida talaba kamchiliklarni bartaraf etishga erishdi, umuman olganda o’tilgan darsni ijobiy baholash mumkin.
Ko’rilgan masala yuzasidan
QAROR QILADI:
N.Akbarovaing axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
G`aniyeva Nozanam tomonidan 7-sinf “Shimoliy Amerikaiqlimi va ichki suvlari” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars ijobiy baholansin.
Yuqorida aytib o’tilgan kamchiliklarni pedagogik faoliyati davomida e’tiborga olib ketilsin.
Download 16.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling