Eshitish tizimi kasalliklari
Download 1.03 Mb.
|
Eshitish tizimi kasalliklari Sharifjonov Sh.J.
Oʻrta quloq yalligʻlanishining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, servitamin ovqatlar is-teʼmol qilish, fizkultura va sport bilan shugʻullanish lozim. Tamaki chekish va alkogolga ruju qilish oqibatida nafas yoʻllarining surunkali yalligʻlanishi keyinchalik oʻrta quloqqa ham oʻtishi mumkin. Tumov boʻlganda burunni toʻgʻri qoqa bilish ham oʻrta Otitning oldini olishda ayniqsa muhim. Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, bemor butunlay tuzalib ketadi, eshitish qobiliyati oʻz holiga qaytadi. Baʼzan soʻrgʻichsimon oʻsiq kataklari va ular oraligʻidagi toʻsiqlarning yalligʻlanishi kabi asoratlar yuzaga kelishi yoki kasallik surunkali shaklga oʻtishi mumkin.
Surunkali Otitda vaqt-vaqti bilan yiring oqib turadi, eshitish qobiliyati pasayadi. Surunkali Otitga xos alomatlar paydo boʻlishi bilan darhol vrachga murojaat etish lozim. Oʻz vaqtida davo qilinmasa, meningit, sepsis, hatto miya toʻqimasi abssessi kabi asoratlar roʻy beradi. Oʻrta quloq yalligʻlanishini muntazam davolash zarur, bemor vrach-otorinolaringolog nazorati ostida boʻlishi lozim. Bu kasallikda quloq pardasida doimiy teshik mavjudligi tufayli quloqqa suv kirganda dard zoʻrayadi. Shuning uchun choʻmilganda va bosh yuvganda paxtani vazelin yoki boshqa suyuq moyga shimdirib, quloqqa tiqib qoʻyish kerak.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling