Gepatit turlari va davosi
Download 416.94 Kb. Pdf ko'rish
|
GEPATIT
Gepatit turlari va davosi — Bugungi kunda gepatitni barcha turini davolash imkoni bormi? — Gepatitning A turini to‘liq davolash mumkin. Uni davolamasa ham tabiiy yo‘l bilan tuzalib ketadi. Surunkaliga o‘tmaydi, serrozga ham aylanmaydi. Ye turining tarqalishi suv bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda bunday epidemiyalar uchramayapti. Lekin uni ham davolasa bo‘ladi. Faqat gepatit Ye homilador ayollarda o‘ta og‘ir kechadi. Katta foizda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Gepatit C ning to‘liq davosi bor, desak, bo‘ladi. B bilan D turlarini davolash muammo. V virusini kamaytiradigan maxsus dorilari bor, lekin yo‘qotishga qurbi yetmaydi. Shu bois ayni paytda dunyo miqyosida katta izlanishlar olib borilyapti. Ajab emas, ijobiy natijalarga erishilsa. Shunga o‘xshash D virusi ham muammo, chunki u B virusga bog‘liq bo‘lgan chala virus. O‘zi kasallik chaqirmaydi. B virusining oqsilidan foydalanib, chala delta virus o‘ziga qobiq yasaydi. Keyin to‘liq virus holatiga o‘tib, jigarni shikastlaydi. Shuning uchun D virusni davolash V virusni davolash bilan bog‘liq. GEPATIT A — BELGILARI, TASHXIS, DAVOLASH, XUSUSIYATLARI, QO’ZG’ATUVCHISI, PERHEZ TUTISH Gepatit A (Botkin kasalligi) — RNK-virus bo’lib, Picornavirus oilasiga, Enterovirus sinfiga mansub, o’tkir virusli jigar shikastlanishiga olib keladi. Uning o’lchami 27-30 nm. Virusning qobig’i yo’q. Bundan tashqari, virusning yana to’rtta inson virusi genotipi va uch xil maymun virusi genotipi aniqlangan. Genotiplardan qat’i nazar, barcha A turdagi viruslar o’xshash antigen, immunogen va himoya xususiyatlariga ega ekanligi aniqlandi. Ya’ni virusning bir serotipi bir xil standart reagentlar bilan aniqlanadi va bir xil vaktsina bilan oldi olinadi. Download 416.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling