HOMILADORLIK PAYTIDA GEPATIT C
Gepatit C
homiladorlik
davrida va tug’ruq davomida onadan bolaga yuqishi mumkin. Kasallikka
qarshi antitanalari
bo’lgan onalardan faqat 2% hollarda farzandiga yuqishi kuzatiladi. Qonida gepatit C virusi uchragan hollarda esa 5%.
Ona OIV bilan zararlangan bo’lsa, uzatish xavfi deyarli 20% ni tashkil etadi.
Siz davolanishingiz kerak-kerakmasligini shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Gepatit
C kasalligini davolash
faqat mutaxassis tomonidan to’g’ri olib borilishi mumkin.
GEPATIT C O’LIMGA OLIB KELADIMI?
Kasallik ikki holatda fojiali yakun yasashi mumkin:
1. Gepatit C rivojlanaversa va kasallik davolanmasa
jigar yetishmovchiligiga, u esa oz navbatida o’limga olib
keladi;
2. Agar gepatit C sababli jigar saratoni (gepatosellulyar saraton) rivojlansa.
Lekin so’nggi tadqiqotlar va kashfiyotlar sababli yildan-yilga gepatit C sabali yuzaga keladigan o’lim hollari kamayib
bormoqda.