Gepatit turlari va davosi


SURUNKALI GEPATIT C BELGILARI VA ALOMATLARI


Download 416.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana16.06.2023
Hajmi416.94 Kb.
#1508285
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
GEPATIT

SURUNKALI GEPATIT C BELGILARI VA ALOMATLARI 
Surunkali bosqichida bemorlar odatda, aniq belgilarsiz holda yillar davomida yashaydilar. Bu ba’zan «faoliyatsiz» yoki 
«yashirin» gepatit C deb ataladi. Natijada yallig’lanish va chandiq (
jigar sirrozi
) bilan birga faol surunkali gepatit 
rivojlanadi. Kasallik davolanmasa, jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi va jigar saratoni (gepatosellyulyar saraton) va 
hatto o’limgacha olib borishi mumkin. Surunkali gepatit C belgilari: 

Zaiflik va charchoq; 

Ko’ngil aynishi


Ishtaha yo’qolishi; 

Mushak va bo’g’imlardagi og’riq; 

Vazn yo’qotish. 
Surunkali gepatit C jigar yetishmovchiligiga (jigar dekompensatsiyasi) olib kelgani bois qo’shimcha alomatlar 
kuzatiladi: 

Siydik rangining to’q bo’lishi; 

Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi); 

Qichish; 



Suyuqlik to’planishidan kelib chiqadigan qorindagi shishlar; 

Suyuqlik to’planishi tufayli oyoq shishishi

Qon qayt qilish; 

Umumiy qorin og’rig’i. 
Jigar zararlanganda u o’z funktsiyalarini bajara olmaydi. Jigar funktsiyalari qondagi zaharli birikmalarni parchalash, 
infektsiyalar bilan kurash, dori vositalarini parchalash, ba’zi muhim oqsillarni sintez qilish, qon ivish omilini ishlab 
chiqish va vitamin, mineral, yog’ va uglevodlarni depo qilib saqlashdir. 
GEPATIT C QANDAY YUQADI? 
Gepatit C virus bilan kasallangan shaxsdan boshqa shaxsga yuqadi. Virus hayvonlar yoki hasharotlardan yuqmaydi. 
Gepatit C virusi asosan qonda va zararlangan kishining o’ziga xos boshqa tana suyuqliklarida oz miqdorda mavjud. 
Virus hozirda eng ko’p inyektsiya uchun ishlatilgan igna almashinuvi sabab yuqadi. 1990 yilga qadar virus, odatda, qon 
quyish orqali yuqgan. Hozirda qon quyish orqali yuqishi xavfi deyarli yo’q, donorlik qoni avvalo tahlil qilinadi. 
Gepatit C ning yuqishi ba’zan infektsiya nazorat qilish protokollariga rioya qilinmangan kasalxona va klinikalarda
sog’liqni saqlash muassasalarida sodir bo’ladi. Bunday vaqtda tibbiyot hodimlari nosteril asbob qo’llashi yoki igna 
orqali sog’lom insonga virusni yuqtirishi mumkin. 
Virus yuqishining yana bir yo’li bu zaralanib bo’lgan donor a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazilishidir. Hozirgi 
paytda zararlangan organlarni ko’chirib o’tkazish eng so’nggi va boshqa umid qolmaganda chora sifatida qaraladi. 

Download 416.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling