Bulardan boshqa gepatit viruslari ham mavjud, lekin asosan bu uchta turi uchraydi. Bundan
tashqari, boshqa, gepatitga
oid bo’lmagan viruslar ham gepatitning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin.
Masalan
OIV
,
sitomegalovirus
, EB
virusi.
GEPATIT C NIMA?
Kasallikning ikkita kechish turi farqlanadi:
o’tkir va
surunkali. O’tkir gepatit C ning rivojlanishi virus bilan
zararlangandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda ko’pchilik kasallanganlarda hech qanday belgilar kuzatilmaydi. Taxminan
50- 80% zararlangan insonlarda kasallik keyinchalik esa surunkali gepatit C shakliga o’tadi. Surunkali bosqich o’n yillar
davomida shakllanadi va u ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Agar kasallik davolanmasa, bemor oxir-
oqibat jigar kasalliklariga duchor bo’ladi va kasallik tashuvchisiga aylanadi.
Gepatit C ning bir necha genotipli turlari uchraydi. Ular 1a, 1b, 2, 3, 4, 5 va 6 ga bo’linadi. Bu genotiplar o’rtasidagi
farq kasallikni davolashda muhim o’rin tutadi (dori turi, dozalari va davolash muddati).
GEPATIT C BELGILARI
Kasallikning turli bosqichlarida ma’lum bir alomatlari seziladi.
O’TKIR GEPATIT C BELGILARI VA ALOMATLARI
O’tkir bosqichda 65% insonlarda aniq belgilar kuzatilmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan belgilar ham yaqqolroq
namoyon bo’la boshlaydi (2-26 haftadan so’ng) va 2-12 hafta davom etadi. Ular:
Qorinning yuqori qismidagi og’riq, ayniqsa o’ng tarafda;
Siydik rangining to’q bo’lishi;
Rangsiz axlat (oqimtir);
Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi);
Ko’ngil aynishi va
ichak faoliyatining buzilishi;
Charchoq;
Biroz
isitma
va titroq;
Mushaklardagi og’riq;
Ishtaha yo’qolishi;
Kayfiyatning tezda o’zgarishi;
Bo’g’imlardagi og’riq.
Do'stlaringiz bilan baham: