Eshitishda va nutqida nuqsoni bor bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish


Download 15.1 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi15.1 Kb.
#1367426
Bog'liq
Esse


Eshitishda va nutqida nuqsoni bor bolalarni
inklyuziv ta’limga jalb etish
(muammo va yechimi)

Inklyuziv ta’lim – teng huquqli ta’lim olish. Nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasida to‘siqlarni bartaraf etish, ijtimoiy xayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi tizim. Inklyuziv ta’lim 2014-2016 yildan boshlab O‘zbekistonga kirib kelgan. L.Vigotskiy inklyuziv ta’lim g‘oyasini asoschisi. L.Vigotskiy: “Oliy aqliy funksiyalarning rivojlanishi ijtimoiy xamkorlikdan boshlanadi va keyin shaxs bo‘ladi”,- deb aytgan. Bu haqda men shuni aytib o‘tmoqchimanki, maktab va bolalar jamoasi alohida extiyoji bor bolalar uchun bevosita “Rivojlanish zonasi” deb hisoblayman. Alohida extiyoji bor bolalar boshqa bolalar bilan (o‘z tengdoshlari bilan) oddiy maktablarda o‘qisalar, ularda o‘sish rivojlanish moyilligi ortib boradi. Bolalar bilan bir guruhda bo‘lishi - ularga taqlid qilishga, ular bilan muloqot qilishga, ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xarakat qiladi. Rivojlanayotgan bolalar axolida extiyoji bor odamlarga duch kelganda, ularning muammolarni tushunib boradilar. Ular boshqalarning extiyojlariga sezgir bo‘lib, farqlashni yaxshiroq anglaydilar. Bolalar o‘rtasida esa, do‘stonalik, xamjihatlik, ahillik paydo bo‘ladi.


Inklyuziv ta’limni ishtirokchilari:

  1. Oila, 2) Mahalla, 3) Maktab jamoasi, 4) Sinfdoshlar, 5) Xalq ta’limi tizimi, 6) Sog‘likni saqlash tizimi.

Farzandlarining ta’lim tarbiyasi va rivojlanishiga doir qaror qabul qilishda ona-onalarning o‘rni beqiyos. Bola o‘sib ulg‘ayishida nafaqat nogiron bolalarni, balki, sog‘lom bolalarning kamolotga erishishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-ona tomonidan bola o‘z vaqtida e’tibor bilan rag‘batlantirish borilsa, bolada emotsional xis rivojlanadi, ota-onadan motivatsiya oladi. Maxalla, maktab, sinfdoshlar jamoasi qo‘llab-quvvatlashi bilan bolaga ijtimoiy muhit ko‘makdosh bo‘ladi. Tengdoshlariga qarab, bola, gapirishga, yana ham diqqati barqarorlashishiga intiladi. Xalq ta’limi tizimi har bir bolaga teng huquq asosida sifatli ta’lim berish dasturlarini yaratishi lozimdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, alohida extiyojga muxtoj bolalar tengdoshlari kabi oddiy maktablarda o‘qisalar, ularda ham aqliy va jismoniy jihatdan o‘sishga moyillik paydo bo‘ladi. Bolaning psixologiyasida ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Jamiyatimizdagi har bir sog‘lom va alohida extiyojga muxtoj bolalarni jamiyat uchun yetuk va barkamol shaxs sifatida yetishishi uchun inklyuziv ta’limni ham joriy etish maqsadga muvofiq bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Download 15.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling