Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari
Download 256.41 Kb. Pdf ko'rish
|
eshitishida-nuqsoni-bo-lgan-bolalar-rivojlanishining-o-ziga-xos-xususiyatlari
Birinchisi. Sog‘lom eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning aqliy rivojlanish
imkoniyatlari eshitadigan bolanikidan aslo kam emas. Yuqori darajada talabchanlik va malakali ta’lim bilan uyg‘unlashgan muhabbat - shu imkoniyatlarni realizatsiyalash imkonini beradigan shart-sharoit shundan iborat. Muvaffaqiyatga ishonish, shu ishonchni bolada tarbiyalash olish – eshitishda nuqsoni bo’lgan bolani baxtli qilish va o‘z nuqsonini his qilmaslik, hech bo‘lmaganda undan aziyat chekmaslikka yordam berishning muhim omili. Ikkinchisi. Tarbiyaning umumiy masalalari, uning hissiyoti, xulqini tarbiyalash maxsus tarbiyaga qaraganda ikkinchi darajali emas, balki maxsus tarbiyaning asosini "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 893 tashkil qiladi. Zero farzand, avvalo farzand, keyin esa eshitishda nuqsoni bo’lgan bola. Buni unutmaslik lozim. uning ma’naviy qiyofasi, uning shaxsini tarbiyalash – maxsus o‘qitishning har bir vaziyatini belgilaydigan asosiy jihat shu. Bunda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola xulqini tarbiyalashga uning eshitadigan tengdoshining xulqini tarbiyalashga kabi yondashish zarur. Uchinchisi. Bolani soqovlikdan asrab qolish, atrofdagilar bilan muloqotga o‘rgatish uchun barcha vositalardan foydalanish kerak. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolani o‘qitishning (ota-onalar uchun) tobora samarali va qulay vositalardan biri daktil (barmoqlar) nutqi sanaladi. kichik yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘qitishda undan keng foydalaniladi. Daktil nutq nima va uning ta’limdagi roli nimadan iborat? Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni nutqning bu noodatiy shaklidan o‘qitishda foydalanish zarurati ko‘pincha ota-onalarning e’tirozi va qarshiligiga sabab bo‘ladi. Daktil nutq – eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘qitishning qudratli vositasi, u lug‘at boyligi va nutqni o‘zlashtirish sifatini, shuningdek eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning umumiy rivojlanish darajasini bir necha barobar oshirishi mumkin. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar va boshqa kishilar uni bola bilan muloqotda to‘g‘ri qo‘llash uchungina emas, balki fikrlari, aniqrog‘i, bilib- bilmay chiqaradigan hukmlari bolaning to‘la qonli tarbiyasiga halal beradigan kishilarga uning ahamiyatini tushuntirib berish uchun ham daktil nutqning ahamiyatini tushunib yetishlari kerak. Nutqni shakllantirish ko‘p qirrali jarayon sanaladi. Uning turli shakllarini, avvalo muloqot asosini tashkil etadigan og‘zaki nutqni rivojlantirish zarur. Kar va zaif eshituvchi bolalarda talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish avvalo katta odamga taqlid shaklida, eshitish apparatlaridan foydalanilgani holda amalga oshiriladi. Go‘dakning ovoz reaksiyalarini faollashtirish bu reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi tovushlar hosil qilishga qaratilgan mashqlarni o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladi. Bu mashqlar muloqot jarayonida, katta odam bola bilan turli tovush va tovush birikmalaridan foydalanib, ularni gimnastika elementlari bilan birga qo‘llab "gaplashganida" amalga oshiriladi. Bir yarim -ikki yoshli bolaning og‘zaki nutqi ustida ishlashning muhim vazifasi bolada og‘zaki nutq ehtiyojini shakllantirish sanaladi. Shu sababli o‘yin va maishiy harakatlar paytida katta yoshli odam predmet, hodisa, o‘yinchoq, harakatlar nomini ataydi, bolalar ularni uddalagani darajada ularning nomini taqlidan aytishga (atashga) undaydi. Eng muhimi - bolaning katta odamga ergashib tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni talaffuz qilishga urinishi. Nutqqa taqlid harakatlarga taqlid bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli gavda harakatlariga taqlidga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Kattalarga bu kabi taqlidni o‘zlashtirgani sari bola harakatlarni tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlarni go‘ldirab talaffuz kilish bilan to‘ldirib boradi. Shu davrdan fonetik ritmika mashg‘ulotlari boshlanadi. Fonetik ritmika - "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11 www.openscience.uz / ISSN 2181-0842 894 maktabgacha yosh oldidan va maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ularning talaffuzi ustida olib boriladigan ishlarning asosiy usullaridan biri. Eshitish idrokini rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashqlar bilan bir paytda bolalarni reaksiya qilish va turli maishiy shovqinlar, tabiiy tovushlar, transport signallarini tushunishga o‘rgatishadi. Audioyozuvlarni eshitish ham eshitish idrokining rivojlanishiga ko‘maklashadi. Katta yoshli kishi bola bilan birga musiqa taktiga mos harakat qiladi, bolaning o‘zini raqs harakatlarini bajarishga undaydi. Download 256.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling