Eshitishida nuqsoni bor bolalarning talaffuzini shakllantirish


Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning ahamiyati


Download 68.26 Kb.
bet5/6
Sana31.10.2023
Hajmi68.26 Kb.
#1736029
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3. ESHITISHIDA NUQSONI BOR BOLALARNING TALAFFUZINI SHAKLLANTIRISH

2.2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning ahamiyati
Barcha bolalar kabi kar bolalarda ham ilk maktabgacha yoshida o’yinchoqlarga qiziqish kuchli bo’ladi. Biroq vaqt o’tishi bilan bolalarning o’yinga bo’lgan qiziqishida bir oz o’zgarishlar yuzaga keladi. Ayrim hollarda ular o’yinchoqlarni tanlaydigan, o’yin jarayoni esa barqarorroq bo’ladi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’yinchoqlar bilan o’ynashni 3-5 daqiqa davom ettirgach, so’ng tashlab qo’yadi. Chunki, u o’ynab bo’lgach, navbatdagi bosqichda nima qilish lozimligini bilmaydi. Maktab bo’sag’asidagi bolalar esa o’yinchoqlar bilan 15-20 daqiqa o’ynay oladi. Ko’pchilik kar bolalarning ota-onalari farzandlarini o’yinchoqlardan tez ko’ngli qolishini, ularni yangilab turishga, aksariyat ota-onalar bolalarning yangi o’yinchoqlargagina qiziqishini, ayrim ota-onalar farzandlarining o’yinchoqlardan ko’ra ko’proq ro’zqorda ishlatiladigan buyumlar - turli qopqoqlar, taqsimchalar, chelakcha va boshqalarga qiziqishini aytadilar.
Buning sababi, birinchidan, ro’zqor buyumlari jarangliroq ovoz chiqarishida, ikkinchidan, bu buyumlar bola muhitiga yaqinligida va ular bilan karlarga xos bo’lgan bir xildagi hatti-harakatlarni bajarish mumkinligidadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tomonidan eng ko’p qo’llaniladigan o’yin harakati predmetli harakatdir. 3 yoshdan keyin bolalarda predmetli hatti - harakatlardan tashqari, biror jarayonni ifodalash (prosessual) harakat kuzatiladi. Masalan, bola qo’qirchoqni bir necha marta yechintiradi va kiyintiradi, yechintirgan qo’qirchoqni krovatga yotqizadi, keyin qo’qirchoqni kiyintiradi. Ba'zan bolalar mashinaga solib kubiklar tashiydi, mashinadan tushiradi, qo’qirchoqni sayr qildiradi. Kattaroq bolalarda ikkita syujet bog’lanishi mumkin: qo’qirchoq ovqatlantiriladi, so’ng o’xlashga yotqaziladi. Syujetli rolli o’yinlarni o’ynash hollari o’rgatimagan kar bolalarda kamdan-kam uchraydi. Syujetli rolli o’yin deganda insonlar munosabatini aks etadigan ongli, maqsadli, mazmunli xatti-harakat tushuniladi. Bunday o’yin faqatgina maxsus o’rgatish natijasida rivojlanadi.

Kar bolalarning hulq-atvori


Odatda kar bolalar muomalaga tez kirishadigan bo’ladilar. Vaqti bilan muomala shakli va mazmuni o’zgaradi. Yoshi ulg’aiyishi bilan bola oddiy itoatgo’ylikdan xaqiqiy muomalaga o’tadi. U kattalar munosabatini hisobga oladi, kattalar bilan muloqatga ko’proq moyil bo’lib, aksariyat hollarda bunday aloqalarning tashabbuskorlariga aylanadilar. Kattalar bilan birgalikdagi harakatlarda aloqalar rivojlanib boradi, bola kattalardan ko’proq diqqat-e'tibor talab qiladigan bo’ladi, uning ma'qullashi, tanbeqini tushunadi va hisobga oladi. Vaqti bilan aloqalar mustaqkamroq va uzoqroq davom etadigan bo’lib boradi. 2 yoshgacha bo’lgan bolalarning yarmidan ko’proqi diqqat-e'tibori so’nib borishi yoki uning yoshiga to’g’ri kelmaydigan ma'qul tushmagan topshiriqlar berilganligidan kattalar bilan ma'lum vaqtga aloqalarini uzib qo’yadilar. Kattaroq yoshdagi bolalarda esa bunday holat ayrim alohida hollarda ro’y beradi xolos. Rivojlanishning borishini bolalarning unga berilgan tanbehlarga munosabatini kuzatib aniqlash mumkin. Aqliy rivojlanishi yetarli bo’lgan eng kichik yoshdagi kar bolalar ham bildirgan e'tirozlarini va tanbehlarni his qilsalarda, biroq har qanday holatlarda ham o’z hatti harakatlarini o’zgartirmaydilar. Bolalarda o’jarlik kabi negativ reaksiya paydo bo’lishi ham mumkin. Yoshi o’sishi bilan kattalar tanbeqiga javoban xatti-harakatlardagi xatolarni bartaraf etish hollari ortib boradi, bunday hol bolalarda o’zini o’zi nazorat qilish qobiliyatining rivojlanayotganidan dalolat beradi. Bola rivojlanishini belgilovchi omillardan biri uning diqqatidir. Diqqatning barqarorligi bolaning maktab yoshiga yetguncha qadar o’zgaradi.
Maktabgacha tarbiya bo’sg’asida yoshidagi bola bir xildagi mashqulot bilan 3 minutdan ortiq shug’ullana olmaydi, shu muddat o’tgach mashg’ulot turini o’zgartirishni talab etadi. O’rta va katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola bir turdagi mashg’ulot bilan 10-15 daqiqa davomida toliqmasdan shuqullanishi mumkin. Mashg’ulot turlari almashtirib turilsa, u toliqmasdan 40 daqiqadan ortiq shuqullanishi mumkin.
Bola diqqatining barqarorligi amalga oshirayotgan faoliyat turiga qarab har xil bo’lishi mumkin. Ba'zilari mustaqil faoliyat bilan uzoq shuqullanishi, boshqalarining kattalar tomonidan uyushtirilgan faoliyatga e'tibori kuchli bo’ladi. Maktab oldi yoshidagilar orasida shunday bolalar ham uchraydiki, yuqorida bayon etilgan qar ikki qolatga qam befarq bo’lishi mumkin. Bunday holat aksariyat 3-4 yoshli kar bolalarda ko’proq uchraydi. Yoshi katta bo’lishi bilan bolalarda muayyan mashg’ulotga diqqatini jamlash, bir mashg’ulotdan ikkinchisiga ko’chirish malakalari rivojlanib boradi. Faoliyatni to’xtatib qo’yish sabablari turli yoshdagi bolalarda har xil bo’ladi: kichik yoshdagi bolalar o’yinini toliqqanida to’xtatadi, kattalari esa vazifani ohirgacha yetkazadi.

XULOSA
Maktabgacha bo’lgan davr eshitishda nuqsoni bo’lgan bola qayotining eng mas'uliyatli, muhim bir pallasidir. Hayotning dastlabki yillarida bolalarning jismoniy, aqliy, ahloqiy va estetik kamoloti asoslari tarkib topadi, nutq shakllanadi. Eshitishda mavjud bo’lgan nuqsoni bolaning umumiy ulg’ayishini sekinlashtiradi va uning nutqining normal rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni erta korreksiya qilish zarurligi to’g’risidagi g’oya defektologiyada keng e'tirof etildi va hayotga tatbiq qilindi. Kar va zaif eshituvchi bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni o’z vaqtida aniqlab bartaraf etilishi va o’rnini to’ldirilishi, ularning maktabda o’qishga tayyorlik darajasini oshirishga yordam beradi. Maxsus maktabgacha tarbiya tizimini yanada takomillashtirilishi va maxsus maktabgacha pedagogika fanining rivojlanishi maktabgacha muassasalardagi ta'lim - tarbiya jarayonini yaxshilashga, kar va zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini va har bir bolaning salohiyatini puxta bilish asosida, ularga ta'lim-tarbiya berishda individual yondashuvni amalga oshirishning yanada samarali yo’llarini va usullarini izlab topishga yordam beradi.
Nutqni shakllantirish ko‘p qirrali jarayon sanaladi. Uning turli shakllarini, avvalo muloqot asosini tashkil etadigan og‘zaki nutqni rivojlantirish zarur. Kar va zaif eshituvchi bolalarda talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish avvalo katta odamga taqlid shaklida, eshitish apparatlaridan foydalanilgani holda amalga oshiriladi. Go‘dakning ovoz reaksiyalarini faollashtirish bu reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi tovushlar hosil qilishga qaratilgan mashqlarni o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladi. Bu mashqlar muloqot jarayonida, katta odam bola bilan turli tovush va tovush birikmalaridan foydalanib, ularni gimnastika elementlari bilan birga qo‘llab "gaplashganida" amalga oshiriladi. Bir yarim -ikki yoshli bolaning og‘zaki nutqi ustida ishlashning muhim vazifasi bolada og‘zaki nutq ehtiyojini shakllantirish sanaladi. Shu sababli o‘yin va maishiy harakatlar paytida katta yoshli odam predmet, hodisa, o‘yinchoq, harakatlar nomini ataydi, bolalar ularni uddalagani darajada ularning nomini taqlidan aytishga (atashga) undaydi. Eng muhimi - bolaning katta odamga ergashib tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni talaffuz qilishga urinishi. Nutqqa taqlid harakatlarga taqlid bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli gavda harakatlariga taqlidga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Kattalarga bu kabi taqlidni o‘zlashtirgani sari bola harakatlarni tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlarni go‘ldirab talaffuz kilish bilan to‘ldirib boradi. Shu davrdan fonetik ritmika mashg‘ulotlari boshlanadi.


Download 68.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling