Eshmurodova laylo shuxrat qizining
Qo’shilgan qiymat solig’i
Download 1.21 Mb.
|
Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to’xtovsiz qo’llash imkoniyatini yaratishidagi o’rni LAYLO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktsiz solig’i
- Bojxona to’lovlari
- Boshqa turdagi soliqlar va majburiy to’lovlar
Farmonda belgilanganidek, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda mazkur soliq imtiyozlari beriladi: 1) 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha - 3 yil muddatga; 2) 3 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha - 5 yil muddatga; 3) 10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga. Ushbu 2012 yilgi Farmonga ko’rasoliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo’llanilishi belgilangan: Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno etilgan holda, respublikaning barcha mintaqalarida joylashtiriladigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etiladi. korxonaning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foizni tashkil etishi lozim; xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik uskuna tarzida qo’yish; mazkur imtiyozlarni qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan daromadning kamida 50 foizini korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo’naltirish. Xulosa Xulosa qilib aytganda xo’jalik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik-texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish imkonini beradigan ilg’or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan samarali rag’batlantirish tizimini yaratish maqsadida 2007 yil 14 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonining qabul qilinishi respublikaga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish asosida iqtisodiyot tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilishni faollashtirishga yo’naltirilgan navbatdagi amaliy qadam bo’ldi. Farmonga ko’ra, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarishga ilg’or zamonaviy uskunalarni muntazam kiritish asosida modernizatsiyalashni ta’minlasa, yangi jihozlar ishlab chiqarishga joriy etilgan paytdan boshlab quyidagi qo’shimcha imtiyozlarga ega bo’ladilar: - ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing ob’ektini to’lashga yo’naltirilgan mablag’lar miqdorida uch yil mobaynida foydadan olinadigan soliq bazasi tegishli hisobot davri uchun hisoblangan amortizatsiya mablag’laridan foydalanish sharti bilan kamaytiriladi; - ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga mulk solig’idan ozod etiladi; - soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo’llaniladigan ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari uchun besh yil davomida yagona soliq to’lovi to’lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda kamaytirgan holda soliq imtiyozlari joriy etiladi; Xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini O’zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti hamda mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya sarflashning ‘otentsial imkoniyatlari to’g’risida keng xabardor qilishni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini aniq-’uxta muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida 2008 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o’zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi ‘Q-927-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish va o’zlashtirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va «Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonida loyihalar tashabbuskorlari va davlat organlarining o’zaro hamkorlik qilish sxemasi» berilgan bo’lib, unda xorijiy investorlar faoliyatini boshqarish, ularga ko’mak berish tizimi ko’rsatib berilgan, Prezident qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish bo’yicha qarorlarni ko’rib chiqish, muhokama etish va qabul qilishda, har yilgi investitsiya dasturlarini, shuningdek, tarmoqlar va mamlakat mintaqalarini rivojlantirishning o’rta muddatli dasturlarini tayyorlashda yetakchi bo’g’in hisoblanadi, uning zimmasiga mazkur masalalarni hal etishda idoraviy mansubligidan qati nazar, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati yuklanadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling