Eshonqulov Shaxzod


Buyuk geografik kashfiyotlar


Download 10.59 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi10.59 Kb.
#1490553
1   2
Bog'liq
Eshonqulov Shaxzod taqdimot

Buyuk geografik kashfiyotlar


Turkistondan ham jahon geografiya faniga buyuk hissa qoʻshgan olim va sayyohlar chiqqan. Bulardan Muhammad ibn Muso alXorazmiy "Surat alarz" "Yer tasviri" asarini yozgan, 7 iqlimga taʼrif bergan, 537 ta joy nomini yozib qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy 1016-yilda Sharkda dastlabki geografik globusni yaratdi. Yer aylanasini anik, oʻlchadi, dunyo haritasini tuzdi, Gʻarbiy yarim sharda quruqlik borligini bashorat qiddi. Nosir Hisrav Magʻrib shahriga, jan.da Nubiya choʻli, Makkagacha, sharkda Moʻlton va Lohur shaharlariga borgan, 15 ming km dan ortiqyoʻl bosgan. Hofizi Abru (14—15-asrlar) Movarounnaxr, Dashti Qipchoq, Xuroson, Iroq, Fors, Ozarbayjon, Eron, Gurjiston, Armaniston, Rus va Shom yerlarida boʻlgan, Hindistonda Gang daryosi qirgʻoqlarigacha bir necha marta borgan. Uning 1417—20 yillarda yozgan geografik asarida dunyoning doyrashaklidagi haritasi zoq Samarqandiy Afanasiy Nikitindan 27 yil avval Hindistonga (Kolikut portiga — hozirgi Kojikode) dengiz yoʻli (Arabiston dengizi) orqali borgan (1441) va Hindiston haqida kitob yozgan. Afrikani aylanib oʻtgan Vasko da Gama Abdurazzoq Samarqandiydan 50 yil keyin shu portga yetib borgan. Sharq geografsayyoh olimlarining kashfiyotlari va yozib qoldirgan kitoblari yevropalik geograf-sayyohlarning jahonshumul geografik kashfiyotlariga asos boʻlgan deyish mumkin.

Buyuk geografik kashfiyotlar —15—17-asr oʻrtalari (chet el adabiyotlarida, odatda, faqat 15-asr oʻrtalari — 16-asr oʻrtalari) da yevropalik sayyohlar tomonidan qilingan yirik geografik kashfiyotlar uchun qabul qilingan shartli termin. Yevropa mamlakatlarida tovar ishlab chiqarish ning oʻsishi, javohirlarning yetishmasligi va oltin hamda kumush, ziravorlar va fil suyagini (tropiklarda), qimmatbaho moʻyna, morj tishini (shim. mamlakatlarda) topish maqsadida yangi yerlarni qidirish, Yevropadan Hindiston va Sharqiy Osiyoga yangi savdo yoʻllarini axtarish kabilar ekspeditsiyaga borishning umumiy sabablari boʻlgan. Marko Poloning sayohatlari (1271-1295) B.g.k. 1yuz yillik davrining muhim voqealari. 1488-yil portugaliyalik dengizchilar Afrikaning barcha gʻarbiy va jan. sohilini tekshirdilar (D. Kan, B. Diash va boshqalar). 1492.94-yillarda X. Kolumb Bagama o.larini, Katta va Kichik Antil o.larini kashf qildi; 1497—99 yillarda Vasko da Gama (arablar rahnamoligida) Gʻarbiy Yevropadan Janubiy Afrika boʻylab Hindistonga uzluksiz dengiz yoʻlini ochdi; 1498—1502-yillarda Kolumb, A. Oxeda, A. Vespuchchi va boshqa ispan hamda portugal dengizchilari Janubiy Amerikaning hamma shim. sohilini, uning sharqiy (Braziliya) qirgʻogʻini 25° j.k.gacha va Markaziy Amerikaning Karib qirgʻogʻini kashf qildilar. 1513—25 yillarda ispanlar Panama boʻynini kesib oʻtib, Tinch okean qirgʻogʻiga chikdilar (V. Nunyes de Balboa) va LaPlata koʻltigʻini, Florida va Yukatan yarim orollarini va Meksika qoʻltigʻining barcha sohilini (X. Ponse de Leon, F. Kordova, X. Grixalva va boshqalar), Meksika va Markaziy Amerikani (E. Kortes va boshqalar) zabt etdilar, Janubiy Amerikaning Atlantika soxilini toʻliq tekshirdilar. 1519—22 yillarda F. Magellan va uning safdoshlari Amerikaning jan. chekkasi boʻylab boʻgʻoz orqali (keyinchalik Magellan boʻgʻozi deb ataldi) dunyo boʻylab birinchi sayohat qiddilar. 1526—52 ylarda F. Pissaro, D. Almagro, P. Valdiviya, G. Kesada, F. Orelyana va boshqa ispanlar Janubiy Amerikaning barcha Tinch okean sohilini, And togʻlarini 10° shahri k.dan 40° j. k.


B.g.k. 2yuz yillik davrining muhim voqealari. Yermakning Gʻarbiy Sibirga yurishidan (1581—84) keyin va Gaz daryosi boʻy i da Mangazeya shahriga (1601) asos solingandan soʻng rus sayyoh (yoʻl bosar)lari Yenisey va Lena daryolari sohillarini oʻrgandilar, Shim. Osiyo hududini kesib oʻtib, Oxota dengizigacha yetib bordilar (1639-yil I. Moskvitin). 17-asr oʻrtalariga kelib Sibirning barcha yirik daryolari va Amur daryosining oqimini (K. Kurochkin, I. Perfilyev, I. Rebrov, M. Staduxin, V. Poyarkov, Ye. Xabarov va boshqalar) tekshirdilar. Rus dengizchi sayyohlari esa Osiyoning barcha shim. sohilini aylanib chiqib, Yamal, Taymir, Chukotga ya. o.larini tavsifladilar va Shim. Muz okeanidan Tinch okeanga (Bering boʻgʻozi orqali) oʻtib, Osiyo quruqlik orqali Amerika bilan tutashmaganligini aniqladilar (F. Popov — S. Dejnev ekspeditsiyalari). Golland dengizchisi V. Barens 1594-yil Novaya Zemlya o.ning gʻarbiy qirgʻogʻini va 1596-yil Shpitsbergen o.ni aylanib chikdi. Inglizlar 1576—1631-yillarda Grenlandiyaning gʻarbiy sohilini aylanib oʻtib, Baffin Yerini, Labrador ya. o.ni aylanib, Gudzon qoʻltigʻi qirgʻoqlarigacha bordilar (M. Frobisher, J.Deyvis, G. Gudzon, U. Baffin va boshqalar). Fransuzlar 1609—48 ylarda Shim. Amerikada Shim. Appalachi togʻlarini va Buyuk koʻllarni (S. Shamplen va boshqalar) topdilar. Ispaniyalik L. Torres 1606-yil Yangi Gvineya o.ning jan. qirgʻogʻini aylanib Torres boʻgʻozini ochdi, gollandlar esa V. Yansson, A. Tasman va boshqa 1606—44 yillarda Avstraliya, Tasmaniya va Yangi Zelandiyaning shim., gʻarbiy va jan. qirgʻoqlarini kashf qildilar.
Download 10.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling