Eshqulova intizorning


Download 154 Kb.
bet4/6
Sana02.02.2023
Hajmi154 Kb.
#1147332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ADABIYOT O‘QITISH METODIKA

o‘quvchi shaxsini ustuvor mavqega ko‘tarish. Bugungi mil- liy pedagogika uchun tarbiyalanuvchilarning toza ko‘ngilli, ruhan yaxshiliklarga moyil shaxs bo‘lib yetishishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu, o‘z navbatida ularning yaxshi mutaxassis bo‘lib shakl- lanishlari garovi hamdir. O‘sib kelayotgan avlodning bilimli va malakali mutaxassis bo‘lishi bilan birga sog‘lom ma’naviyat egasi bo‘lishi ham davr talabidir. Ma’lumki, sinfdagi har bir o‘quvchi o‘z tabiati, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va imkoniyatlari bilan betakror yaratiqdir. Ularning hech biri ikkinchisini takrorlamaydi. Shuning uchun har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyat va im- koniyatlarini inobatga olgan holda vazifalar berish hamda bilim- larni ham individual tarzda so‘rashni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Toki, qaysidir bir o‘quvchiga berilgan ulkan qobiliyat behuda qurbon bo‘lmasin, o‘rtacha iqtidorli ikkinchi o‘quvchi esa o‘z imkoniyatidan tashqari vazifani bajarolmay, o‘ziga ishonchini yo‘qotmasin;

    • ma’naviyat ustuvorligini ta’minlash. Ma’lumki, maktabda yigirmadan ortiq o‘quv fani o‘qitiladi. Ularning ko‘pchiligi bo- laga bilim beradi (til, matematika, fizika va hk.). Bir qismi kasb- hunarga yo‘naltiradi (mehnat, chizmachilik darslari), ayrimlari o‘quvchining jismi rivojiga (jismoniy tarbiya darslari) xizmat etsa, ba’zilari o‘quvchilarda toza ko‘ngil shakllantirilishi uchun (adabi- yot, tasviriy san’at, musiqa darslari) o‘rgatiladi. Bu o‘quv fanlari oldida milliy pedagogikaning bosh maqsadi bo‘lmish o‘quvchilarda ezgu ma’naviy sifatlarni shakllantirish turmog‘i lozim. Adabiyot darslarida badiiy so‘z yordamida o‘quvchini so‘zdan ta’sirlanish, uni tuyish va undan bahra olishga o‘rgatish orqali inson shaxsiya- tida go‘zal sifatlar, ijobiy fazilatlarni tarbiyalash mumkin. Go‘zal xulqli, sog‘lom ma’naviyatli kishilarning so‘zlari ham, ishlari ham o‘zlariga munosib ekani, toza ko‘ngil sohibi hamisha rag‘bat va marhamatlarga munosibligi adabiyot orqali anglashiladi. Bu ishlar bevosita badiiy asarlarni o‘rganish, matnlarni tahlil qilish yo‘li bi- lan amalga oshiriladi;

    • tarbiyalanish va bilim olishda o‘quvchining o‘z ishtirokini ta’minlash. O‘quvchi ma’naviy kamolotini ta’minlash maqsadida badiiy asar tahlili jarayonida ular matnda aks etgan voqea-hodisa- lar, qahramon shaxsi, xatti-harakati, iztiroblari, xursandchiligi borasidagi muhokamalarda fikr aytishga, biror qarash yoki faoli- yatni yoqlash yoxud qoralashga undaladi. Bu ish asar matni yuzasi- dan taqdim etilgan savol-topshiriqlar ko‘magida, muammoli vazi- yatlar yordamida amalga oshiriladi. Savollarga javob berish asno- sida o‘quvchi asar matniga murojaat qiladi, izlanadi, o‘rtoqlarini eshitadi, o‘z qarashlarini aytadi, uni boshqalarniki bilan solishti- radi, nazorat qiladi, xulosalar chiqaradi. Mana shunday faoliyat jarayonida o‘quvchi o‘z ma’naviyatini shakllantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘lida mehnat qiladi.

Adabiyot odoblar xazinasidir va bu xazinaga o‘quvchining o‘z ixtiyori bilan kirishini ta’minlash orqali adabiyot darslarida asar- lar ustida ishlash, munosabat bildirish mobaynida o‘z-o‘zini tarbi- yalashini amalga oshirish mumkin bo‘ladi;

    • o‘quvchiga kashf etish lazzatini tuydirish. Badiiy asarga uning muallifi tomonidan singdirilgan, darslik yaratuvchilar to- monidan ilg‘angan badiiy va hayotiy haqiqatlarni o‘quvchi o‘zi uchun o‘zi kashf etishi kerak. O‘quvchiga asar qahramonlariga xos ma’naviy sifatlarni matn yuzasidan tuzilgan savol-topshiriq- lar ko‘magida kashf etish imkoni yaratilishi lozim. Kashf etish hamisha lazzatli, o‘quvchilarga ham ana shu lazzatni tuyish imko- nini berish kerak. Kashf etish lazzati o‘quvchini asar mohiyatiga chuqurroq kirishga, yangi-yangi topilmalar qilishga undaydi. Odam o‘ziga huzur bergan ishni yana va yana qilgisi, uni chuqurlashtirib, o‘sha huzurni qayta tuygisi keladi. Adabiyot darslarining insonga xos bo‘lgan mana shunday tabiiy sifatlar bilan hamohang kechishi o‘quvchi shaxsiyatida sog‘lom ma’naviyat kishisini tarbiyalaydi;


    • Download 154 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling