Eshqulova intizorning
Download 154 Kb.
|
ADABIYOT O‘QITISH METODIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim tamoyillari
ADABIYOT O‘QITISH METODIKA
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot – so‘z san’ati haqidagi fandir. Badiiy adabiyotning muhim xususiyatlarini rus tanqidchisi I.Belinskiy “Adabiyot so‘zining umumiy ma’nosi” asarida ko‘rsatib o‘tadi. Uningcha, adabiyotning eng muhim va umumiy xususiyati 3 tadir: 1. Adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, ya’ni adabiyot boy va kambag‘alga, erkak va ayollarga, yoshu-qariga, demak irqi, millati, dinidan qat’iy nazar hammaga birdek xizmat qiladi. 2. Adabiyot ma’lum shaxslar, talant egalari tomonidan yaratiladi. Shu nuqtai nazardan yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodi bir-biridan farqlanadi. Og‘zaki ijodning bunyodkori xalq bo‘lsa, yozma adabiyot ma’lum bir shaxslar tomonidan yaratiladi. 3. Adabiyotning badiiyligidir, ya’ni unda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. So‘z vositasida inson qalbi kashf etiladi, u orqali hayot jonli qilib, boyitib ta’sirli qilib tasvirlanadi. “Adabiyotshunoslik” so‘zi kelib chiqish jihatdan “adabiyot” so‘ziga tojikcha “shinos” (yaxshi bilish, tayin etish) fe’li va o‘zbekcha lik qo‘shimchasini qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. “Shinos” fe’li o‘zbek tili taqozosiga ko‘ra, “shunos” shaklini olgan. “Adabiyotshunoslik” atamasiga Qisqacha Adabiyot ensiklopediyasida shunday ta’rif berilgan: Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotni uning mohiyatini, kelib chiqishini va ijtimoiy aloqalarini har taraflama o‘rganuvchi fandir; so‘z orqali badiiy fikrlashning negizi, zamini, tuzilishi, tarixiy-adabiy jarayonning lokal (ma’lum joy, davrga oid) va umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar jamidir”. Ta’lim tamoyillari – ta’lim kechimini tashkil etishda tayaniladigan eng muhim qoida va qarashlar tizimi. Tamoyillar pedagogik amaliyotni to‘g‘ri tashkil etish ehtiyoji natijasida vujudga kelgan. Tamoyillar o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan talablar majmuasidir. Ta’lim ta- moyillarini quyidagilarga ajratish mumkin: rivojlantiruvchi ta’lim va tarbiya tamoyili; ta’limning hayot bilan bog‘liqligi tamoyili; ta’limning ilmiyligi tamoyili; ta’limning tizimliligi va izchilligi tamoyili; o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi tamoyili; ta’limning ko‘rsatmaliligi va o‘quvchilarning nazariy fikr- lash qobiliyatini o‘stirish tamoyili; ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustahkam bilimga ega bo‘lish tamoyili; ta’limning o‘quvchilar shaxsini e’tiborga olgan holdagi ja- moaviyligi tamoyili va h.k. Ta’limning ushbu tamoyillari ayrim-ayrim holda emas, balki bir-biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi. O‘qitishning juda ko‘p tamoyillari mavjud bo‘lsa ham, hamma pedagoglar uchun amal qilinishi shart bo‘lgan quyidagi bir qator umumiy tamoyillar mavjud: O‘qitishning tarbiyalovchi va kamol toptiruvchi tamoyili. Ilmiylik, tizimlilik va izchilliktamoyili. Ta’limning amaliy hayot bilan bog‘lanishi tamoyili. Onglilik va faollik tamoyili. Ko‘rsatmalilik tamoyili. Tushunarlilik tamoyili. Puxtalik va boshqa tamoyillar. Ta’lim kechimida mana shu tamoyillarga rioya qilinishi shart. Ammo predmetlarning mazmuniga, o‘quvchilarning yosh xususi- yatlariga, ko‘rsatmali qo‘llanmalar mavjudligiga bog‘liq holda tamoyillarning nisbati hamda mazmuni ma’lum darajada o‘zgaradi. Masalan, ko‘rsatmalilik tamoyili tabiatshunoslikni o‘qitish jarayo- nida tajribalarni namoyish etish bo‘lsa, tilni o‘qitishda grammatik jadvallarni ko‘rsatish, darstaxtaga yozish, chizmalar chizish va ho- kazolardan iborat bo‘ladi. Lekin har qanday predmetni o‘qitishda jonli mushohada, ya’ni narsa va hodisalarni muayyan idrok etish, fikrlash tamoyillariga amal qilish, nazariy xulosalarni tushunish va bilish, ularni tajribada, hayotda qo‘llay olish zarur24. Adabiyot darslarini tashkil etishda esa o‘quvchini ezgu ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish uchun ta’limning quyi- dagi tamoyillari yetakchilik qiladi: Download 154 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling