Eshqulova intizorning


Download 154 Kb.
bet5/6
Sana02.02.2023
Hajmi154 Kb.
#1147332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ADABIYOT O‘QITISH METODIKA

pedagogik hamkorlikni ta’minlash. Adabiyot darslarida o‘qituvchi hokim emas, balki hamkor bo‘lishi kerak. Bilimlarni o‘zlashtirish va tarbiyalanish o‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligida o‘quvchining o‘zi tomonidan amala oshiriladi. O‘qituvchining darsdagi asosiy vazifalari asarni ifodali, ta’sirli o‘qib berish va asar matni yuzasidan darslikda berilgan yoki o‘zi tuzgan savol- topshiriqlarga e’tibor tortib, javoblarni, bildirilayotgan fikrlarning mantig‘i, mustaqilligi, asoslanganligi, tanqidiyligi, chuqurligi da- rajasini nazorat qilishdan iborat. O‘qituvchi zarur bo‘lib qolganda, o‘z munosabatini katta yoshli va tajribali hamkor sifatida bildiri- shi, o‘quvchilarning fikr aytishiga imkon berishi, ularda munosabat uyg‘otishi kerak. Dars jarayoni subyektlarning birgalikdagi faoli- yatiga aylanishi lozim;

asar qahramonlariga obraz emas, inson deb qarash. Ma’naviyatning sog‘lomlashuviga yo‘naltirilgan adabiyot darslari- da har bir adabiy qahramonni ijobiy yoki salbiy obraz deb emas, jonli inson sifatida o‘rganish, uning ichki olami, kechinmalari, shodlik va iztiroblari, xatti-harakati zamirida shaxs mavjudligini anglash hamda uni tuyishga o‘rganish ustuvorlik qiladi. Badiiy timsolga o‘z shodligu iztiroblari bilan o‘quvchiga bevosita daxl- dor shaxs deb qarash talab qilinadi. Badiiy asarda tasvirlangan o‘ta yomon odamning ham yaxshi sifatlari va juda yaxshi insonning ham o‘ziga xos kamchiliklari borligi ko‘zda tutiladi. Tom ma’noda yomon odam bo‘lmagani singari, ideal darajada yaxshi odam ham yo‘q. Asar qahramonini anglash yo‘lida berilgan savol-topshiriqlar, ijodiy insholar, mustaqil ishlar ko‘magida o‘quvchi insonni o‘rgana boradi. U orqali o‘zini taniydi;

    • adabiy asarlarda adib shaxsining aks etishini anglatish. Ma’lumki, har bir asar – bir insonning ijodi mahsuli. Hatto, xalq og‘zaki ijodi namunasini ham kimdir, qachondir yaratgan. O‘sha asar botiniga inson o‘z dardini to‘kadi, unga orzu-istaklari, hayo- tining iztirobli yoki quvonchli lahzalarini joylaydi. Asar yaratuv- chisi ruhiyatini his etish, uning shodlik va iztiroblarini tuyish ma’naviyatni poklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Matn ustida ishlashda asar qahramonlari kechinmalari va shaxsini baholash o‘quvchiga insonni o‘rganish, tanish orqali o‘zligini shakllantirish imkonini beradi. O‘quvchini o‘z shodligi, qayg‘u va iztiroblariga sherik qila olgan, uni loqaydlikdan chiqarib hamdardligiga sabab bo‘lgan adibni tushunish, yozganlarini o‘rganish orqali uning shax- sini bilish bugungi adabiy ta’limning muhim jihatlaridandir. Asar qahramonlarini baholash o‘quvchilarda qilgan amallariga qarab atrofidagi odamlarga baho berish qobiliyatini shakllantiradi;

    • adabiyot darslarida o‘quvchini baholash. Hamonki ada- biyot darslari ko‘ngil tarbiyalar, ma’naviyat shakllantirar ekan, ko‘ngilga «yomon» baho qo‘yish, ma’naviyatni salbiy baholash unchalar to‘g‘ri bo‘lmasligi adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida alohida ta’kidlanadi. Asarlar ustida ishlash mobaynida uning mo- hiyatiga kirib borayotgan, o‘z fikri va munosabatlarini asardan mi- sollar keltirib asoslayotgan, mustaqil fikr bildirayotgan yoki bun- ga intilayotgan o‘quvchiga yomon baho qo‘yilmaydi. Umuman, adabiy ta’lim jarayonida salbiy baholardan imkon qadar tiyilish, o‘quvchilarni bilimlari uchungina emas, ma’naviy qiyofalari uchun ham baholash lozimligi yodda tutilishi joiz. Zero, adabiyot mak- tab ta’lim tizimidagi o‘zga predmetlarga o‘xshamaydi, shu bois uni o‘zlashtirganlik yuzasidan qo‘yiladigan baho bir qadar shartli bo‘lib, aslida o‘quvchi ma’naviyati baholanishi lozim.

O‘qituvchi adabiyot darslarida o‘quvchini mustaqil mulohaza yuritishga yo‘naltiruvchi topshiriqlar berib, bilimini tekshirar ekan, u yo‘l qo‘ygan xatolarni ko‘rsatish bilan birgalikda uning sababla- rini aniqlashga e’tibor qaratishi va ulardan qutulishga yo‘naltirishi lozim. Masalan, «Menga yoqqan tasvir» mavzusida insho yozish topshirig‘ini olgan o‘quvchi ijodiy ishni boshlashdan oldin asar matnidan o‘ziga yoqib qolgan, mazmunan boy va qiziqarli tasvirni ajratib oladi. Inshoda tasvirga mos sarlavha qo‘yiladi, tasvirning asar umumiy mazmuniga ta’siri; uning badiiy qiymati; bu tasvirni tanlash sabablari, u o‘quvchida qanday fikr va tuyg‘ular uyg‘otgani kabi masalalar yoritiladi.
O‘quvchi asardagi biror tasvirni ajratib olish uchun uni qayta- qayta o‘qiydi, o‘ylanadi, izlanadi. Tanlangan tasvir tahlil qilinadi. Tasvirni o‘rganishdan olingan taassurotlar, fikr va tuyg‘ular ifo- dalanadi. Bunday ishlarning darajasi qanday bo‘lishidan qat’i na- zar, ularga yomon baho qo‘yilmaydi. Odatda, o‘quvchilar yozgan ishlarida darslik mualliflari yoki o‘qituvchining timsollar haqidagi fikrlariga yopishib olishadi. Ularning yozma ishni qanday bajarish- ni bilmagani, o‘z fikrini ifodalashga o‘rganmagani, asar timsollari haqida o‘z qarashlarining yo‘qligi, matn mazmuni yoki timsollar- ning qaysi o‘rni va jihati unga ta’sir etganini ajrata olmaganliklari bu holning asosiy sabablaridir. Bunday ishlarni tekshirishdan oldin o‘qituvchi tarbiyalanuvchilar badiiy asarni qanday o‘qigani va qanchalik tushunganini aniqlaydi. O‘quvchi bilan suhbat asnosida tushunilmagan o‘rinlar va uning sabablari aniqlanadi. Shu tariqa, o‘quvchi shaxsiyatida tafakkur mustaqilligi va ma’naviyatning sog‘lomlashuvi amalga oshiriladi. O‘quvchi ma’naviyatining sog‘lomlashuvi esa: «...o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatiga qar- shi qo‘ymaslik, o‘zinikini afzal bilmaslikdir. Boshqalarning ham o‘zi singari inson ekanini his qilish va ularga daxl qilmagan, ha- lal bermagan holda birgalikda yashay bilish san’atidir. Sog‘lom ma’naviyat – o‘zni yengmoq, o‘zning istagu mayillarini jilovlay bilmoq, ayni vaqtda o‘zlikni tanimoqdir. Sog‘lom ma’naviyat xud- binlikni yenga bilmoqdir, makonda turib makoniy manfaatlardan, zamonda yashab zamoniy tuslanaverishlardan balandroq tura ol- moq demakdir».

Download 154 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling