Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Download 156.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana22.04.2023
Hajmi156.97 Kb.
#1377173
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11.1-ma`ruza matni. Turizmda transport xizmatlari.



11.1-MAVZU. TURISTLARGA SUV TRANSPORTIDA XIZMAT 
KO‘RSATISH. 
 
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 
11.1.1.Dengiz va ichki suv transportida yo'lovchilarni tashishni tartibga 
solishning huquqiy asoslari.
11.1.2.Suv transportining turlari. 
11.1.3. Dengiz sayohatlari geografiyasi.
Tayanch so’z va iboralar: dengiz va daryo transporti, shartnomalar va 
konvensiyalar, kemani topshirish va qaytarish vaqti va joyi; fraxt qiymati; taym-
charter, kemani ekipajsiz fraxt qilish (berbout-charter) shartnomasi 
 
O’RTMT: Turistlarga suv transportida xizmat ko‘rsatish.
 
11.1.1.Dengiz va ichki suv transportida yo'lovchilarni tashishni tartibga 
solishning huquqiy asoslari.
Odamlarni suvda tashish transport vositalari yordamida sayohat qilishning 
eng qadimgi turlaridan biridir. Dastlab odamlar buning uchun yog‘och sollar va 
qayiqlardan foydalanganlar. Hozirgi zamon turizmida ularni noan’anaviy transport 
turlariga kiritish mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti ulkan teploxodlar — o‘z bortiga 
yuzlab yo‘lovchilar olish, ularni qulay shart-sharoitlarda uzoq masofalarga tashish, 
dengiz va okeanlar bo‘ylab, hatto muzliklar orasida sayohatlar qilishga qodir 
laynerlar yaratilishiga olib keldi.
Daryo floti kemalari davlat hududi doirasida joylashgan suv yo‘llari bo‘ylab 
yo‘lovchi va yuk tashishni amalga oshiradi. Ichki suv yo‘llariga quyidagilar kiradi: 
daryolar, ko‘llar, yirik suv omborlari, kanallar, shlyuzlar. Shu munosabat bilan suv 
transportida yo‘lovchi va yuk tashishning huquqiy sohasi dengiz transporti va ichki 
suv transporti faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Dengiz transportida yo‘lovchi va yuk tashish xalqaro va milliy qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xalqaro tashuvlarga nisbatan shartnomalar va 
konvensiyalar amal qiladi. 1974 yilda Afinada qabul qilingan «Dengizda yo‘lovchi 
va yuk tashish to‘g‘risidagi Konvensiya» shunday hujjatlardan biridir. Konvensiya 
qoidalari barcha kemalarga nisbatan (havo yostig‘i ustidagi kemalardan tashqari) 
amal qiladi va har qanday xalqaro tashuvga nisbatan qo‘llaniladi, basharti kema 
Konvensiyaga a’zo davlat bayrog‘i ostida suzsa yoki shunday davlatda ro‘yxatga 
olingan bo‘lsa. Afina Konvensiyasida yo‘lovchining o‘limi yoki uning badaniga 
shikast 
yetkazilishi 
natijasida, 
shuningdek 
bagajning yo‘qotilishi yoki 
shikastlanishi natijasida unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining javobgarligi 
nazarda tutilgan. Mazkur hujjatga muvofiq tashuvchining mulkiy javobgarligi 
yo‘lovchining sog‘lig‘iga shikast yetkazganlik uchun 700000 Shveysariya frankini; 
qo‘l yukini yo‘qotganlik yoki unga shikast yetkazganlik uchun – 12500 
Shveysariya frankini; transport vositasi uchun – 50000 Shveysariya frankini; 
bagajning boshqa predmetlari uchun – 18000 Shveysariya frankini tashkil etadi.
1958 yilda tuzilgan Xalqaro dengiz tashkiloti – IMO (International Maritime 
Organization) dengizda kema qatnovi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro 


tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida, shu 
jumladan dengizda suzish xavfsizligi va dengizni ifloslanishdan saqlash bilan 
bog‘liq xalqaro hujjatlarni ishlab chiqadi. Ushbu tashkilot faoliyati natijasida 
dengizda xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashish masalalarini tartibga 
soluvchi bir qancha konvensiyalar imzolandi: «Dengizda inson hayotini qo‘riqlash 
to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1974); «Dengizda yo‘lovchi va yuk tashishning 
ba’zi bir qoidalarini yagonalashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1967); 
«Dengizda yo‘lovchi tashishning ba’zi bir qoidalarini yagonalashtirish
to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1981); «Dengizda halokatga uchraganlarni 
qidirish va qutqarish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1979); «Dengizni 
chiqindilar va boshqa materiallar bilan ifloslanishining oldini olish to‘g‘risidagi 
Konvensiya» (1972) va b. 
Agar dengizda yo‘lovchi tashish kruiz xususiyatiga ega bo‘lsa, dengizda 
yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi shartnomaga mijozga xizmat ko‘rsatish sohasiga, 
chunonchi: ovqatlanish, ko‘ngilochar tadbirlar, ekskursiya dasturiga tegishli 
bo‘lgan qo‘shimcha bitimlar tuziladi.
Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksining boblaridan biri kemani 

Download 156.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling