Moliya va buxgalteriya fakulteti Fan:Narxlash strategiyasi Mavzu: Umumiy transportda narxlarni shakllantirishning o’ziga xos hususiyatlari 2.Transport soxasini davlat tomonidan tartibga solish 4.Aralash tashishlarni tashkil qilish 5.Tranzit tashishlar 6.Transport logistikasi 7.Transpost xavfsizligi 8. Tashuvchining, aralash tashishlar operatorining tashishlarni amalga oshirish chog‘idagi javobgarligi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI TRANSPORT TO‘G‘RISIDA - 2021 - yilda Transport O‘zbekiston Respublikasi vazirligi tomonidan Transport sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida 17 ta normativ – huquqiy hujjatlar, jumladan 2 ta qonun, 7 ta Prezident Farmon va qarorlari hamda 8 ta Vazirlar Mahqamasi qarorlari tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi.
- 2021 - yil 9 - avgustda O‘RQ-706 sonli “Transport to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qaonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 - yil 3 - martda qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan 2021 - yil 29 - mayda ma’qullandi.
2021-yilning yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar - 2021 - yil yanvar-dekabr oylarida temir yo‘l, havo, avtomobil transportlarida jami yuk tashuvlari hajmi 1,45 mlrd. tonna (o‘tgan yilga nisbatan 110,3 foiz), yuk aylanmasi 42,7 mlrd. tonna/km.ni (106,5 foiz) tashkil etdi.
- Barcha transportda yo‘lovchitashish hajmi 5,8 mlrd. yo‘lovchi (108,6 foiz), yo‘lovchi aylanmasi 129,6 mlrd. yo‘lovchi/km.ni (109,5 foiz) tashkil etdi.
Asosiy tushunchalar - aralash tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini butun harakatlanish yo‘li uchun rasmiylashtirilgan yagona tashish hujjati bo‘yicha har xil turdagi transportda tashish;
- aralash tashishlar operatori — tashishni tashkil etuvchi hamda tashish uchun o‘zi jalb qilgan barcha tashuvchilar va uchinchi shaxslar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oluvchi yuridik shaxs;
- mijoz — tashuvchi yoki aralash tashishlar operatori bilan tuzilgan shartnoma asosida transport xizmatlaridan foydalanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs (yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi, yuk oluvchi, fraxtlovchi);
- tashish — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini jo‘natish punktidan yetkazish punktiga tashish;
- tashishlar xavfsizligi — texnogen (texnik va texnologik) xususiyatga ega tahdidlardan transport vositasi harakatlanish jarayonining hamda transport vositasining o‘zining himoyalanganlik holatini ta’minlash bo‘lib, bunda tashishlar xavfsizligiga oid qoidabuzarliklar va ularning fuqarolar hayotiga yoki sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘ladigan oqibatlari yuzaga kelishining yo‘l qo‘yilmaydigan xavfi mavjud bo‘lmaydi;
- tashish hujjati — yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlaydigan, chipta, bagaj kvitansiyasi, tovar-transport yuk xati, elektron axborot tashuvchi karta yoki boshqa axborot tashuvchi tarzidagi hujjat;
- tashuvchi — mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga ega bo‘lgan, yo‘lovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini tashish bo‘yicha tijorat asosida xizmatlar ko‘rsatadigan, shuningdek tashish uchun tegishli litsenziyaga, sertifikatga yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |