Eskiz loyiha modelga tasnif berish


Download 454.5 Kb.
bet2/8
Sana18.12.2022
Hajmi454.5 Kb.
#1029273
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ayollar yubkasi

Eskiz loyiha

  • Modelga tasnif berish

  • Material tanlash va asoslash

    T.25-modulda berilgan modelga binoan yubka – 3 chokli, ort bo’lagi o’rta chokida joylashgan shlitsali, chap yon qirqimida joylashgan molniyali, yuqori qirqimi avra gazlamadan bichilgan ulama belbog’li, ayollar to’g’ri klassik yubkasi tasvirlangan.
    Avval avra gazlamadan bichilgan bo’laklar, qotirmalardan bichilgan bo’laklar soni va ularning modelga mosligi tekshiriladi.
    Bo’laklardagi vitochka, kertimlar, shlitsa, taqilma chiziqlarni o’ng bo’lakdan chap bo’lakka ko’chirish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin: salqi (nusxalama) qaviq bilan, trafaret usulida, to’g’nog’ichlar, bo’r yordamida 2222 sinf mashinasida ko’chiriladi. Bo’laklarning biriktirib tikiladigan qirqimlari maxsus mashinasida yo’rmalanadi.
    Vitochkalarni tikish uchun asosiy bo’lak belgi bo’ylab o’ngini ichkariga, qaratib bukiladi va bel qirqimidan boshlab tikiladi. Tikilayotgan chok pastga tomon asta-sekin yo’q qilib yuboriladi. Vitochkalar yorib dazmollanadi yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Vitochka uchlaridagi salqi kirishtirib dazmollanadi. Ip gazlamadan tikilgan yubka vitochkasi bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
    Yurish paytida erkin harakat qilishni va kiyimni formasini yaxshi saqlashini ta’minlash uchun yubkani ortqi bo’lagining o’rta chokida, yon choklarida yoki old bo’lagining o’rta choklarida shlitsalar tikiladi. Yubka ort bo’lagining o’rta chokida joylashgan shlitsaga qotirma qo’yib ishlov beriladi. Uni ketma-ket bajarish texnologiyasini biz quyida ko’rsatib o’rtamiz. (VIII-bo’limga qaranD)




    1-rasm. Klassik yubkaning umumiy ko’rinishi.
    1-vitochkalarga ishlov berish; 2-ort bo’lagining o’rta chokida joylashgan shlitsaga ishlov berish; 3-yon qirqimigi ishlov berish; 4-molniya taqilmaga ishlov berish.
    Yubka yon qirqimlarini o’ngi tomonidan maxsus mashinada yo’rmalanadi. Yubka yon qirqimlari biriktirib tikiladi va yorib dazmollanadi. (VIII-bo’limga qaranD).
    Yubkaning «molniya» tasmasini biriktirma chok bilan tikishda, yubka choklari biriktirib tikilgandan va yorib dazmollangandan keyin, tasma bo’lak teskarisidan chok haqi tagiga qo’yiladi va tasma chetidan 4-7 sm. masofada bahyaqator yuritiladi. «Molniya» tasmasining yuqori qirqimlari yubka yuqori chetidan 0,5 sm. pastda tikiladi. Taqilma oxirida «molniya» oxirgi tishlaridan 5 mm masofa kesimga perpendikulyar qilib, bahyaqator yurgiziladi.

    Download 454.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling