Eslatma: “makfa” mchj qqs va aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi hisoblanadi


Download 26.93 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi26.93 Kb.
#1010342
  1   2   3
Bog'liq
МАКФА-2


Siz “MAKFA” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga buxgalter lavozimiga ishga qabul qilindingiz. Hisobot davrining yanvar oyida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida hisobga olishingiz va hisobotini shakllantirishingiz lozim. Chunki, bu Sizning vazifangiz hisoblanadi. Omad yor bo‘lsin!!!
Eslatma: “MAKFA” MChJ QQS va aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi hisoblanadi.


I. Topshiriq. Xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing
MAKFA” MChJ makron mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadi. MChJ o‘z faoliyatini 2015 yil dekabr oyida boshlagan. MChJda 2021 yil 01 yanvar holatiga quyidagi asosiy vositalari mavjud bo‘lgan:

  • Bino: boshlang‘ich qiymati 970 000 ming so‘m, eskirish qiymati 92 000 ming so‘m. Tugatish qiymati 50 000 ming so‘m. Xizmat muddati 50 yil. MChJning hisob siyosatiga ko‘ra bino uchun eskirish hisoblashda to‘g‘ri chiziq usulidan foydalaniladi. Binoning umumiy hajmi 2500 kv mni tashkil etadi. Binoning 700 kv.mdan ofis sifatida, 250 kv.mdan sotish maqsadlarida va qolgan qismidan ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladi. Bino 2015 yil 25 dekabrda sotib olingan.

  • Uskunalar: MChJda umumiy boshlang‘ich qiymati 620 000 ming so‘m, eskirish qiymati 325 000 ming so‘m bo‘lgan mahsulot tayyorlash uchun foydalaniladigan uskuna mavjud. Tugatish qiymati 20 000 ming so‘m. Uskuna uchun eskirish hisoblashda jadallashtirilgan usullardan, ya’ni yillar yig‘indisi usulidan foydalanish ko‘zda tutilgan. Soliq Kodeksining 306-moddasiga ko‘ra uskuna uchun eskirish normasi 15 foiz belgilangan. Uskunaning xizmat muddati 15 yil. Uskuna 2015 yil 2 dekabrda xarid qilingan.

  • Mebel va ofis jihozlari: Boshlang‘ich qiymati 55850 ming so‘m, eskirish qiymati 22340 ming so‘m. Xizmat muddati 10 yil va tugatish qiymati belgilanmagan. To‘g‘ri chiziq usulida eskirish hisoblash belgilangan. Mebel va ofis jihozlari 2015 yil 25 dekabrda sotib olingan. Mebel va ofis jihozlarining 8/10 qismidan ofis sifatida, qolgan qismi ishlab chiqarish faoliyati maqsadida foydalaniladi.

  • MChJda quyidagi transport vositalari mavjud:



Xarid qilingan sana

Asosiy vosita turi (nomi)

Boshlang‘ich qiymati, ming so‘m

Eskirish qiymati, ming so‘m

1

17.12.2018 y.

Damas

93 500

37400

2

12.04.2021 y.

Damas

86 110

11481

4

15.09.2019 y.

Cobalt

97 600

24400

MChJda transport vositalariga eskirish hisoblashda Soliq Kodeksida belgilangan normalardan foydalaniladi. MChJda Damas rusumli transport vositalaridan tayyor mahsulotlarni sotish jarayonida, Sobalt rusumli transport vositasidan ma’muriy maqsadlarda foydalaniladi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling