Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari


Download 0.85 Mb.
bet14/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

74-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati bo‘yicha bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan arz va mulohazalar berish; o‘zi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir.
Xolis: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; tergov harakatini yuritishda ishtirok etishi; tergov harakati o‘tkazilgani, uni o‘tkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlashi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasi.
Xolis uzrsiz sababga ko‘ra o‘z vazifasini bajarishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi.
Xolis o‘zi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha guvoh tariqasida so‘roq qilinishi mumkin. U bunday hollarda ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.






16.Рад қилиш ва ўзини ўзи рад этиш ҳамда уларни ҳал қилиш тартибини баён қилинг.
0-modda. Rad qilish va o‘zini o‘zi rad etish hamda ularni hal qilish tartibi
Ushbu Kodeksning 76 — 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sud majlisining kotibi, jamoat birlashmasining yoki jamoaning vakili, himoyachi, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning yoki fuqaroviy javobgarning vakili, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis o‘zini o‘zi rad etishi shart. Agar o‘zlari bunday qilmasalar, ular shu asosga ko‘ra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, himoyachi tomonidan, sud majlisida esa, bundan tashqari davlat ayblovchisi, jamoat birlashmasi yoki jamoaning vakili tomonidan rad qilinishi mumkin.
Ishni tergov qilish chog‘ida rad etish masalasi prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tomonidan, sud majlisida esa, sud tomonidan ham qo‘yilishi mumkin.
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Rad qilingan shaxs rad etish haqidagi masala ko‘rilguniga qadar tushuntirish berishga haqli.
Sudyani rad qilish masalasi qolgan sudyalar tomonidan rad qilingan shaxsning ishtirokisiz ko‘rib chiqiladi. Ovozlar teng bo‘linganda sudya rad qilingan hisoblanadi. Ko‘pchilik sudyalarni yoki sudning butkul tarkibini yoxud sud majlisining kotibini rad qilish haqidagi masala to‘la tarkibdagi sud tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal etiladi. Ishni yakka o‘zi ko‘rayotgan sudyani rad qilish masalasini uning o‘zi hal qiladi.
Prokurorni rad qilish masalasi ishni tergov qilish chog‘ida yuqori turuvchi prokuror tomonidan, sud majlisida esa, ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Jamoat birlashmasi yoki jamoa vakilini rad qilish masalasi ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchini rad qilish masalasi surishtiruv va dastlabki tergov ustidan nazorat olib boruvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
Ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni, himoyachini, jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vogarning, fuqaroviy javobgarning vakillarini rad qilish masalasi ishni tergov qilish chog‘ida surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan, sud majlisida esa, ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Xolisni rad qilish masalasi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan hal etiladi.
Ishni tergov qilish chog‘ida qo‘yilgan rad qilish masalasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan yigirma to‘rt soat ichida hal etiladi. Rad qilish sud majlisida qo‘yilgan bo‘lsa, bu masala shu majlisda darhol hal etiladi.
Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi ushbu Kodeksning 76, 79-moddalarida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi sababli o‘zini o‘zi rad etmasa, uni rad qilish masalasi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i yoki prokuror tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik haqida qaror chiqariladi.







Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling