Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi


Download 0.85 Mb.
bet2/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

5-modda. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda, o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari shart.






Судда жиноят ишларининг очиқ ва ёпиқ тарзда кўрилишини таҳлил қилинг. Жиноят ишларни судларда ёпиқ тарзда кўришга яна қандай тоифадаги ишларни қўшиш таклифини бера оласиз ва бунинг натижасида нимага эришиш мумкин.
Barcha sudlarda jinoyat ishlari oshkora ko‘riladi, bundan davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan hollar, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar ko‘rilayotgan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 137-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118 — 121-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni.
Sudlarda jinoyat ishlarini oshkora ko‘rish sudning tashabbusi bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga ko‘ra audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin.
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni, shuningdek fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni yoki ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik maqsadida hamda jabrlanuvchining, guvohning yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning, xuddi shuningdek ular oila a’zolarining yoki yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash taqozo etilgan hollarda boshqa ishlarni sud ajrimi bilan yopiq sud majlisida ko‘rishga yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 560-moddasi.
Shaxsiy yozishma va shaxsiy telegraf xabarnomalari ochiq sud majlisida faqat bu xat va xabarlarni jo‘natgan hamda olgan shaxslarning roziligi bilan o‘qib eshittirilishi mumkin. Aks holda ular yopiq sud majlisida o‘qib eshittiriladi va tekshiriladi.
Ishni yopiq sud majlisida ko‘rish barcha protsessual qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ishni yopiq majlisda ko‘rish to‘g‘risidagi sudning ajrimi butkul muhokamaga nisbatan yoki uning alohida qismlariga nisbatan chiqarilishi mumkin. Bu ajrim sud majlisiga yig‘ilganlarga taalluqli bo‘lib, jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 28 — 80-moddalari.
Yopiq sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisni audio- va videoyozuvga olish esa amalga oshirilmaydi.
Sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir bo‘lishiga ruxsat berishga haqli.
Sud majlisi zalida tartibni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan hollarda, sud ayrim shaxslarning sudning ochiq majlislarida hozir bo‘lishini taqiqlashga haqli.
Sud zalida ovozlarni yozib olish, fotosuratga, videoyozuvga va kinotasvirga olishga faqat sud majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi, bu haqda tegishli ajrim chiqariladi.
Sud hukmlari, ajrimlari va qarorlari barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari jinoyat protsessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi mumkin, bundan yopiq sud majlislarida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlari mustasno.
Sudlov faoliyatida oshkoralikni kengaytirish uchun sudlar zarur hollarda ommaviy axborot vositalari xodimlarini, tegishli jamoat birlashmalarini va jamoalarni bo‘lajak protsesslar to‘g‘risida xabardor qilishi, shuningdek protsesslarni bevosita korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida hamda ta’lim muassasalarida o‘tkazishi mumkin.
Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipini cheklaydigan qo‘shimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollar mustasno.

Hukm barcha hollarda oshkora e’lon qilinishini hisobga olgan holda, sud uni tuzayotgan vaqtda qurol, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop, portlovchi moddalarni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etish usullarini batafsil yorituvchi, shuningdek fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi iboralarni ishlatmasligi lozim.



6.

Ҳақиқатни аниқлаш принципида қуйидаги норма ўрнатилган: “Суриштирувчи, терговчи, прокурор ва суд жиноят юз берганлигини, унинг содир этилишида ким айбдорлигини, шунингдек у билан боғлиқ барча ҳолатларни аниқлаши шарт”. Фикрингизча мазкур нормада келтирилган иштирокчилар қаторига адвокатнинг киритилмаганлиги тўғри ёки нотўғри эканлигини таҳлил қилинг. Агар киритиш керак бўлса фикрингизни асослаб беринг.





Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling