Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. So‘roqning davom etish vaqti


Download 0.85 Mb.
bet22/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

107-modda. So‘roqning davom etish vaqti
So‘roqning umumiy davom etish vaqti bir kunda sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan bir soat tanaffus bu hisobga kirmaydi.
108-modda. Qo‘shimcha so‘roq
Qo‘shimcha so‘roq quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
1) so‘roq qilinuvchi ishning o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuv bera olishi uchun ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan so‘roqning umumiy davom etish vaqti yetarli bo‘lmasa;
2) so‘roq qilingan shaxs ilgari bergan ko‘rsatuvlarini to‘ldirish yoki o‘zgartirish istagini bildirsa;
3) ayblanuvchiga yangi yoki o‘zgartirilgan yoxud qo‘shimcha ayblov e’lon qilinsa;
4) surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari so‘roq qilingan shaxsning ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligini prokuror qo‘shimcha so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishni lozim topsa;
Oldingi tahrirga qarang.
5) boshqa surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan ilgari so‘roq qilingan shaxsning ko‘rsatuvlari to‘g‘ri yozilganligini ishni yuritish uchun qabul qilgan surishtiruvchi yoki tergovchi qo‘shimcha so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishni lozim topsa;
(108-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-sentabrdagi O‘RQ-442-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 943-modda)
6) ilgari so‘roq qilingan shaxsga berilishi kerak bo‘lgan ish uchun muhim yangi savollar tug‘ilsa;
7) shaxs so‘roq qilinganidan keyin ishga kirishgan zaxiradagi xalq maslahatchisi ushbu shaxsni yangitdan so‘roq qilishni talab qilsa.
11-bob. GUMON QILINUVChINI VA AYBLANUVChINI SO‘ROQ QILISh
109-modda. Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish tartibi
Gumon qilinuvchini va ayblanuvchini so‘roq qilish ushbu Kodeksning 96 — 108-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga, shuningdek, ushbu bobning quyidagi moddalariga rioya qilgan holda olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 110 — 113-moddalari.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling