Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Кўрсатувларни ҳодиса содир бўлган жойда текшириш учун асослари ҳамда уни ўтказиш тартибини баён қилинг


Download 0.85 Mb.
bet28/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

27.Кўрсатувларни ҳодиса содир бўлган жойда текшириш учун асослари ҳамда уни ўтказиш тартибини баён қилинг.
132-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish uchun asoslar
Surishtiruvchi, tergovchi, sud gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, guvohlar hamda jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini tekshirilayotgan hodisa sodir bo‘lgan joyda holatlarni qayta tiklash yo‘li bilan tekshirib ko‘rishga haqlidir.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishdan maqsad: ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan shaxsga ma’lum, surishtiruvchi, tergovchi va sudga esa noma’lum bo‘lgan narsalar, hujjatlar, izlar va belgilarni topish; shaxsning tergov yoki sud muhokamasi davomida topilgan narsalar, hujjatlar, izlar qayerda bo‘lganligini ko‘rsatib berishi; bir necha shaxsning ayni bir hodisa to‘g‘risida bergan ko‘rsatuvlaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash uchun ishda ahamiyatli bo‘lgan joy yoki yo‘nalishni shaxs ko‘rsatib berishi; holatlarni qayta tiklash va hodisa sodir bo‘lgan joydagi sharoit bilan qiyoslash orqali ko‘rsatuvlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashdan iborat.
Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs hodisa sodir bo‘lgan joyda bir vaqtning o‘zida ko‘rsatish, ko‘zdan kechirish yoki ba’zi narsalarni, hujjatlarni, izlarni olish yoxud muayyan harakatlarni namoyish qilish orqali tushuntirish beradi yoki o‘zining avval bergan ko‘rsatuvlariga aniqlik kiritadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish natijalari, bu shaxslarning muayyan hodisalar haqida bilganlari faqat ularning jinoyat sodir etishga daxldorligidan darak bersagina, dalil kuchiga ega bo‘ladi.
133-modda. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tartibi
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishni surishtiruvchi yoki tergovchi xolislar ishtirokida, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi. Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taraflar va bu tergov harakatining boshqa qatnashchilari ishtirokida tekshiriladigan ko‘rsatuvlarni e’lon qiladi, ko‘rsatuv bergan shaxsdan ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishga ehtiyoj bor yoki yo‘qligini so‘raydi, tekshirishning maqsadi va tartibini tushuntiradi. Basharti guvoh yoki jabrlanuvchining ko‘rsatuvlari tekshirilayotgan bo‘lsa, ular, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarni istisno qilganda, ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilish haqida ogohlantirilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238 va 240-moddalari, mazkur Kodeks 55-moddasining to‘rtinchi qismi, 66-moddaning to‘rtinchi qismi.
Bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsning ko‘rsatuvlarini hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: ko‘rsatuv bergan shaxs tekshirilayotgan hodisaning sharoit va holatini joyida tiklaydi; ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalarni, hujjatlarni, izlarni qidirib topadi va ko‘rsatadi; ayrim harakatlarni namoyish qiladi; tekshirilayotgan hodisada u yoki bu narsaning qanday ahamiyati bo‘lganligini ko‘rsatadi; hodisa sodir bo‘lgan joyda sharoitning o‘zgarganligiga e’tiborni qaratadi; o‘zining avvalgi ko‘rsatuvlarini aniqlashtiradi va ularga oydinlik kiritadi. Bu harakatlar vaqtida chetdan aralashishga, gap o‘rgatishga va ishora qiluvchi savollar berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 102-moddasi.
Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs erkin so‘zlab bergach va harakatlarni erkin namoyish qilib bo‘lgach, unga savollar berilishi mumkin. Ko‘rsatuvni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda qatnashayotgan shaxslar surishtiruvchi, tergovchi va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatlarini aniqlashtirishga yordam beradigan barcha narsalarga qaratishga, ba’zi harakatlarning takrorlanishini talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvlari hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirilayotgan shaxs va tergov harakatining boshqa ishtirokchilari o‘tkazilayotgan tergov harakati yuzasidan ularni qo‘shimcha ravishda so‘roq qilishni talab etishga haqlidir.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling