Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


Download 0.85 Mb.
bet60/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

316-modda. Muddatni uzaytirish
Ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar unda nazarda tutilgan hollardagina uzaytirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 226-moddasining birinchi qismi, 244-moddasining to‘rtinchi qismi, 247, 268-moddalari, 329-moddasining uchinchi qismi, 351-moddasining oltinchi qismi, 395-moddasining ikkinchi qismi, 405-moddasining to‘rtinchi, beshinchi qismlari, 4201-moddasining uchinchi qismi, 4976-moddasining uchinchi qismi, 502-moddasi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan muayyan harakatni bajarish uchun belgilangan muddat protsessning manfaatdor ishtirokchisi qilgan iltimosga binoan muddatni belgilagan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
317-modda. Muddatni tiklash
Uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddat ish yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan tiklanishi lozim. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish yoki rad etish xususida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Muddatni tiklashning rad etilishi ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi va protest bildirilishi mumkin.
Belgilangan muddat o‘tkazib yuborilgandan so‘ng shikoyat qilinganda ajrim yoki qarorning ijrosi manfaatdor protsess ishtirokchisining iltimosiga binoan, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala hal qilinguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin.






64.Процессуал чиқимлар тушунчаси ва уни ундириш тартибини баён қилинг.
318-modda. Protsessual chiqimlar
Protsessual chiqimlar:
1) jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga, tarjimonlarga, xolislarga ularning protsessual harakatlar o‘tkaziladigan joyga kelib ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek sutkalik xarajat puli tariqasida beriladigan summadan;
2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilarga va ularning vakillariga, guvohlarga, xolislarga ularni odatdagi mashg‘ulotidan chalg‘itganlik uchun to‘lanadigan summadan;
3) ekspertlarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov yoki sudda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun to‘lanadigan haqdan, ana shu vazifalar xizmat topshirig‘i tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;
4) ushbu Kodeksning 50-moddasiga muvofiq sudlanuvchi to‘lovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam ko‘rsatganlik uchun himoyachiga to‘lanadigan haqdan;
5) ashyoviy dalillarni saqlash va jo‘natish bilan bog‘liq xarajatlar summasidan;
6) ekspertiza muassasalarida ekspertiza o‘tkazish uchun sarflangan summadan;
7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan;
Oldingi tahrirga qarang.
71) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda o‘tkazish chog‘ida qilingan xarajatlardan;
(318-modda birinchi qismining 71-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
8) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan iborat bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 1, 2, 3, 4 va 71-bandlarida ko‘rsatilgan summalar surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoki sudning ajrimiga muvofiq budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli “Advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq to‘lash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni davlat hisobiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1878, 02.12.2008-y.), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 13-sonli “Jinoyat ishlari bo‘yicha protsessual chiqimlarni undirish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2 va 4-bandlari.
(318-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling