Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Namunalar olish bayonnomasi


Download 0.85 Mb.
bet78/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

197-modda. Namunalar olish bayonnomasi
Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olinganligi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa, o‘ziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasida aks ettiradi.


  1. Тадбиркорлик субъектларини тафтишдан ўтказиш шартларини тушунтиринг

1874-modda. Tadbirkorlik subyektlarini taftishdan o‘tkazish shartlari
Tadbirkorlik subyektlarini taftish qilish yuridik xizmat vakillari va (yoki) jalb etilgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (tadbirkorlik subyekti mazkur huquqdan voz kechgan hollar bundan mustasno) o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida Nizom” 18-moddasining o‘ninchi xatboshisi.
Yuridik xizmat vakilining ishtirokidan va (yoki) advokatning yuridik yordamidan voz kechish taftishning keyingi bosqichlarida tadbirkorlik subyekti tomonidan ularni jalb etish uchun to‘siq bo‘lmaydi.
Taftish o‘tkazuvchi shaxs tadbirkorlik subyektining vakolatli vakiliga uning taftish o‘tkazishda ishtirok etishga yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etishga yoxud ularning ishtirokidan voz kechishga bo‘lgan huquqini taftish o‘tkazish boshlanguniga qadar yozma shaklda tushuntiradi va bu haqda bayonnoma tuziladi.
Agar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi yoki vakili tomonidan yuridik xizmat vakilini va (yoki) advokatni jalb etish niyati bildirilsa, taftish o‘tkazishning boshlanishi yuridik xizmat vakili va (yoki) advokat yetib kelguniga qadar, biroq ko‘pi bilan yigirma to‘rt soatga to‘xtatib turiladi.
Yuridik xizmat vakilining va (yoki) advokatning yigirma to‘rt soat ichida yetib kelish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, taftish ularning ishtirokisiz boshlanadi.
Taftish o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi hujjatlarning mavjud bo‘lishi tadbirkorlik subyektini taftishdan o‘tkazishning majburiy shartidir:
taftish tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim;
vakolatli organning taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
taftish o‘tkazuvchi shaxsning xizmat guvohnomasi;
taftishga ruxsat berish to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma.




  1. Download 0.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling