Esse avesto, Ovasto parfiyoncha: apastak — matn; koʻpincha «Zend-Avesto»


Download 16.89 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi16.89 Kb.
#1604458
Bog'liq
AVESTO


ESSE
AVESTO, Ovasto (parfiyoncha: apastak — matn; koʻpincha «Zend-Avesto», yaʼni «tafsir qilingan matn» deb ataladi) — zardushtiyliknpig mukaddas kitoblari toʻplami. Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. Avestoda keltirilgan geografik maʼlumotlar ham buni tasdiqlaydi. Mac, xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qad. Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadiOrol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. Avesto dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan.
Avesto uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan maʼlumotlarning eng qad. qismlari mil. av. 2-ming yillik oxiri — 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va h. k. qoʻshilib borgan. Avestoni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51— 78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3—7-a.) da yaxlit kitob holiga keltirilgan.
Avesto 21 nask (qism)dan iborat boʻlgan. Avesto hajmi katta kitob boʻlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foydalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli — «Kichik Avesto» (Xurdak Avesto) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-a.) zardushtiy ruhoniylarining bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtgan. Ularning avlodlari (parslar) Bombay sh. da oʻz jamoalarida hozirgacha Avestoning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron zardushtiylar jamoasida yashab, Avesto tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). Avestoning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladigan kitoblarni oʻz ichiga oladi.
Download 16.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling