Essey mavzu: Davlat boshqaruvi organlarida boshqaruv shakllari tushunchasi va ahamiyati
Download 22.59 Kb.
|
Davlat boshqaruvi organlarida
Tashkiliy shakllar deb ommaviy boshqaruv organinig huquqiy shakllarida belgilangan vakolatlarni, huquq va majburiyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkiliy, uslubiy harakatlar algoritmini amalga oshirish tushuniladi.
Moddiy-texnik shakllar deb ommaviy boshqaruv organinig huquqiy shakllarida belgilangan vakolatlarni, huquq va majburiyatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan moddiy ajratmalar, ommaviy boshqaruv organining resurslari, kuch va vositalarining ajratilishi, foydalanilishiga aytiladi. Boshqaruvning ushbu shaklini ta’riflar ekanmiz, yuqoridagi tuman soliq inspeksiyasi misolini davom ettirish maqsadga muvofiq. Tashkiliy shakllarga quyidagilar taalluqli. Bunda tuman soliq inspeksiyasi hodimlari mazkur tadbirkorlik sub’ekti ustidan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan kelib tushgan shikoyatini o‘rganib chiqadi. Jumladan, tegishli bo‘lim uni (shikoyatni) ruyxatga oladi; shikoyat mazmuni bo‘yicha murojaatchi bilan bog‘lanishi mumkin; ustidan shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik sub’ektining soliq organi ixtiyorida mavjud bo‘lgan soliq hisobotlarini o‘rganishi mumkin; uning soliq to‘lash tarixini o‘rganishi mumkin; tadbirkor faoliyat yurituvchi hudud uchastka soliq inspektoridan tavsiyanoma so‘rashi mumkin; shikoyat yuzasidan qisqa muddatli tekshirish o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik to‘g‘risida kengashishi mumkin; so‘ngra soliq organi ish yurituvchisi tomonidan tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida soliq organi rahbari imzolaydigan buyruq loyihasini tayyorlaydi va boshqa shu kabi harakatlarni amalga oshiradi. Abduvaliyev Komiljon 521-guruh talabasi Download 22.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling