Essey mavzu: Davlat boshqaruvi organlarida boshqaruv shakllari tushunchasi va ahamiyati


Download 22.59 Kb.
bet1/3
Sana23.12.2022
Hajmi22.59 Kb.
#1048352
  1   2   3
Bog'liq
Davlat boshqaruvi organlarida


ESSEY
Mavzu: Davlat boshqaruvi organlarida
boshqaruv shakllari tushunchasi va ahamiyati
Ma’muriy huquqning asosiy sub’ekti bu – davlat boshqaruvi organlari ekan, demak ularning faoliyat doirasi, xususiy shaxslar bilan vujudga keladigan munosabatlari qanday tarzda, qanday asoslarga ko‘ra olib boriladi, ushbu munosabatlarning shakli, mazmuni va tuzilishi qanday degan tabiiy savollarga javob qidirishimiz muhim hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, avvalgi paragraflarda biz davlat boshqaruvi organlari qatoriga vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini, agentliklarni, inspeksiyalar, komissiyalar va markazlar hamda hokimliklar taalluqliligina e’tirof etgan edik. Haqiqatda ham shunday, yuqorida sanab o‘tilgan organlarning barchasi davlatning ijro hokimiyatida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlaridir. Ammo bularning qatoriga haqli ravishda milliy huquq tizimi va mahalliy sharoitlarni e’tiborga olgan holda yana bir boshqaruv organlari qo‘shilishi lozimligini ta’kidlamoqchimiz. Bular – ho‘jalik boshqaruvi organlaridir. Ushbu bobning asosiy masalasi shakllar va uslublarni tahlil qilishni boshlamasdan avval, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tushunchalarini aniq tushunib olishimiz zarur.
Xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z faoliyatida davlat iqtisodiyotini yuksaltirishga, eksport salohiyatini oshirishga, shuningdek iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni ko‘zlagan, davlat mablag‘lari asosida va ma’lum bir mulkchilik shakli ko‘rinishida tashkil etilgan boshqaruv organlari tushuniladi. Bularga uyushmalar, konsernlar, kompaniyalar, birlashmalar taalluqli.
Demak, davlat boshqaruvi organlari bilan xo‘jalik boshqaruvi organlarining farqi va umumiyligini aniqlab olish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ommaviy boshqaruv organlarining boshqaruv shakllari deb, o‘z faoliyatini qonunlarga tayangan, inson va fuqaro huquq va qonuniy manfaatlarinining ta’minlanishini e’tiborga olgan holda olib boruvchi, harakatlari huquqiy tartibga solingan faoliyati tushuniladi.
Ushbu organlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi davomida bir qator boshqaruv shakllardan foydalanadi. Adabiyotlar boshqaruv shakllari eng avvalo quyidagiga tasniflanadi:
Ommaviy boshqaruv organlarining va ularning mansabdor shaxslarining har bir harakati, qabul qilgan qarori qonunlarga, kodekslarga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu esa jamiyatda qonuniylik prinsipining ta’minlanishiga zamin yaratadi.
Shu bilan birga, ommaviy boshqaruv organlari jamiyatda uchratishi mumkin bo‘lgan har bir vaziyatini qonunlarga mujassamlashtirish o‘ta murakkab ish. Biror bir soha bo‘yicha qonun qabul qilib, o‘sha qonunda amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha vaziyatlarni belgilab qo‘yishning deyarli imkoni yo‘q. Shu sababli ham qonunlar va kodekslardagi ayrim masalalarni qo‘shimcha ravishda, qonunlar maqsad va priniplariga mos ravishda aniqlashtirish, oydinlashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Ushbu vazifani odatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari amalga oshiradi. Ya’ni qonunlar va kodekslarning ayrim normalarini detallashtiradi. Shu tariqa ommaviy boshqaruv organlarining u yoki bu vaziyatlarda qanday harakat qilishi lozimligini belgilab beradi. Bu esa Ma’muriy huquqda ommaviy boshqaruv organlarining huquqiy shakllari deb nomlanadi.
Ta’kidlash kerakki, ma’muriy boshqaruv sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shunday tendensiyada kechmoqdaki, o‘rta muddatli istiqbolda ommaviy boshqaruv organlarining bevosita qonunlar va kodekslarga asoslangan faoliyat yuritishini ta’minlash choralari o‘rganilmoqda. Bu ham qonunlarning bevositaligini ta’minlash va qonuniylik prinsipining jamiyat hayotida amal qilishini yanada mustahkamlash choralaridir.
Agar xo‘jalik boshqaruvi organining o‘ziga xosligini yuqoridagi ta’rif bilan izohlashga harakat qilgan bo‘lsak, qo‘shimcha ravishda shuni ta’kidlash kerakki, bunday organlarda davlat o‘z ulushi bilan ishtirok etadi. Demak bunday ko‘rinishdagi boshqaruv organlarida xususiy shaxslarning ham ulushlari bo‘lishi aniq. Odatda ular aksiyador sifatida ishtirok etadi, ammo davlatning aksiyasi qoida tariqasida umumiy aksiyalarning 30% dan kam bo‘lmaydi. Shu tariqa davlat o‘zining iqtisodiyotni boshqarishdagi o‘rnini saqlab turadi. Odatda bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotdagi o‘z ishtirokini kamaytirib, asosan tabiiy monopoliya sohasida ishtirok etishi maqsadga muvofiq. Bu davlatning va pirovardida jamiyatning (xalqning) raqabat natijasida rivojlanish kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasida ham davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish ishlari davom etmoqda. Davlat boshqaruvi organlarining o‘ziga xosligi esa, ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda ro‘yobga chiqarilishini, ularning ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini ta’minlashida. tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini ta’minlashida.
Mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishida.
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining ta’lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirishida.
Tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishida.
Soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirishida namoyon bo‘ladi.
Qisqa qilib ta’kidlaganda, davlat boshqaruvi organlari asosan idoraviy faoliyat turi bo‘lib, ularning hodimlaridan, ya’ni davlat xizmatchilaridan asosan yuksak intellektual salohiyatni, oddiy qilib ta’kidlaganda hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasini talab qiluvchi faoliyat turidir. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining umumiyligi esa ularning davlat hokimiyati organlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi) tomonidan tashkil etilishidir. Shu joyda yana bir nazariy savol to‘g‘iladi. “Davlat boshqaruvi organlari” degan ta’rif xo‘jalik boshqaruvi organlarini ham qamrab oladimi? Javob – yo‘q, qamrab ola olmaydi. Yuqorida guvohi bo‘lganimizdek, ularning funksiyalari, yo‘nalishlari har xildir. Agar biz Ma’muriy huquqni faqatgina “davlat boshqaruvi organlari” deb o‘rganadigan bo‘lsak, bu noto‘g‘ri yondashuv bo‘ladi va bu bilan biz, davlatning yana bir boshqaruv organlari bo‘lgan – xo‘jalik boshqaruvi organlarini e’tibordan chetda qoldirgan bo‘lamiz. Natijada ijro hokimiyatiga to‘g‘ri va holis baho bera olmaymiz. Ushbu ikkita tushunchani yaxlit ifodalay olish uchun ham Ma’muriy huquq degan fan sohasi mavjud. Ushbu fan sohasining yetuk olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va bizga tavsiya qiladigan xulosalaridan foydalanib, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari tushunchalarini umumiy ifodalovchi tushuncha bu Ommaviy boshqaruv organlari tushunchasidir. Aynan ushbu tushuncha orqali biz ijro hokimiyatining ikkita katta sub’ektlarini yaxlit ifodalay olgan bo‘lamiz.
Ommaviy boshqaruv organlari faoliyatida boshqaruvning huquqiy va nohuquqiy (tashkiliy) shakllari eng ko‘p, har kun ishlatiladigan shakl bo‘lganligi uchun boshqaruning ushbu turidan boshlashni joyiz deb bildik.
Yuqoridagi qisqa izohdan kelib chiqib ushbu ikkita tushunchani yaxlit ifodalovchi quyidagicha ta’rifni ilgari suramiz.
Ommaviy boshqaruv organlari faoliyatining huquqiy va nohuquqiy (tashkiliy) shakllari deb ularning faoliyatida o‘zlariga qonunlar va kodekslar bilan berilgan vakolatlarni, huquq hamda majburiyatlarni kundalik tarzda amalga oshirishiga qaratilgan boshqaruv shakliga aytiladi.
O‘z navbatida ommaviy boshqaruv organlari faoliyatida boshqaruvning huquqiy shakllari deb u yoki bu ommaviy boshqaruv organi va ular mansabdor shaxslarining harakatlari va qabul qilgan qarorlarining qonunlar va kodekslarga hamda yuqori turuvchi organlar hujjatlariga to‘la mos ravishdagi yuridik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi harakatiga aytiladi.
Boshqaruvning huquqiy shakllari o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi. Bular:
- huquq normasini o‘rnatish;
- huquqni qo‘llash.

Download 22.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling