Эстетик қадриятларнинг қадрсизланишига олиб келувчи омиллар


Fahm-farosat estetik hissiyot va estetik ong bilan bogiiqdir


Download 21.83 Kb.
bet2/4
Sana11.11.2023
Hajmi21.83 Kb.
#1765851
1   2   3   4
Bog'liq
Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari..pptx 11

Fahm-farosat estetik hissiyot va estetik ong bilan bogiiqdir.

  • U o‘z-o‘zini estetik anglash - mavjud vaziyatni estetik jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi bilan gaplashish, o‘zicha baholash, o‘zini nazorat qilish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilishni taqozo etadi. Farosat - voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to‘g‘ri munosabat hosil qila bilmoqlik, shu bilan birga voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilishdir. Buning uchun inson, awalo, o‘z holini to‘g‘ri idrok etishi, ikkinchidan, o‘zgani tushunish, o‘zgalaming ehtiyoji, xohishi, imkoni haqida to‘g‘ri tasawur hosil qila bilishi kerak.
  • Inson estetik kamoloti nafaqat estetik tuyg‘u, ehtiyoj, shu bilan birga, barcha shaxsiy fazilatlari yaxlit birligida qaror topadi va ular bilan uzviy bogiangandir. Shuning uchun shaxs kamolotining muhim estetik omillari, bir tomondan, uning tarkibiy-strukturaviy qismlari, boshqa tomondan, estetik kamolotning o‘ziga xosligi, ijodiy faoliyat shakllanishiga ta’siri bilan birga qarab chiqilmog‘i lozim. Boshqacha aytganda, insonning qobiliyati estetik tuyg‘u mohiyati, ya’ni hissiy- ma’naviy zavq, mamnuniyat yoki jirkanishning tabiati bilan birgalikda namoyon boiadi. Negaki, shaxs estetik kamoloti nafaqat estetik fazilat, shu bilan birga, uni shaxs sifatida shakllantiradigan boshqa ko‘plab omillar bilan ham uzviy bog‘langandir.

SHAXSNING ESTETIK EHTIYOJI

  • Estetik faoliyatning ham sub’ekti, ham ob’ekti hisoblangan shaxsning estetik ehtiyoji va didi u mansub millatning tarixiy shakllangan an’ana va mezonlari, shuningdek, o‘ziga xos tabiiy-hududiy, geografik va ijtimoiy hayot sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Inson haqidagi fanlar ning vazifasi tasvirlash, tushuntirish bilan birga, yana muhimi, fahmlashdir. Fahmlash, idrok etish o‘rganiladigan ob’ekt yoki sohaning insoning maqsadi va idialiga muvofiqligini izohlash (interpretatsiya) demakdir.Fahmlash, idrok etish insoniylik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir.

Download 21.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling