Эстетик қадриятларнинг қадрсизланишига олиб келувчи омиллар
Fahm-farosat va estetik didning shaxs
Download 379.12 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqEstetik tarbiya .Estetik tarbiyaning mazmuni va mohiyati.
Fahm-farosat va estetik didning shaxs
ma’naviy kamolotidagi o‘rni • Har bir jamiyatning ma’naviyati kamoloti inson aql va tafakkuri, axloq- odobi, tajriba va malakasiga bog‘liq. Prezident I.A.Karimov “Ma’naviyat insonning qon - qoni, suyak - suyagiga yillar davomida ona suti, oila tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu xayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra - qatra bo‘lib singib boradi... Umuman olganda, insoniyat tarixi ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch - qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma’naviyatsiz hech qachon odamiylik va mehr - oqibat, baxt va saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi/’Meb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, insonning insoniyligi uning fahm-farosati, aql-idroki, o‘z- o‘zini axloqiy anglash - mavjud vaziyatni axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi bilan gaplashish, o‘zicha baholash, o‘zini nazorat qilish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilishi bilan belgilanadi. Bunda fahm-farosat muhim o‘rin tutadi. Fahmlash, idrok etish o‘rganiladigan obyekt yoki sohaning insoning maqsadi va idialiga muvofiqligini izohlash (interpretatsiya) demakdir.Fahmlash, idrok etish insoniylik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir. • Prezidentimiz I.A.Karimov «Insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlaming real xavfi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlami bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bogiiq vazifalami aniq belgilab olish»,-zarurligini ko‘rsatib o‘tadilar. Yoshlarda estetik didni shakllantirish, ulaming ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ulaming qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat- ehtirom tuyg‘usini shakllantirishga ehtiyoj sezilmoqda. Download 379.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling