Эстетик қадриятларнинг қадрсизланишига олиб келувчи омиллар


Download 379.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.01.2023
Hajmi379.12 Kb.
#1092704
  1   2
Bog'liq
Estetik tarbiya .Estetik tarbiyaning mazmuni va mohiyati.



Estetik tarbiyaning turlari va
jamiyatdagi ahamiyati
Nurmuhhamadiyev Bahriddin


SHAXSDA FAHM-FAROSAT VA AQL 
UYG‘UNLIGINI
• Jamiyatning ma’naviy va axloqiy sog‘lomligi bebaho boylik 
hisoblanadi. Negaki, sog‘lom muhit ma’nan yetuk, axloqan 
yuksak shaxslami yuzaga keltiradi. Shuning uchun allomalar 
insonga xos go‘zal axloqiy fazilatlar, ya’ni har bir inson o‘zi 
yashayotgan muhitdagi turmush tarziga, oilaga, qo‘ni-
qo‘shnichilik va yoru- birodarlikka, jamoat joylaridagi 
munosabatlariga, boshqalar bilan boiadigan aloqasi, yurish-
turishi, muomalasi, kiyinishi, did-farosati va boshqa shu kabi 
fazilatlami tarbiyalash xususida ko‘plab о‘git va nasihatlar 
qoldirib ketishgan. 
20.12.2022
2
http://aida.ucoz.ru


Fahm-farosat tushunchasi va 
uning mohiyati

Ma’naviyatimizning buyuk va bebaho merosi Hadisi Shariflarda ham 
“Qo‘shningizga yaxshilik qiling- tinch boiasiz”, “0‘zingiz sevgan narsani odamlarga 
ham ravo ko‘ring - salomat yurasiz”, “Inson xatoni ko‘proq o‘z tili bilan sodir qiladi”, 
“Tashqi ko‘rinishlaringiz yoki molu-dunyolaringizga emas, balki dillaringizga va 
ishlaringizga baho beriladi” kabi fikrlar ko‘plab uchraydi.

Ushbu hikmatlarda umuminsoniy qadriyatlar, kishilaming yurish-turishi, 
atrofdagilar bilan munosabatining axloqiy asoslari, inson go‘zalligining umumiy 
mezonlari to‘g‘risida olam-olam ma’noni uqib va o‘zlashtirib olish mumkin. Kim 
qaysi lavozimda va vazifada ishlashidan qat’iy nazar, o‘zining serzavq, sermazmun 
mehnati, yaxshi kayfiyati, boshqalarga yordami va saxiyligi, kamtarinligi, 
madaniyligi, qadr-qimmati va xulq-odobi bilan, hamjihat ish yuritishi va odamlarga 
foyda keltirishi bilan go‘zaldir. Shuni ham ta’kidlash lozimki, shaxs ma’naviyati 
uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga 
bo‘lgan munosabati, aql-zakovati, fahm-farosati va qadr-qimmati bilan 0‘lchanadi. 
Bu kabi ma’naviyat axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy qadriyatlar 
ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. 0‘z navbatida, yuksak ma’naviyat 
shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun 
bugun yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, har bir voqea-hodisaga teran tafakkur 
va tahliliy idrok bilan yondoshishga o‘rgatish

muhim ahamiyat kasb etadi. 


Fahm-farosat estetik hissiyot va 
estetik ong bilan bogiiqdir.
• U o‘z-o‘zini estetik anglash - mavjud vaziyatni estetik 
jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi bilan 
gaplashish, o‘zicha baholash, o‘zini nazorat qilish, 
o‘zini o‘zi takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi 
va yomonni qalban his qilishni taqozo etadi. Farosat -
voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to‘g‘ri 
munosabat hosil qila bilmoqlik, shu bilan birga 
voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni 
hayotga tatbiq eta bilishdir. Buning uchun inson, 
awalo, o‘z holini to‘g‘ri idrok etishi, ikkinchidan, 
o‘zgani tushunish, o‘zgalaming ehtiyoji, xohishi, 
imkoni haqida to‘g‘ri tasawur hosil qila bilishi kerak.


• Inson estetik kamoloti nafaqat estetik tuyg‘u, ehtiyoj, shu 
bilan birga, barcha shaxsiy fazilatlari yaxlit birligida qaror 
topadi va ular bilan uzviy bogiangandir. Shuning uchun shaxs 
kamolotining muhim estetik omillari, bir tomondan, uning 
tarkibiy-strukturaviy qismlari, boshqa tomondan, estetik 
kamolotning o‘ziga xosligi, ijodiy faoliyat shakllanishiga ta’siri 
bilan birga qarab chiqilmog‘i lozim. Boshqacha aytganda, 
insonning qobiliyati estetik tuyg‘u mohiyati, ya’ni hissiy-
ma’naviy zavq, mamnuniyat yoki jirkanishning tabiati bilan 
birgalikda namoyon boiadi. Negaki, shaxs estetik kamoloti 
nafaqat estetik fazilat, shu bilan birga, uni shaxs sifatida 
shakllantiradigan boshqa ko‘plab omillar bilan ham uzviy 
bog‘langandir.


SHAXSNING ESTETIK EHTIYOJI
• Estetik faoliyatning ham sub’ekti, ham ob’ekti 
hisoblangan shaxsning estetik ehtiyoji va didi u 
mansub millatning tarixiy shakllangan an’ana va 
mezonlari, shuningdek, o‘ziga xos tabiiy-hududiy, 
geografik va ijtimoiy hayot sharoitlariga bog‘liq 
bo‘ladi. Inson haqidagi fanlar ning vazifasi tasvirlash, 
tushuntirish bilan birga, yana muhimi, fahmlashdir. 
Fahmlash, idrok etish o‘rganiladigan ob’ekt yoki 
sohaning insoning maqsadi va idialiga muvofiqligini 
izohlash (interpretatsiya) demakdir.Fahmlash, idrok 
etish insoniylik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan jarayondir.


Ibn Sino, inson tarbiyasi borasida 
• Ibn Sino, “Inson boshqa barcha hayvonot olamidan so‘zi, tili va aqli, 
tafakkur qilishi bilan farq qiladi. Inson aqli turli fanlami o‘rganish 
yordamida boyiydi”, deb hisoblaydi. Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga 
ko‘ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va takomillashtirish uchun 
boshqa insonlarga muhtoj bo‘ladi. Yakka holda hech kim bunnig uddasidan 
chiqa olmaydi. “Inson shunday maxluqotki, u faqat jamiyatda o‘z 
ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin”* . 
Inson o‘z hayotining me’mori, ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar, 
iste’dodlami tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda yashab faoliyat 
ko‘rsatgandagina erishadi. Inson ijtimoiy mavjudod. Yolg‘izlik uzlat uni 
qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste’dodini 
yo‘qotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan 
ijtimoiy mohiyat izlaydi. Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir. 
Shunga ko‘ra, u umrining har daqiqasida yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka, 
yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan ko‘ra muhabbatga intilib 
yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir.


• Ta’lim muassasalarining shaxsda fahm-farosat va aql uyg‘unligini
• tarbiyalashdagi o‘rni
• Inson ma’naviyatini shakllantirish va kamol toptirishda ta’limning roli 
benihoya kattadir. Yoshlarga axloqiy va estetik qadriyatlami singdirishda 
ta’lim muassasalari xususan o‘rta maktablaming o‘mi muhim. Maktabdagi 
asosiy faol subyektlar - o‘qituvchilardir. Ta’lim tizimi barkamol yoshlami 
tarbiyalovchi asosiy vosita. Unda o‘tilayotgan tabiiy va gumanitar fanlarda 
axloqiy-estetik bilimlaming xalq hayot tarzining muhim ifodasi bodgan xalq 
donishmandligi merosi bilan boyitilsa, uning tarbiyaviy samaradorligi ham 
shunchalik yuqori bo‘ladi. 



Download 379.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling