Estetik tarbiya Reja
Estetik tarbiyalashning vazifasi maqsadi va metodi
Download 102 Kb.
|
Estetik tarbiya 1
Estetik tarbiyalashning vazifasi maqsadi va metodi.
Estetik tarbiya (lot ‘estezio” - go‘zallikni his etaman) - shaxsni ijtimoiy voqyelik, tabiat. mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning estetik didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, shuningdek, go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni. MTMda tashkil etiladigan estetik tarbiya tarbiyalanuvchilarda axlokiy sifatlar, ijobiy xulk- atvor me'yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini tarakkiy ettirishga katta ta'sir ko‘rsatadi. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida tarbiyalanuvchilarda estetik xis-tuygu, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsning vokelikka estetik munosabatini shakllantirishdan iborat. Tarbiyalanuvchilar urtasida qul mehnati, musiqa, tasviriy san'at ma'lumotlarida. ertaklar o‘qish chog‘ida estetik tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud. Estetik tarbiya xam umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, xis- tuyg‘ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti- harakatlariga, xulq-atvoriga ta'sir o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik xodisani anglatadi. Shuni ta'kidlash joizki, Qadimgi dunyoda umuman tarbiya maksadi estetik asosda namoyon bo‘lgan. Qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, “rux va badan” hamohangligini qaror toptirishga yo‘naltirilgan edi. Aristotel va Platon kabi buyuk mutafakkirlarning ta'limotlarida estetik tarbiya tizimining bir- biridan farqli tomonlari bo‘lgani holda umumiylik ham mavjud bo‘lib, u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq- atvor va fuqarolik sifatlarini shakllantirishga xizmat kilgan edi. Avvallari estetik tarbiya o‘ta tor va bir tomonlama talqin qilinar, ya'ni uni san'at asarlarini to‘g‘ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san'at turini bilib olib, muayyan badiiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish doirasida in'ikos etilar edi. Ba'zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. Bularning barchasi badiiy- estetik tarbiyaning vazifa va maksadlari doirasiga kiradi. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh va individual imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Download 102 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling