Estetik tarbiya Reja
Estetik tarbiyaning vazifalariga kuyidagilar kiradi
Download 102 Kb.
|
Estetik tarbiya 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetik tarbiyaning vositalari.
Estetik tarbiyaning vazifalariga kuyidagilar kiradi:
Bolalarni hayotdagi, voqyelikdagi, tabiat va turmushdagi go‘zallikni tushunish, ko‘ra bilishga o‘rgatish. Ularda estetik his-tuyg‘u, did, estetik munosabatni tarbiyalash. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida yaratilgan san'at Asarlarini tushunish, sevishga o‘rgatish, ularda estetik ong qirralarini shakllantirish. Bolani san'atning turli sohalariga qiziqishi, izlanishini tarkib toptirish. Estetik tarbiyaning vositalari. Shaxsning estetik madaniyatini shakllanishi ko‘p jihatdan estetik kamolotiga ta'sir o‘tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog‘liq. Shunday tashqi va ichki shart-sharoitlar estetik tarbiya omillari deb ataladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish uchun ma'lum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni o‘rab turgan muhit, turmush estetikasi ana shunday eng muhim omildir. Agar muhit estetiklikka asoslangan bo‘lsa, agar bola odamlar orasidagi xushmuomala munosabatni ko‘rsa, tevarak-atrofdan olingan taassurotlar ijobiy tavsifga ega bo‘lsa, u kichikligidanok estetik borliqni o‘zi uchun me'yor sifatida qabul qiladi. Turmush estetikasi o‘zida ko‘plab detallarni qamrab oladi. Shuningdek, bolalarni borliqni va uning go‘zalligini tahlil etib borishga o‘rgatish lozim: “Seni ko‘ylagingga qaysi rangdagi tufli mos tushadi, deb o‘ylaysan?”, “Uyimiz devoriga ko‘prok qaysi rangdagi parda to‘g‘ri tushadi: ko‘kmi yoki yashil?”. Mazkur xolatda bolaning aynan javobining o‘zi muhim emas, asosiysi uning e'tiborini rangning mos kelishi yoki kelmasligiga qaratish, shuningdek, bolada u ham go‘zallik yaratishi mumkinligi haqidagi xulosani xosil qilishga erishishdir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili - tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo‘lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha aytganda, tabiat hyech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan go‘zallik manbai. U estetik xis-tuyg‘u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniksa, tabiat badiiiy obrazlar orkali ifodalansa, yanada uzining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi. Masalan: Download 102 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling