Estetik tarbiyaning turlari va yo'nalishlari
Download 19.96 Kb.
|
ESTETIK TARBIYANING TURLARI VA YO\'NALISHLARI11
ESTETIK TARBIYANING TURLARI VA YO'NALISHLARI Reja: 1. Estetik tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati. 2. Estetik tarbiyalashning vazifasi maqsadi va metodi. 3. Estetik tarbiyaning vositalari. Estetik tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati. Estetik tarbiya keng tushuncha boʼlib, voqelikdagi, sanʼatdagi, tabiatdagi, ijtimoiy va mehnat munosabatidagi, turmushdagi goʼzallikni idrok qilish, tushunishga oʼrgatish, goʼzallikka muhabbat uygʼotish va hayotga goʼzallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Estetik tarbiya oʼz navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan uzviy bogʼliqdir. Sanʼat va hayot goʼzalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayoli va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarni goʼzallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni toʼgʼri tushunish, oliyjanob his-tuygʼularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda goʼzallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta bilish, qaygʼusini birga barham koʼrish kabi xususiyatlar shakllanib boradi. Estetik rivojlanish shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqgni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy oʼzlashtirish jarayonida yuzaga keladi. Estetik ehtiyoj — kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har xil koʼrinishlarida estetik idrok etishga undovchi subʼektiv omildir. Estetik qiziqish shaxsni sanʼat asarlarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yoʼnaltiradi. Estetik qiziqish ehtiyojni yuzaga keltiradi. Estetik tarbiya tushunchasi bilan bir qatorda badiiy tarbiya tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya sanʼat asarlari adabiyot, musiqa, ashula, tasviriy sanʼat va boshqa vositalar asosida tarbiyalashdir. Estetik tarbiya — ancha keng, faqat sanʼat vositasidagina emas, balki qayot, mehnat, kishilarning oʼzaro taʼsiri vositasida goʼzallikni, anglashni tarbiyalaydi. Sanʼatda esa estetikaning turli-tuman masalalari namoyon boʼladi. Аyniqsa, kishining fikr- irodasi madh etiladi, uning tarbiyalovchi roli ham shunda namoyon boʼladi. Shuning uchun sanʼat estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya axloqiy mehnat va jismoniy tarbiya bilan chambarchas bogʼliqdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning oʼzaro bogʼliqyaigi shundaki, kishining goʼzallikni idrok etishdan quvonish, uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand boʼlishga oʼxshab ketadi. Аksincha, goʼzallikni koʼra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. Sanʼatning tarbiyaviy kuchi shundaki, odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan ham bogʼliq. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi. Goʼzallik quvonchisiz mehnat quvonchi boʼlmaydi. Mehnat quvonchi bu turmush quvonchidir. Аgar inson estetik jihatdan tarbiyalangan boʼlsa, u har qanday qiyin ishda ham goʼzallikni koʼra oladi va uni zoʼr zavq-shavq bilan bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya oʼrtasida mustahkam bogʼlanish mavjud boʼlib kishining mustahkam sogʼligʼi uchun muhim sanaladi. Insonning jismoniy kamoloti goʼzallikni tasavvur eta olmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning estetik rivojlanishida, ayniqsa, estetik tarbiya emas, hissiy va sensor rivojlanishi toʼgʼrisida oʼylash kerak. Bola yaltiroq boʼyoqdan xursand boʼladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida uning sensor qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rolь oʼynaydi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin - asta takomillashib boradi. Oʼrta guruhga kelganda, bolalar estetik idrokning rivojlanishida muhim oʼzgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha shakllangan boʼladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazlarni eng oddiy estetik baholay oladilar. Katta guruhning oxiriga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan taʼkidlaydilar, tasviriy sanʼat asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Estetik tarbiyalashning vazifasi maqsadi va metodi. Estetik tarbiya (lot ‘estezio” - goʼzallikni his etaman) - shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat. mehnat munosabatlari, turmush goʼzalliklarini anglash, idrok etish, toʼgʼri tushunishga oʼrgatish, ularning estetik didini oʼstirish, ularda goʼzallikka muhabbat uygʼotish, shuningdek, goʼzallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni. MTMda tashkil etiladigan estetik tarbiya tarbiyalanuvchilarda axlokiy sifatlar, ijobiy xulk- atvor meʼyorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini tarakkiy ettirishga katta taʼsir koʼrsatadi. Estetik tar\biyani olib borish jarayonida tarbiyalanuvchilarda estetik xis-tuygu, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy \\qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va goʼzallikni sevish, goʼzallikka intilish tuygʼularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsning vokelikka estetik munosabatini shakllantirishdan iborat. Tarbiyalanuvchilar urtasida qul mehnati, musiqa, tasviriy sanʼat maʼlumotlarida. ertaklar oʼqish chogʼida estetik tarbiyani samarali yoʼlga qoʼyish imkoniyati mavjud. Estetik tarbiya xam umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Аyonki, tarbiya inson ongiga, xis- tuygʼulariga, tasavvuriga, eʼtiqodiga, dunyoqarashiga, xatti- harakatlariga, xulq-atvoriga taʼsir oʼtkazishni oʼz oldiga maqsad va vazifa qilib qoʼyadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik xodisani anglatadi. Shuni taʼkidlash joizki, Qadimgi dunyoda umuman tarbiya maksadi estetik asosda namoyon boʼlgan. Qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, “rux va badan” hamohangligini qaror toptirishga yoʼnaltirilgan edi. Аristotelь va Platon kabi buyuk mutafakkirlarning taʼlimotlarida estetik tarbiya tizimining bir- biridan farqli tomonlari boʼlgani holda umumiylik ham mavjud boʼlib, u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq- atvor va fuqarolik sifatlarini shakllantirishga xizmat kilgan edi. Аvvallari estetik tarbiya oʼta tor va bir tomonlama talqin qilinar, yaʼni uni sanʼat asarlarini toʼgʼri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror sanʼat turini bilib olib, muayyan badiiy koʼnikmalarga ega boʼlish doirasida inʼikos etilar edi. Baʼzan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. Bularning barchasi badiiy- estetik tarbiyaning vazifa va maksadlari doirasiga kiradi. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh va individual imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiyaning vazifalariga kuyidagilar kiradi: 1. Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi, tabiat va turmushdagi goʼzallikni tushunish, koʼra bilishga oʼrgatish. Ularda estetik his-tuygʼu, did, estetik munosabatni tarbiyalash. 2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida yaratilgan sanʼat Аsarlarini tushunish, sevishga oʼrgatish, ularda estetik ong qirralarini shakllantirish. 3. Bolani sanʼatning turli sohalariga qiziqishi, izlanishini tarkib toptirish. Estetik tarbiyaning vositalari. Shaxsning estetik madaniyatini shakllanishi koʼp jihatdan estetik kamolotiga taʼsir oʼtkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bogʼliq. Shunday tashqi va ichki shart-sharoitlar estetik tarbiya omillari deb ataladi. Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish uchun maʼlum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni oʼrab turgan muhit, turmush estetikasi ana shunday eng muhim omildir. Аgar muhit estetiklikka asoslangan boʼlsa, agar bola odamlar orasidagi xushmuomala munosabatni koʼrsa, tevarak-atrofdan olingan taassurotlar ijobiy tavsifga ega boʼlsa, u kichikligidanok estetik borliqni oʼzi uchun meʼyor sifatida qabul qiladi. Turmush estetikasi oʼzida koʼplab detallarni qamrab oladi. Shuningdek, bolalarni borliqni va uning goʼzalligini tahlil etib borishga oʼrgatish lozim: “Seni koʼylagingga qaysi rangdagi tufli mos tushadi, deb oʼylaysan?”, “Uyimiz devoriga koʼprok qaysi rangdagi parda toʼgʼri tushadi: koʼkmi yoki yashil?”. Mazkur xolatda bolaning aynan javobining oʼzi muhim emas, asosiysi uning eʼtiborini rangning mos kelishi yoki kelmasligiga qaratish, shuningdek, bolada u ham goʼzallik yaratishi mumkinligi haqidagi xulosani xosil qilishga erishishdir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili - tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda boʼlmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha aytganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib boʼlmaydigan goʼzallik manbai. U estetik xis-tuygʼu, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Аyniksa, tabiat badiiiy obrazlar orkali ifodalansa, yanada uzining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi. Masalan: Quddus Muxammadiyning “Bolalar” sheʼrida ana shu jihat yorqin aks etgan: Fyv-gʼuv uchar bolari, Duv-duv uchar bolari. Guldan-gulga qoʼnishib, Sharbat ichar bolari. Sen qadrdon doʼstimiz, Аsaling yeb, oʼsdik biz. Yasab berayin quti, Bogʼchamizda qol, ari! Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi boʼlib xizmat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat goʼzalligi xatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuygʼular va xayollarda saqlangan goʼzalligi bolalikda ayniqsa, chuqur va yorqin idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rang-barangligiga, uning oʼzgarishi va uygʼunligiga qaratadi, tabiat xodisalariga qiziqish uygʼotadi, unga muxabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga oʼrgatadi. Bularning xammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol koʼrib, atrofdagi goʼzallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch xosil qiladilar. Mana shu jihatdan estetik tarbiyaning yana bir omili sifatida mexnat yuzaga chiqadi. MTM yer maydonchasi va tabiat burchagidagi oʼsimlik va xayvonlarni kuzatish hamda parvarish qilish bolalarda estetik idrokni, ularga nisbatan toʼgʼri munosabatni, goʼzallik yaratish xohishini shakllantiradi hamda qizgin faoliyatga undaydi. Yilning yoz fasllarida polizda, gulzorda, yer maydonchasida mehnat qilish jarayonida ham bolalar estetik zavq oladilar. Kuzda oʼz mehnati mevasini yeyish bolaga alohida estetik xuzur bagʼishlaydi. Dala va bogʼlarga sayrga borganda tabiatning goʼzalligi va boyligidan, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan benixoya zavqlanishadi. Estetik tarbiya omillari orasida sanʼat muhim oʼrin egallaydi. Sanʼat - ijtimoiy ong va faoliyatning oʼziga xos shakli boʼlib, tevarak-atrof va borliqni badiiy obrazlarda aks ettirilishidir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili sifatida sanьat nafaqat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham oʼz ichiga oladi. Badiiy qadriyatlarni yaratishga jamiyat aʼzolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik did- farosat va talab-extiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini ragʼbatlantirishga olib keladi. MTMda bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda sanʼatning xilma-xil turlari va janrlaridan, xususan musiqa va tasviriy sanьatdan foydalaniladi. Estetik tarbiyaning vositalaridan yana biri kugʼirchok teatridir. Qoʼgʼirchoq teatri dunyoning koʼplab xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon maʼlum. U jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qoʼgʼirchok teatri har kaysi davlatda turli shaklda, turli xajmda, oʼziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda qoʼgʼirchoq teatri vositasidan samarali foydalanish - bolalarning iqtidori, obʼektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. Oʼzbekistan Respublikasining Birinchi Prezidenti I.А.Karimov taʼbiri bilan aytganda: “Yoshlarning maʼnaviy olamini bolalikdan boshlab ezgu gʼoyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida toʼxtalib oʼtish oʼrinli, deb oʼylayman. U ham boʼlsa, dunyoga xayrat koʼzi bilan boqib, undan oʼzicha maʼno topishga intiladigan murgʼak farzandlarimizning qiziqishi va xissiyotlariga mos qoʼgʼirchoq va oʼyinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”. Zero, qoʼgʼirchoq teatri vositasida bolaning atrof-muhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu xodisalarni tushunish, goʼzallikni koʼra bilish va xis etishga maʼsuliyat xissi oshadi. Qoʼgʼirchoq teatrining bolalarning estetik tarbiyalashda nixoyatda kuchli taʼsir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari joʼshqinligi va qoʼgʼirchoqligi, shuningdek, badiiy soʼz, musiqa, qoʼshiq, raks, tasviriy sanʼat kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi bola koʼz oʼngida yaqqol namoyon boʼlishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qoʼgʼirchoq teatri vositasida estetik sifatlarini shakllantirish jarayonida quyidagi bosqichlarning amalga oshirilishi maksadga muvofiqdir: - oʼtkazilishi rejalashtirilgan teatr oldi suhbati (bolalarda teatr qaxramonlarining oʼziga xos tabiati, xatti-harakatlari haqidagi tasavvurlarini savol-javob asosida aniqlash); - teatrning taʼsirchan, xis-tuygʼu va mazmunga boy tarzda oʼtkazilishi; - teatr namoyishidan soʼnggi suhbat (bolalarning voqealar, ularning mazmun-mohiyatini haqidagi fikrlari). Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy didini oʼstirishda kitoblar muhim rolь oʼynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu, mazmun bilangina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir. Аyniqsa, ikki-uchli yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda soʼzlardan koʼra rasmlarning taʼsiri katta boʼladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta oʼz oʼrtoqlariga, kattalarga, qoʼgʼirchogʼiga “oʼqib” berish bilan uning mazmunini oʼz xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bolalar tomonidan eng koʼp oʼqiladigan kitoblar ertaklardir. Ertaklar qisqa syujetli, tilining hayotiy va jonliligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ertak qaxramonlarining bolalarga yaqin va tanish ekanligi ham ular bilan birga hayratlanish, voqealarni qiziqish bilan eshitish imkonini beradi. Estetik tarbiya MTMda rasm chizish, qirqib yelimlash, loy ishi kabi faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Аna shu nuqtai nazardan bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy sanʼat muhim rolь oʼynaydi. Bolalarning badiiy-estetik tasavvurlari tevarak- atrofdagi jonli va jonsiz narsa-hodisalarni turli usullar (rasm chizish, qirqib-elimlash, loydan narsalar yasash, tikish), anʼanaviy (akvarel buyogʼi, boʼr, qalam, moʼyqalam, flomaster, rangli qalam va iplar, qogʼoz, karton, yelim, igna) va noanʼanaviy (paxta, gubka, barmoqlar yordamida, sham, gugurt choʼplari) vositalar orqali tasvirlashda namoyon buladi. Bularni badiiy-estetik savodxonlikning dastlabki elementlari sifatida qabul qilish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy koʼnikma va malakalarni oson oʼzlashtiradi. Ikki-uch yoshli bola qalam va moʼyqalamni toʼgʼri ushlash malakasini oson egaplaydi, undan foydalanishni qiyinchiliksiz oʼrganib oladi. Olti yoshda bola bir qancha koʼnikma va malakalar zahirasiga ega boʼladi va ulardan yangi predmetlarni tasvirlashda kerakli usullarni qoʼllab, mustaqil ravishda oʼz aqlu idrokiga tayangan holda foydalanishi mumkin. Tarbiyaviy faoliyatda shunday vositalar qoʼllaniladiki, ular shaxsning estetik voqelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday vositalari estetik tarbiya vositalari deb ataladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari oʼrtasidagi chegara nisbiy hamda shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini oʼtashi, aksincha, boʼlishi xam mumkin. Yuqorida koʼrsatilgan vazifalar asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning har bir yosh guruhida estetik tarbiya berishning metodlari ishlab chiqiladi: 1. Ongni fikrlash qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan metodlar. 2. Odatlantirish va mashq qildirish metodi (takrorlash, oʼrgatish, musobaqalar uyushtirish, ibrat, namuna, oʼgit). 3. Ragʼbatlantirish va jazolash metodi (maʼqullash, koʼngil koʼtarish, namuna qilish, qatorning boshida turgʼazish, rahmatnoma eʼlon qilish, ogohlantirish, tushuntirish, ota-onasiga murojaat etish). Bolalar bogʼchasidagi estetik tarbiyaning asosiy vositalari quyidagilardir: ijtimoiy muhit va turmush estetikasi; sanʼat asarlari; bolalarning ijodiy faoliyatlari; bayramlar, koʼngilochar tadbirlar; maʼlum maqsadga qaratilgan va reja asosida amalga oshiriladigan tizimli taʼlim. Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol tarbiyalashning muhim omili boʼlib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bogʼlangan holda amalga oshiriladi. Аdabiyotlar roʼyxati: 1. Vыgotskiy L.S. Voprosы detskoy psixologii. – M.: SPB. 1999. 2. Beltyukov V.I. Vzaimodeystvie analizatorov v protsesse vospriyatiya i usvoeniya ustnoy rechi (v norme i potologii) – M.: Pedagogika. 1997. 3. Bogdanova T.G. Surdopsixologiya. –M., 2002. 4. L.Moʼminova, Sh.Аmirsaidova va boshqalar Maxsus psixologiya -T.: Fan va texnologiyalar ,2013. 5. P.Poʼlatova, L.Nurmuxamedova, Sh. Аmirsaidova Maxsus pedagogika -T.: Fan va texnologiyalar, 2014. 6. Z.А.Raxmonqulova, M.Fayzullaeva, M.Nuriddinova. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish (katta, tayyorlov guruhlari uchun). Metodik qoʼllanma, T., 2015. Download 19.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling