Estetik tarbiyaning turlari va
Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi
Download 19.36 Kb.
|
FALSAFA
Mehnat — estetik tarbiyaning asosiy vositasi. Mehnat ham
moddiy, hamda ma’naviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Ma’lumki, 0 ‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi — ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik hissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan estetik munosabat orqali ro‘yobga chiqadi. Ommaviy axborot vositalari estetik tarbiyaning ta’sirchan vositasi. Bu vosita insonga yaqindan ta’sir qiluvchi qudratli va faol kuchdir. Ayniqsa, televideniya shaxs hamda ommani estetik dunyoqarashini shakllantirishda, ularni nafosatli jihatdan tarbiyalashda yuksak ahamiyat kasb etadi. Rang-barang mavzulardagi ko‘rsatuvlar badiiy va hujjatli filmlar, ijtimoiy- ma’naviy mazmundagi reklamalar, telemarafonlar nafosatli tarbiyani maqsadli yo‘naltirishda, insonlar tafakkurida go‘zallikka bolgan yangicha munosabatni shakllantirishda salmoqli ahamiyat kasb etadi. Sport — estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog‘lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Sport va sport musobaqalari mohiyatan inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Download 19.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling