Estetik tarbiyaning turlari va


Download 19.36 Kb.
bet5/9
Sana09.01.2022
Hajmi19.36 Kb.
#258841
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
FALSAFA

Estetik tarbiya omillari. Mahalla - estetik tarbiyaning muhim

omili. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasiga ta’siri nihoyatda

katta. Chunki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo‘lib,

u bugun shaxsning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, uning

ijtimoiy-huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko‘mak beruvchi

makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Mahalla

shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko‘rsata olishi bilan

boshqa omillardan ajralib turadi. Mahalla o‘z oldiga qo‘ygan ezgu

maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan

tarbiyalaydi. Chunonchi mahalla:

— o‘ziga qarashli hududning tozaligi, obodligi, ko‘rkamligini

hamda fuqarolarning hamjihatligini ta’minlashi;

— turmush nafosati va muomala estetikasini shakllantirib, insonlar

qalbida ijobiy tuyg‘ular, yaxshi orzularni namoyon ettirishi;

— mahalliychilik va millatchilik singari salbiy holatlarga yo‘l

qo‘ymasligi hamda qo‘shnichilik madaniyatini kamol toptirishi;

— san’at, madaniyat, ma’rifat arboblari, ilm ahllari ishtirokida

bo‘ladigan rang-barang mavzulardagi ma’ruzalarni, suhbatlarni

uyushtira olishi;

isrofgarchilikka, dabdababozlikka yo‘l qo‘ymagan holda

urf-odatlar, an’analar, marosimlar, tantanali shodiyonalarni tartibli,

chiroyli o‘tishini ta’minlashi va hokazo shu kabilar bilan

inson estetik tafakkurini shakllantirishda muhim maskan bo‘lib

hisoblanadi.




Download 19.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling