Estetika yunoncha ektezikos so‘zidan olingan bo‘lib, sezish, his qilish, idrok


Download 15.14 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi15.14 Kb.
#1194897

Estetika yunoncha ektezikos so‘zidan olingan bo‘lib, – sezish, his qilish, idrok
degan ma’noni anglatadi. Bu iborani ilm-fan estetikasi sifatida birinchi marta
nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1772) o‘zining «Poetik asarning
ba’zi bir masalalari to‘g‘risida» nomli asarida qo‘llagan. Biroq bu bilan uni
estetika fanining asoschisi deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki estetika fani ancha
ilgariroq paydo bo‘lgan.
Dastlabki estetik ta’limotlar – Sharq mamlakatlarida (Misr, Bobil, Hindiston,
Xitoy, eron, Turonda) vujudga kelib, qadimiy Yunonistonda ayniqsa, Platon,
Arastu, Suqrot, Rimda Lukretsiy Kar, Goratsiy va boshqalarning asarlarida
rivojlantirilgan.
Estetika fani XVIII asrning ikkinchi yarmida mustaqil fan sifatida shakllangan.
Baumgartenning xizmati shundaki, u estetika nazariyasining filosofiyadan ajralib
chiqish jarayonini sezdi. U go‘zallikni va uning san’atdagi turlarini tekshiradigan
falsafa fanini «Estetika» deb atadi.
Kant va Gegel bir butun falsafiy fan sifatida estetik qarashlar sistemasini
yaratishga urindi. Ular estetika faniga «estetik» degan tushunchani kiritdi. Bu
tushuncha estetika fanini konkretlashtirdi va chuqurlashtirdi. Shundan buyon
«go‘zal», «chiroyli», «oliyjanob», «fojeali», «hajviy», «satirik», «dramatik», «did»
kabi kategoriyalar estetika degan umumiy asosga ega bo‘ldi.
Estetika fani taraqqiyotida turli davrlarda turli faylasuf olimlar o‘z qarashlarini
bayon etdilar. Masalan, idealistlar san’atning estetik xossalarini «idea»lardan
qidirgan bo‘lsalar, XVIII asr ma’rifatparvarlari «Estetik xossalar voqelikning
o‘zida mujassam» deb ta’kidladilar. XIX asrda yashagan Belinskiy «Haqiqiy,
amaliy jihatdan faol san’at - estetika predmetidir», «Estetika faqat san’atni
yaratuvchilargagina emas, balki uni idrok qiluvchilarga ham kerak», «Estetika
predmeti faqat san’atning o‘zinigina emas, balki insonning estetik tuyg‘usini ham
o‘z ichiga oladi» deydi.
Chernishevskiy o‘zining «Estetika san’atning umumiy nazariyasi» nomli asarida
«San’at asarlari va san’atkor amal qiladigan normalargina emas, balki real
turmushdagi buyumlar, faktlar va qonunlar ham estetik muhokama predmetidir,-
deb ta’kidlaydi. Uning xizmati shundaki, u fanga «Estetika» - degan mavhum
terminga «hamma uchun qiziqarli» degan nom berdi.
Olamdagi maxluqotlar orasida aql-idrok sohibi bo‘lgan odamga, yorug‘likni,
qorong‘ulikdan, (tunni kundan), turfa xil ranglarni bir-biridan farqlay olish, kulgili
va fojiali holatlarni mushohada etish, go‘zallik, ezgulik, ulug‘vorlik, oliyjanoblik
olamiga intilish bilan birga xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, johillik pastkashlik
illatlariga qarshi kurash olib borish qobiliyatini ham in’om etgan.

Inson shu qobiliyati tufayli o‘zligini anglab komillik sari intilib kelmoqda.


Insonning o‘ziga, o‘zi yashayotgan turli muhitga havodek zarur bo‘lgan go‘zallik,
nafosat dunyosini yaratishdek mashaqqatli mehnati tufayli shu qadar ulug‘vor
ahamiyatga molik bo‘lgan ma’naviy boylikni vujudga keltirdiki, ularga hayrat
bilan boqib, insonning aql farosat qudratiga tahsinlar aytamiz.
Nafosat va go‘zallik olami shu qadar xilma-xil, rang-barang, jozibali, ehtirosli,
mo‘‘jizali, sehrliki, unda moddiy go‘zallik bilan ma’naviy go‘zallik uyg‘un holda
chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilishi atrof voqelikni
anglashga intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson moddiy go‘zallik dunyosini
bunyod etishi jarayonida ma’naviy go‘zallikni ham kashf eta borgan, ya’ni nafosat
olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada etish jarayoni bilan
uyg‘unlikda sodir bo‘lgan.
Estetika – bu estetik bilish hamda voqelikni o‘zgartirishning umumiy qonunlarini
o‘rganadigan fandir. Bunda birinchidan – estetika faqat san’atni o‘rganadi;
ikkinchidan, u borliq va san’at go‘zalligi haqidagi fan deb talqin qilinsa, juda tor va
noto‘g‘ri xulosa chiqargan bo‘lamiz. Negaki, estetika san’at bilan ham, inson
hayoti va faoliyatining turli sohalari, ya’ni mehnat, turmush, xulq-atvorlarida,
estetik asosning namoyon bo‘lishi bilan ham shug‘ullanadi.
Estetikani faqat go‘zalliknigina emas, balki, sifat va xususiyat, oliyjanoblik,
bema’nigarchilik, fojiali va kulgili hodisalar ham qiziqtiradi. estetika yordamida
biz butun olamni, unga nisbatan o‘zimizning insoniy, ijtimoiy munosabatlarimizni
ham tushunamiz.
Estetika falsafiy fan bo‘lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur
nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan: voqelikni estetik va badiiy o‘zlashtirish
jarayonlarini o‘rganishda xolislik (ob’ektivlik), tarixiy yondashish, bilish
jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy samara

beradi. Bilish nazariyasi vositasida san’atning bilish tabiati, voqelikni badiiy-


ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro

farqlar, voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati; san’at


asarlaridagi shartlilik va badiiy haqiqat kabi estetika fanining ko‘p muammolarni
echish mumkin.

Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma’naviy hayot xilma-xil shakllarining bir-


biriga bog‘liqligi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong o‘rtasidagi aloqadorlik va

bog‘liqlik kabi masalalar, estetik ong, badiiy ijod, san’at tabiati va xususiyatlarini


ilmiy tushunishga yordam beradi.
Estetika fani rivojlanishga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan: bilish nazariyasini
boyib borishida badiiy bilishning ham o‘z navbatida ahamiyati katta. Bilish
nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik munosabat, estetik
tushunchalar, ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr mulohazalar
ham ko‘p jihatdan san’at bilan bog‘liq.
San’at va falsafa.Inson hayoti mazmunini hikmat va baxt– saodatini anglash,
in’ikos etish bilan bog‘liq muammolar san’at uchun ham falsafa uchun ham asosiy
mavzudir. San’at o‘z mazmunini nihoyatda keng tushunchalar (kategoriyalar)
orqali ifoda etadi. San’atning asosiy ta’sir kuchi insonning ma’naviy dunyosiga,
uning fikr mulohazalariga, his-tuyg‘ulariga qaratilgan bo‘lsa, falsafaning ta’sir

kuchi aql-idrokka, ma’naviy talab – ehtiyojlarni qondirishga, ma’naviy

madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. San’at manzaralar, hodisalarni bir-
biriga biriktirishga intilsa, falsafa o‘sha hodisalar mohiyatini anglashga, ular

qonuniyatlarini ochishga intiladi. San’at badiiy haqiqatga, falsafa hayotiy


haqiqatga tayanadi. Inson hayoti muammolarini hal qilishda san’at bilan falsafa
yonma-yon va hamohang amal qilib kelmoqda.
Estetika va etika fanlarining umumiyligi shundaki, estetik baholar hamisha axloqiy
tushuncha va intilishlar bilan bog‘lanib ketadi. Go‘zallik mavj urib turgan narsa
axloqiy jihatdan ham boy bo‘ladi, axloqiy jihatdan puch narsa esa xunuk bo‘ladi.
Har bir katta san’at asari estetik formada hal etiladigan axloqiy muammolarni o‘z
ichiga oladi.
Download 15.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling