Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
Qadimgi Sharq, Turonzamin o’rta asrlar va uyg’oniosh davri estetikasi
Download 43.42 Kb.
|
16-mavzu
Qadimgi Sharq, Turonzamin o’rta asrlar va uyg’oniosh davri estetikasi
Avvalo shuni aytish kerakki, "Adabiyot qoidalari"da muallif adabiyot nazariyotchisi sifatida balki, keng quvvai xofizali nafosatshunos tarzida maydonga chiqadi. U badiiy adabiyotni alohida, muxtor, "katta san’at" sifatida olib qaramaydi. Fitrat nazdida u ham san’at turi, boshqa san’at turlari bilan uzviy aloqadorlikda ish ko’radi. Shu bois juda ko’p o’rinlarda "adabiyot qoidalari"misollari badiiy adabiyotdan keltirilgan nafosatshunoslik nazariyasiga aylanib ketadi. Bu tasodifiy emas. Fikrimizning isboti uchun risolaning o’ziga murojaat qilaylik. Fitrat badiiy adabiyot nima ekanini anglatish, nazariy amaliy ta’riflash uchun eng avvalo "san’at" va "go’zal san’atlar" iboralarini tushunib olish lozimligini aytadi. U san’atning ikki xil manfaatli va manfaatsiz, ya’ni hunar san’at hamda sof san’at bo’lishini tanbursoz usta bilan "Iroq" kuyini chalgan tanburchi misolida jonli tushuntirib beradi. Tanburning yaxshiligi ishga yaraganligi, foyda keltirgani. "Iroq” kuyining yoxshiligi esa kishiga ma’naviy ta’sir etmak... Shuning uchun buning yoxshilig’iga, yoxshiliq emas go’zallik deydilar. Bunday san’atlarga "go’zal san’atlar" deyiladir. Mutafakkir adib bu bilan bevosita bo’lmasada, bilvosita go’zallikning manfaatsizlik xususiyatini ham ta’kidlayotgani ko’rinib turibdi. Ayni paytda u go’zallik yaratishga qaratilgan san’atlarning muayyan madaniy darajaga ko’tarilgan xalqlarda mavjud bo’lishini va uning asosiy vazifasi idrok etuvchini bir tomondan, ovuntirish, ikkinchi tomondan, tarbiyalash ekanini aytib o’tadi:"Miyasi yuksalmagan bolalar, san’atdan xabarsiz kishilar shodligi, qayg’uli tuyg`ularini sakrat, o’ynab, kulib, yig’lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarga onglatadilarda, shu yo’l bilan ovuntirilgan bo’ladirlar, san’at egalari esa turli tovar (matyerial) lar yordami bilan o’zlarining tuyg`ularini jonlantirib maydonga chiqaradilar. Shu yo’lda boshqalarni o’z tuyg`ulari bilan tuyg`ulantirishga tirishadir". San’atning ana shu xususiyatlari va vazifasi to’g’risida fikr yuritib bo’lgach, Fitrat yana "go’zal san’atlar" ta’rifini, lekin didi boyigan, mukammallashgan ta’rifini keltiradi: "Mana shunday "yurak, fikr, tuyg`u to’lqunlarini so’z, tovush, bo’yov, shakl, harf, harakat kabi tovarlar (matyeriallar) yordami bilan jonlantira chiqarib, boshqalarda ham shu to’lqunni yaratmoq" hunariga "go’zal san’atlar" deyiladir. Shundan so’ng Fitrat har bir "go’zal san’at"ning matyeriali, substratiga qarab, ularni olti tur va ikki xilga (turkumga) bo’ladi. U musiqani birinchi o’ringa qo’yadi, undan keyin; "rasm, haykalchilik, me’morchilik, uyun (tans), adabiyot" keladi. "Go’zal san’atlarning mana shu olti turlari bir birlariga yaqinlashmoq e’tibori bilan ikki turkumga ajriladir, deb yakunlaydi muallif o’z risolasini. Adabiyot, musiqa, o’yun (tans) bir turkum; rasm, haykal, me’morlik bir turkum bo’ladir". "Adabiyot qoidalari" da Fitrat uslub masalasiga atroflicha to’xtaladi. Uslubni zamonga, makonga va shaxsga xoslik xususiyatlarini aytib o’tadi, uni uyg’unlik bilan, ohang bilan uzviy bog’liq ravishda tadqiq etadi. Shuningdek, muallif kitob ohirida, "Adabiyotda oqim istilohlari" sarlavhasi ostida klassisizm, rasionalizm, romantizm, simvolizm, realizm, modyernizm singari tarixiy va zamonaviy yo’nalishlarning qisqacha tavsifini beradi. Bundan tasqari, Fitratning "Adabiyot qoidalari"dan tasqari musiqamiz tarixi va aruz nazariyasiga bag’ishlangan alohida-alohida risolamiz ham borki, ular ham nafosatshunoslik nuqtai nazaridan qimmatlidir. Turkiston badiiy tafakkuriga ulkan qissa qo’shgan yana bir jadid mutafakkiri Abdulhamid Cho’lpondir. Cho’lponning go’zallik haqidagi tushunchasi o’ziga xos, asosan u shoir she’rlarida "go’zal" so’zi orqali aks etadi. O’z fikrini sho’rolar senzurasidan yashirib ifodalash maqsadida shoir "go’zal" so’ziga turli xil ma’nolar yuklaydi: u, bir tomondan, ko’p yetmas go’zal yor, ikkinchi tomondan sururiy (romantik) go’zallik. Lekin har ikki holatda ham tagma’no tutqunlikka mahkum go’zallikni, go’zal Turkistonni o’zida mujassam etadi. Mana, Cho’lponning mashhur "Go’zal" she’ridan ilk va so’nggi bandni keltiramiz:
Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman, Ul yulduz uyalib, boshini bukib, Aytadir: men uni tushda ko’ramen. Tushimda ko’ramen shunchalar go’zal, Bizdanda go’zaldir, oydanda go’zal.... Men yo’qsil na bo’lib uni suyibmen, Uning chun yonibmen, yonib kuyibmen, Boshimni zo’r ishga byerib qo’yibmen, Men suyib... men suyib kimni suyibmen Men suygan suyukli shunchalar go’zal, Oydanda go’zaldir, kundanda go’zal! Yoki "Binafsha" she’rining mana bu ibtido bandiga e’tibor qiling: Binafsha senmisan, binafsha senmi, Ko’chada aqchaga sotilgan, Binafsha menmanmi, binafsha menmi, Sevgingga qayg’ungga tutilgan. Binafsha dunyo bozorida sotilgan go’zal Turkistonning timsoli. Turkiston vatanparvar shoir uchun eng oliy go’zallik. Shu bois ham har ikkala she’r tutqon go’zallikni nafaqat ramzda, balki tengsiz go’zal shaklda ifodalaydi. Cho’lpon yaratgan shakliy go’zallik mazmunidagi mungli go’zallik bilan uyg’unlashib ketgan. Shoir go’zallikni shu tarzda ko’radi va in’ikos ettiradi, zyero qo’rquv hukmron bo’lgan mazmun hayotda faqat hayol go’zaldir. Hayol, hayol... Yolg’iz hayol go’zaldir. haqiqatning ko’zlaridan qo’rqaman... Cho’lpon Fitratga o’xshab, nafosatshunoslik yoxud muayyan san’at turlari nazariyasiga doir maxsus risolalar yozgan emas. Lekin uning bir qator maqolalari borki, ularda badiiy adabiyot, teatr san’ati, aktyor mahorati muammolari ko’tarilgan. Cho’lpon badiiy ijod sohiblaridan "yangicha" yozishni talab qiladi. Yangi zamonda Navoiy, Lutfiylar tilida, uslubida yozish mumkin emasligini jo’shib shunday anglatadi; "Navoiy, Lutfiy, Boyqaro, Mashrab, Umarxon, Fazliy, Furqat, Muqimiylarni o’qiymen; bir xil, bir xil, bir xil! Ko’ngil boshqa narsa yangilik qidiradir..." Ana shu narsa"yangilik"ni Cho’lpon ulug` hind yozuvchisi Rabindranat Tagorda ko’radi. Tagor, uning nazdida, zamonaviy Sg’arq san’atkorining namunaviy timsoli. Shu sababli ham Cho’lpon Tagorga bir emas, uch maqola bag’ishlaydi. Cho’lpon ijodida o’nlab maqolalar teatrga bag’ishlaganini ko’ramiz. U Meyyerhold teatrini yuksak baholab, o’zbek teatrini ham o’sha darajaga chiqishini istaydi. Ayni paytda Mannon Uyg’ur san’atiga yuksak baho beradi. Shoirteatrshunosni aktyor mahorati masalasi alohida qiziqtiradi. "Aktyorga ahamiyat berish demak, so’zga ahamiyat berish demakdir, chiroylik so’z chiroylik qilib gapirilsa, tomoshaning ta’siri bo’lmay iloji yo’q... Go’zal va ustalarcha o’ynag’on aktyor go’zal va ustalarcha gapirishni ham bilsin", deydi Cho’lpon. Lutfulla Narzullaev ijodiga bag’ishlangan "Sahna sirlariga oshno san’atkor" maqolasida aktyorning rol ustida ishlashini umumlashtirib, uning nafosatshunoslik talabi ekanini, ya’ni, san’at uchun xususiy emas, balki umumiy hodisa ekanini juda chiroyli ifodalaydi: "har qanday ijodiy asarni ham ishlab pishitadilar. Shoirning she’ri, nasrchining roman yo hikoyasi, bastakorning cholg’u asari, cholg’uchining bajarmasi, hatto zargarning chiroylik baldoq va shokilasi, jo’ymasi ustaning jo’nmakor asari... bular hammasi ishlanish orqasidan pishadi, etiladi, qiymatli asar holiga keladi". Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, Cho’lpon ham boshqa jadid mutafakkirlari kabi millatni nafosat tarbiyasi vositasida uyg’otishni asosiy vazifa deb bilgan. Shu bois uning asosiy diqqati o’sha davrlarga nisbatan ommaviy bo’lgan san’at turlari badiiy adabiyot va teatrga qaratildi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Turkiston jadid ma’rifatchilari qisqa vaqt ichida nafis san’at targ’ibotini yo’lga qo’ydilar. Afsuski, yangi mustamlakachilik siyosati asosiga qurilgan Sho’rolar davlati ularni qatag’on qilib, asarlarini ta’qiqlab, Turkiston xalqlari Uyg’onishi harakatiga chek qo’ydi. Shunga qaramay, ular qoldirgan myeros bugungi kunda ham uz ahmiyati va ta’sir kuchini yo’qotgan emas. Download 43.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling